Kollegiallik (koʼpchilik fikri) asosida qabul qilingan qarorlar
Download 15.67 Kb.
|
Qaror q.q.tex
4.1. Qaror qabul qilish texnologiyasi Qaror, vujudga kelgan muammoni bartaraf etishi uchun normativ talablarga mos tushishi bilan birga aniq shaklga taaluqli boʼlishi shart. Qarorning asosiy shakllari: - yakkaboshchilik printsipi asosida qabul qilingan qarorlar, - kollegiallik (koʼpchilik fikri) asosida qabul qilingan qarorlar, - konsesus printsipi asosida qabul qilingan qarorlar, - «Ringli» usul asosida qabul qilingan qarorlar. Qarorni qaysi turga taalluqligidlan qatʼiy nazar, ularda normativ talablar saqlangan boʼlishi lozim. Bular: Qarorning samaradorligi. Tanlangan alьternativa muammoli vaziyatni konstruktiv bartaraf etishni taʼminlashi va ehtimol tutilganlardan eng yaxshisi boʼlishi kerak. Qarorning asoslanganligi. Qabul qilinayotgan alьternativa nafaqat real vaziyatning xususiyatlarini adekvat aks ettirishi va uni bartaraf etishning konkret yoʼllarini koʼrsatishi, balki shu qaror bilan aloqador odamlarga xam tushunarli boʼlishi kerak. Qarorning oʼz vaqtidaligi. “Аbsolyut toʼgʼri” qarorning oʼzi yoʼq. Har qanday qaror u yoki bu davrda yuzaga keladigan, harakatchan va bir-birlarini almashtirib turadigan vaziyatlar vaqtida toʼgʼri boʼlishi mumkin. Shuning uchun oʼz-oʼzicha toʼgʼri qaror oʼz vaqtida emaslig – kechikkanligi yoki vaqtidan ilgariroq qabul qilinganligi oqibatida xato qaror sifatida baholanishi mumkin. Qarorning bajarish imkoniyati. Har qanday yaxshi, asoslangan, oʼz vaqtidagi qaror ham agar amalga oshirilmasa befoyda qarorga aylanadi. Bu hola baʼzida fikran (mavhum) yaxshi qaror varianti bilan real – bajariladigan variantlar oʼrtasida goʼyoki kompromiss variant sifatida ijro etiladi (oilada, ishxonada qarorning oldingi variantini oʼzgartirib kelishuvchanlikka borish holatlari). Qarorning konkretligi va reglamentligi. Yaxshi qaror nafaqat muammoli vaziyatdan chiqishning umumiy – printsipial yechimini beradi, balki bu qarorni amalga oshirish va harakatlar ketma-ketligini – yaʼni rejasini ham oʼz ichiga oladi. Bu holat qaror ijrosini nazorat qilish va shu orqali muammoga konstruktiv yondoshish imkonini beradi. Download 15.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling