Kolloid eritmalarning olinish usullari va tozalanishi
Download 56 Kb.
|
Kolloid eritmalar. word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. KOLLOID DISPERS SISTEMANING HOSIL BO’LISH SHAROITLARI
Kolloid eritmalarning olinish usullari va tozalanishi Reja: 1. Kolloid dispers sistemaning hosil bolish sharoitlari. 2. Kolloid eritma olishning dispersion va mexanik usullari. 3. Kolloid eritma olishning ultratovush va peptizatsiya usuli. 4. Kolloid eritma olishning kondensatsion usullari: a) fizikaviy kondensatsion usullar, b) kimyoviy kondensatsion usullar. 5. Polimerlanish va polikondensatlanish usullar. Kolloid eritmalarni tozalash usullari. а) Dializ. b) Zlektrodializ. c) Ultrafiltradiya. d) Tsentrifugalash usuli. e) Ultratsentrifugalash usuli. 1. KOLLOID DISPERS SISTEMANING HOSIL BO’LISH SHAROITLARI Kolloid eritmalar o’zining geterogenligi bilan chin eritmadan farq qiladi. Chunki kolloid zarrachalar erituvchi molekulasiga nisbatan juda katta bolib, ular orasida ajralish sirti hosil boladi. Kolloid dispers sistema dispers muhit va dispers fazadan tarkib topgan mikrogeterogen sistemadan iborat. Kolloid dispers sistema quyidagi sharoitlarda hosil boladi: . kolloid zarrachalarning olchamiga tarqaladigan moddalar zarra-chalarining olchami yaqin bolishi kerak; 2) ajralish sathida, kolloid zarrachalarni hosil qilgan ionli qavat va gidrat parda stabilizatorlar yordamida saqlanishi kerak; stabilizatorlar kolloid zarrachalar sathida yutilib, u yerda elektr zaryadi hosil qiladi. Elektr zaryadi zarrachalarning ozaro yaqinlashib, bir-biriga qoshilishiga yol qoymaydi, barkarorlik yaratadi; Z) dispers faza dispers muhitda yomon eruvchanlikka ega bolishi kerak. Demak, kolloid zarrachalar elektr zaryadli, gidrat pardali va turgun bolishi kerak. Ana shunday zarrachalardan tashkil topgan kolloid eritmalar ozaro qarama-qarshi ikki usul bilan olinadi. Birinchi usul - dispersion usul, bunda kolloid eritmalar yirik zarrachalarni maydalash yoli bilan hosil qilinadi; ikkinchi usul -kondensatsion usul, bunda ion yoki molekulalar ozaro birlashib, kolloid zarrachalar hosil qiladi. Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling