Kolloid kimyo fani haqida ma’lumot


Download 19.33 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi19.33 Kb.
#1174611
  1   2   3
Bog'liq
108-guruh shobirov asadbek


Mavzu:
Kolloid eritmalar haqida tushuncha va ularni
Reja:
1. Kolloid kimyo fani haqida ma’lumot.
2. Kolloid kimyo fanining ahamiyati.
3. Kolloid sistemalarning sinflanishi.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kolloid kimyo fani haqida ma’lumot.
Keyingi yillarda kolloid kimyo fanining xalq xo’jaligi va texnikada ahamiyati tobora ortib bormoqda. Kolloid kimyo zamonaviy texnikaning qurilish va konstruksion materiallarni chiqarishda ham katta o’rin tutadi. Shuningdek, colloid kimyo beton, qotishma, keramika, shisha, rezina, surkov moy ishlab chiqarishda katta o’rin tutadi. Hozirgi vaqtda bu kurs sistemalarda va sirt qavatda sodir bo’ladigan hodisalarning kimuosiga oid bo’lib, moddalarning holatlari va sirt qavatlarning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ta’limot bilan tanishtiradi; sistemalar haqidagi tushuncha, kimyoviy fanlarning ulkan va mustaqil sohasi ekanligi namoyon bo’ladi. Kolloid kimyoning asosiy muammosi bir tomondan fazalarning qanday paydo bo’lishi, ularning barqarorligi va boshqa xossalari bo’lsa, ikkinchi tomondan o’z tabiati bilan bir-biridan farq qiluvchi fazalararo sirt chegaralarida sodir bo’ladigan mexanik va elektr xossalariga ega bo’lgan sirtlarda geterogen strukturalarning rivojlanish masalalaridan iborat. Xilma-xil chegara sirtuga ega bo’lgan murakkab sistemalar moddalarning dispers holatlari va sirt qavatlarning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi ta’limot bilan tanishtiradi.
Dastlab kolloid kimyoga asos solgan kishi ingliz olimi Tomas Grem hisoblanadi. Lekin Gremdan avval bu sohada Berselius, Selmi, Faradey, N.V.Lomonosov, P.P.Veynmarn va boshqalar ham ish olib borganlar. XX asrning boshlarida Smoluxovskiy va Eynshteyn kolloid sistemalardagi broun harakati va diffuziya nazariyasini yaratib, kolloid kimyoni nazariy jihatdan boyitdilar. Perren, Svedberg, Il’in kabi olimlar shu nazariyaning to’g’riligini tajribada tasdiqladilar. D.I.Mendeleyev colloid kimyoni tabiat haqidagi bilimlarni istiqbolga ega bo’lgan yangi tarmog’I deb qaradi.Kolloid kimyoning taraqqiyotida mashhur olim A.V.Dumanskiyning xizmati katta; bu olim kolloid eritmalarning qovushqoqligini, elektr o’tkazuvchanligini, optik hodisalarni o’rgandi. Kolloid sistemalarni o’rganishda olimlardan V.N.Kargin, B.V.Deryagin, I.F.Ermolenko, F.D.Ovcharenko, K.S.Axmedov va boshqalar katta ishlar olib borganlar. Kolloid sistemalar turmush va sanoatda g’oyat katta ahamiyatga ega.

Download 19.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling