Kolloid zarrachaning tuzilishi
Download 30.06 Kb.
|
Kolloid zarrachaning tuzilishi-fayllar.org
^fyPt'qFe QH^ n, Fe33 П~ x ^l ^xCl
ortiqcha qo'shilgani Fe+3 ionlari zarracha ustini adsorbtsiyalab oladi. Fe Cl3 ning kontsentratsiyasi 16,33 mmol bo'lsa zol yana koagulyatsiyalanadi. Zolga elektrolit qo'shilganidan elektrolit kontsentratsiyasi oshib borishi bilan koagulyatsiya sodir bo'lishi va bo'lmasligining almashinib kelishi koagulyatsiya zonalari deyiladi yoki noto'g'ri qatorlar deyiladi. Kolloidlarning kolloid ta’sirida koagulyatsiyasi. Kolloidlar kolloidlar bilan koagulyatsiyasi ularning zaryadiga va kontsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi. Masalan: AgJ (+) va (-) zollari ekvivalent miqdorda olinsa, o'zaro koagulyatsiya bo'ladi: \AgJ -xJ~ + \AgJjxAg+ —> ^.n + xJlg.J Agar (+) zaryadli zoldan ortiqcha qo'shilsa, koagulyatsiya bo'lmaydi. \iAg.I yxAg+ + \AgJ ^yJ~ (&? + // + у j^gl i - yjlg~; Qizdirish ta’sirida koagulyatsiya. Kolloid eritmalar qizdirilsa tez koagulyatsiyalanadi. Buning sababi eritma qaynatilganda zolning zaryadi kamayadi, eritmada zarracha va ionlar o'rtasidagi muvozanat buzililadi. Eritma qizdirilganda kolloid zarrachalar ionlarni yomon adsorbtsiyalaydi natijada ularning zaryadi kamayadi. Bunday zarrchalar bir - biri bilan to'qnashib qolsa, koagulyatsiyalanadi. Koagulyatsiyaning ahamiyati. Koagulyatsiya tabiatda va turmushda keng tarqalgan. Qand ishlab chiqarish sanoatida. Qand lavlagi sharbatining tozalashda 2 - 2,5 % СаО qo'shiladi. Shakarmas moddalar koagulyatsiyada uchraydi. So'ngra sharbatda СО2 yuboriladi. U СаО bilan birikib, СаСО3 holida cho'kadi (Saturatsiya) Cho'kishi davomida eruvchan shakarmas moddalar va rangdor moddalarning o'ziga yutib, shakarni tozalaydi. Tuproq juda murakab kolloid sistemaga kiradi. Tuproq tog' jinslarining nurashi, yuvilishi gidrolizlanishi kabi xodisalar natijasida hosil bo'ladi, Bu jarayonlar oqibatida SiO2,Al2O3,Fe2O3kabi suvda erimaydigan oksidlar, aniqrohi ularning gidroksidlari va eruvi metall oksidlar hosil bo'ladi. Tuproqda uzoq muddat koagulyatsiya jarayoning sodir bo'lishi natijasida strukturalangan koagulyantlar, gellar hosil bo'ladi. Ana shu fizikkimyoviy xususiyatlarning turlicha sodir bo'lishi xar xil tuproq hosil bo'lishiga olib keladi. Ichiladigan suvni tozalashda koagulyatsiyadan foydalaniladi. Suvdagi organik moddalar odatda manifiy zaryadli bo'ladi. Suvga xlor qo'shilib, suvdagi bakteriyalar yo'qotilgandan keyin unga oz miqdorda temir sulfat yoki alyuminiy sulfat qo'shiladi. Bu tuzlar gidrolizlanib, musbat zaryadli gidroksid zollari hosil bo'ladi. Ular manfiy zaryadli organik zollami koagulyatsiyalaydi. Koagulyator cho'kadi va suv tiniydi. Molekulyar adsorbtsiyalangan qatlamning himoya ta’siri (kolloid himoya) Gidrofob zollar elektrolitlar ta'siriga juda sezgir bo'ladi, natijada barqarorligi kamayadi. Liofob zollarga ayrim moddalar qo'shilsa (YuMB, SFM), ularning koagulyatsiyaga barqarorligi ortadi. Bunday moddalar ximoyachilar, ularning kolloidlarning barqarorligini oshirish hodisasi esa - stabillash deyiladi. Kolloidlarni stabllovchi omillar: zolning kontsentratsiyasini kamayishi; haroratning pasayishi; dispers muhit qovushqoqligini oshirish; kolloid zarracha sirtida solvat qobiq hosil qilish va YuMB qo' shish. Gidrofob zolni gidrofil modda (jelatin, oqsil, uglevod, pektin, elim va b.) qo'shilgandagi barqarorligini oshishi kolloid ximoya yoki YuMB laming ximoyaviy ta'siri deyiladi. Kolloid ximoya mexanizmi liofil moddani dispers sistema zarrachasi atrofida adsorbtsiyalanishi bilan tushuntiriladi. Himoya mexanizmi uch xil bo'lishi mumkin: YuMBlarning kichik makromolekulalari liofob kolloidning yirik zarrachasi sirtiga adsorbtsiyalanib, himoyaviy ta'sir ko'rsatadi; bir makromolekula o'zining ayrim zvenolari bilan bir necha zarrachalarga ta'sir etib, strukturalangan to'rlar hosil qilishi mumkin; ba'zi liofob zolga oz miqdorda liofil zol qo'shilganda zolning barqarorligi keskin pasayib ketadi (15.6 -rasm). Bu hodisa kolloid eritmaning astabilizatsiyasi yoki sensibilizatsiya deyiladi. Sababi, qo'shilgan YuMB miqdorining liofob zarrachaning sirtini batamom qoplash uchun etishmasligidir. Himoya qilingan zol himoya qilinmagan zoldan o'z barqarorligi bilangina emas, balki yuqoriroq kontsentratsiyada olinishi mumkinligi bilan ham farq qiladi. Kolloid ximoyani miqdoriy ifodalash uchun «oltin soni», «rubin soni», «kumush soni», «surma soni» kabi atamalar qabul qilingan.
-rasm. saqlaydigan quruq holatdagi YuMBning mg hisobidagi eng kichik miqdori qabul qilingan.Kolloid ximoya barqaror liofob zollar xolidagi dorilar olishda keng qo'llaniladi. Masalan, kollargol va protargol tarkibida 7 - 8% yuqori dispersli kumush metali mavjud bo'lib, u oqsil gidrolizatlari bilan barqarorlashgan b o'ladi. Kolloid ximoya fiziologik jarayonlarda ham muhim rol o'ynaydi. Qonda kaltsiy karbonat va kaltsiy fosfatni bo'lishi ularni suvda eruvchanligini birmuncha oshiradi. Ya'ni qon moddalari kolloid ximoyada ishtirok etadi. Bunda kolloid ximoya tufayli erimaydigan tuzlarning kolloid zarrachalari bir-biri bilan agregatsiyalanmaydi, yiriklashmaydi va cho'kmaydi. Kolloid himoya ateroskleroz, podagra, buyrakda va jigarda tosh paydo bo'lishini oldini olishda muhim rol o'ynaydi. Nazorat savollari Yiqori molekulyar birikmalarning kolloid eritmalarining himoya ta'siri deb nimaga aytiladi? Himoya ta'siri nimaga bog’liq? Himoya ta'sirini o’lchami Adabiyotlar Olimov N.Q. Fizik va colloid kimyo. Toshkent, Fan, 2006. Aminov S.N., Popkov V.A., Qurbonova M.M., Fizik va colloid kimyodan amaliy mashg'ulotlar. Toshkent, Fan, 2006. Физическая и коллоидная химия: учебник /Под ред. Проф. А.П. Беляева.-М. ГЭОТАР -Медия, 2010. -704 с. Aminov S.N., Qurbonova M.M., Raxmatullaeva M.M., Fizik va kolloid kimyo fanidan masalalar to'plami.T., “Spektmm skope” 2011.-194 b. D. H. Everett, F.R.S. Colloid science.Department of Physical Chemistry University of Bristol.ISBN 0-85186-443-0 © The Royal Society of Chemistry P.Atkins, J.Paula. Physical chemistry. New York, 2010. Мушкабаров Н.Н. Физическая и коллоидная химия 3-е издание: Учебник для медицинских вузов (Автор.) - М., ООО “Медицинская информационное агенство”, 2010. - 456 с. А.П. Беляева. -М.Ж ГЭОТФК -Медиа, 2010 -704 с. К.Р. Ланге. Поверхностно -активные вещества: свойства, анализ, применение /под науч. ред. Л.П. Зайченко .-СПб.: Профессия,2007.-240 с. Ершов Ю.А. Коллоидная химия. -М.: ГЭОТАР -Медиа, 2012 -352 с. Физическая и коллоидная химия: учебник /В.И. Кабачный, Л.К. и др. - Харков.: Изд-во НФаУ, 2010.-432 с. http://fayllar.org Download 30.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling