Ko`makchi morfemalarning o`rnini almashtirish natijasida quyidagi so`zlarning nechtasi tarkibida morfemalar sonida o`zgarish sodir bo`ladi? do`stlarim; kitobchaga; kimdandir; qishloqlarda; uzgandir


Download 12.57 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi12.57 Kb.
#1314599
  1   2
Bog'liq
Morfemika testi


MORFEMIKA
1. Ko`makchi morfemalarning o`rnini almashtirish natijasida quyidagi so`zlarning nechtasi tarkibida morfemalar sonida o`zgarish sodir bo`ladi? 1) do`stlarim; 2) kitobchaga; 3) kimdandir; 4) qishloqlarda; 5) uzgandir; 6) bolachalar; 7) ko`ringan. A.2 ta B.3 ta C. 4 ta D. 5 ta
2.Ustoz shuurimizni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, tushuntirish bilan odamni foydasiz narsalardan xalos etadi, insonni chin ma`noda komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalbiga joylaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so`zlar sonini toping. A.6 ta B. 7 ta C. 5 ta D. 4 ta
3. Oltin o`tda bilinar, odam-mehnatda. Mehnat bilan inoqlashsang, tan og`rig`ini ko`rmaysan. Ko`p ishlagan ko`p yashaydi. Mehnat qilsang, ko`ngling nurga to`ladi. Ushbu matndagi fonetik hodisaga uchragan so`zlar haqida berilgan to`g`ri hukmni aniqlang. A. munosabat shakllari ta`sirida tovush o`zgargan so`z 2 o`rinda qatnashgan. B. fonetik hodisa asosida yozilgan so`z yasovchi qo`shimcha 2 o`rinda qatnashgan. C. shakl yasovchi ta`sirida yetakchi morfemasida fonetik hodisa sodir bo`lgan so`zlar 2 o`rinda qatnashgan. D. fonetik hodisalar faqat yetakchi morfemada sodir bo`lgan
4. Quyidagi matnda lug`aviy shakl yasovchi q-chalar qo`shilishi natijasida necha o`rinda fonetik o`zgarish ro`y bergan? Keyin boshqa bir ta`birchini chaqiradi va ko`rgan tushining ma`nosini undan ham so`raydi. U:”Sening umring hamma qarindoshlaring umridan uzun bo`ladi”,-debdi. Shunda Xorun ar-Rashid: “Hamma aqlning yo`li bittadir va ikkala iboraning negizi bir yerga boradi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag`oyat ko`pdir”,-deydi va unga yuz tillo berishni buyuradi. A.1 ta B.4 ta C. 2 ta D. 3 ta
5. Berilgan til birliklaridan nechtasi asos holatida ham, so`z va shakl yasash holatida ham kela oladi? 1)-don; 2)-xon; 3) –soz; 4) –xona; 5)-in; 6) –lab; 7)-ov A. 2 ta B. 3 ta C. 4 ta D. 5 ta
6.Ayol – mo`tabar zot. Ayol uchun g`azallar bitilgan, dostonlar kuylangan, qasrlar, bog`-rog`lar barpo etilgan. Ushbu gapda shakl yasovchi q-chalar tarkibida nechta o`rinda jarangli, shovqinli va portlovchilik xususiyatiga ega bo`lgan undoshlar qatnashgan? A. 2 ta B. 3 ta C. 4 ta D. 1 ta
7.So`z yasovchi va shakl yasovchi qo`simchalar shakldosh holda qo`llanmagan javobni belgilang. A. bilimdon-qalamdon B. kelinchak-erinchak C. qizcha-erkakcha D. Barnoxon-kitobxon
8.Garchi zulm qilganlarni yoqtirmadim, She`r yozdim-u bo`lak ishni qotirmadim. Tilim turib o`z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag`ri dilim, Ona tilim, kechir meni , ona tilim. Ushbu she`riy parchada omonimlik xususiyatiga ega bo`lgan bir tovushdan iborat so`z yasovchi qo`shimchalar soni nechta? A. 2 ta B. 3 ta C. 1 ta D. ushbu she`riy parchada bir tovushdan iborat so`z yasovchi q-cha mavjud emas.
9. Quyidagi matnda berilgan yasama so`zlar soni nechta? O`z tilingizda fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o`zgarishiga qarab almashtirilsa. A. 8 ta B. 6 ta C. 5 ta D. 7 ta
10. Oshar yeldin yelganda oting, Quyosh yanglig` jahonni tutti oting. Ushbu baytda qo`llangan o`zaro shakldosh yetakchi morfemalar qaysi so`z turkumlariga mansub? A.ot-fe`l;ot-fe`l B. fe`l-ot; ot-fe`l C.ot-fe`l;ot-ot D. ot-ot;ot-ot
11. Sariq rang ozodlikka va kuch-quvvatga intilish, saxovat, ochiqlik, faollik, shuningdek, hayotga umidvorlik ramzidir. Ushbu gapda yasalish asosi yasama sifatga mansub bo`lgan otlar soni nechta? A.1 ta B. 3 C. 4 D. 2
12. Onalar oyog`I ostidadir Ravzayi jannat-u jinon bog`I, Ravza bog`in visoli istar ersang, Bo`l onalar oyog`ining tuprog`i. Ushbu gapda sintaktik shakl yasovchi qo`shimcha qo`shilishi natijasida so`zning asosida o`zgarish bo`lgan so`zlar soni nechta? A.2 ta B. 3 ta C. 4 ta D. 5 ta
13. Berilgan qaysi so`zlar tarkibida 2 ta qo`shimcha mavjud? 1) o`chirg`ich; 2) o`lchagich; 3) to`plam; 4) tirikchilik; 5)terlamoq; 6)shodlanmoq; 7) tasdiqlanmoq; 8) bunday. A. 1,2,3,4,5,6,7 B.1,3,5,6 C. 1,2,3,4,5 D.1,2,3,4,5,6,7,8
14. San`atga baxsh umrning so`ngsiz mo`jizasi bor, U dunyoni tark etsa, undan dunyo qoladi. Inson umri sarhadli, qo`shiq umri poyindor, Navosiz yuraklardan o`lmas navo qoladi. Ushbu gapda nechta ko`makchi morfema mavjud va ulardan nechtasi so`z yasovchi va shakl yasovchi o`rtasida omonimlik hosil qiladi? A. 15 ta; 6 ta B. 17 ta; 5 ta C. 17 ta; 4 ta D. 19 ta; 9 ta
20.Berilgan yasama fe`llar qaysi so`z turkumlaridan yasalgan? Tuzlamoq, dodlamoq, yangilamoq, tezlamoq, voyvoylamoq, yaxshilamoq, varaqlamoq, to`g`rilamoq, sekinlamoq, qishlamoq. A. otdan 3 ta, sifatdan 3 ta, ravishdan 2 ta, taqlid so`zdan 2 ta B. otdan 3 ta, sifatdan 3 ta, ravishdan 2 ta, undov so`zdan 2 ta C. otdan 3 ta, sifatdan 3 ta, ravishdan 2 ta, undov so`zdan 2 ta D. otdan 3 ta, sifatdan 2 ta, ravishdan 2 ta, undov so`zdan 3 ta
21. Berilgan so`zlar orasidan yasama so`zlarni ajrating. 1) ixtirochi; 2) guldon; 3) suhbatlashmoq; 4) ixtiro; 5) tinim; 6)qisqich; 7) to`g`ri; 8) tinmoq; 9) qisilmoq A. 1,2,3,5,6 B. 1,3,4,7,9 C. 1,2,5,7 D. 1,3,5,9
22. Ko`kni qoplab olgan sanoqsiz yulduzlar qozonga yopishgan uchqunlar kabi yiltirab turibdi. Ushbu gapda necha o`rinda so`z yasovchi q-chalar qo`llangan? A. 3 B. 4 C. 5 D. 6
23. Qaysi gaplarda qatnashgan o`zaro shakldosh q-chalar urg`u olish-olmasligiga ko`ra farqlanmaydi? 1) Kechki taom payti tog`da ko`chki bo`lgani haqida xabar berildi; 2) Bu yigitcha o`zini oqlashga tirnoqcha asos topolmadi; 3) Qat-qatgina qatlama, aqling bo`lsa , tashlama; 4) Qadrdon kundaligim,senga hech bir so`z yozmaganimga ancha bo`ldi, mana, bugun qalamdon ichida turgan qalamimga yana qo`l uzatdim. A. 2,3,4 B. 1,2,3,4 C. 2,3 D. 1,4
24.”Changitib” so`zi tarkibida qanday ko`makchi morfemalar ishtirok etgan? A. 1 ta so`z yasovchi, 1 ta lug`aviy sh y, 1 ta sintaktik sh yasovchi B. 1 ta so`z yasovchi, 1 ta shakl yasovchi C. 2 ta so`z yasovchi, 1 ta shakl yasovchi D. 1 ta so`z yasovchi, 2 ta shakl yasovchi morfema
25. Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman shirin milliy taomlar, qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko`rsatilayotgan xizmatimiz sizga manzur bo`lishiga ishonchingiz komil bo`lsin. Ushbu gapda bir tovushdan iborat qo`shimchalar nechta? A. 3 ta B. 5 ta C. 2 ta D. 4 ta
26. Berilgan qaysi so`zlarda so`zning ma`noli qismlari tartibi odatdagi tartibda joylashmagan? 1)oshirma (sifat); 2) isitma( fe`l); 3) yeyishli(sifat); 4) yoqilg`I; 5) qaynatma (fe`l); 6) qizg`anchiq; 7) suyanchiq. A.2,3,4,5,6 B. 2,5,6 C.1,3,4,7 D.1,3,4,6,7
27. Berilgan qaysi so`zlar 4 ta ma`noli qismga ajraladi? 1) go`zallashtirmoq; 2) yonboshlab; 3) sanog`ini; 4) surishtirmoq; 5) ta`mirlatmoq. A. 1,2,3,4,5 B. 1,3,4 C. 1,2,4,5 D. 1,2,5
28. Odobli va go`zal xulqli odamlar ko`paysa, xalqning do`stligi, ularning yurtiga bo`lgan mehr-muhabbati brogan sari rivoj topadi. Ushbu gapdagi sodda yasama so`zlar tarkibida nechta ko`makchi morfema qatnashgan? A. 4 ta B. 5 ta C. 7 ta D. 6 ta
29. Qaysi javobda keltirilgan so`zlar tarkibida 2 ta so`z yasovchi qo`shimcha qatnashgan? A. sanoqsiz, o`ynoqi, tinimsiz B. changitmoq, tinchimoq, qiynoq C. eslaganlik, yamoqchilik, yig`loqi D. yarqiroq, atama, qiynoq
30. Quyidagilardan yasalish asosi va yasalma bir so`z turkumi doirasida bo`lgan yasama so`zlar sonini aniqlang. Itoatkor, tinchlik, notekis, uzviy, g`allakor, oqarmoq, savala. A. 6 ta
Download 12.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling