Komiljon hashimov


www.ziyouz.com kutubxonasi Ahmad Yassaviy


Download 386.06 Kb.
bet12/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

64


www.ziyouz.com kutubxonasi




Ahmad Yassaviy
Ahmad Yassaviy 1041 -yili Saryom (Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibro- him xonadonida tug'iladi. Etti yoshida otasidan, so‘ng onasidan etim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo'lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U erda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o'rganib, so'ng Turkistonga qaytadi va o‘z tariqatiga asos soladi. U so'fiylik g'oyalari, o‘z tariqati asoslarini targ'ib etishda she'rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o‘zi asoslagan g'oyalarni she'riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Qur'on» gbyalari va payg'ambarimiz Muhammad alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida Muhammad alayhis- salom talimotida ulugTangan ma'naviy-axloqiy xislatlar - muruwat, saxovat, qanoat,a rostgoylik targ‘ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Ollohga tobe bolishga undaydi. Uning hikmatlarida pand- nasihat asosiy o‘rin tutadi. Ularning barchasida so'fiylik tariqatining a'mollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi goyalar o‘z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina inson axloqida kozga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yoTlaridan biri sifatida e'tirof etiladi. Zero, tasawuf - nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko'zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma eyish orqali inson Haq bilan «konsha» oladi, nafsga mute boTganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Nafsdan kechib, qanoatnipesha qilg'on, Har kim topsa, rozi bolib, bo'yi sung'on Yaxshilarga xizmat qilib duo olg'on, Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo'q.
Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg'on, Bu gumrohdin so'rmang savol, yolda qolgan, Haqni topgan o'zipinhon, so'zipinhon, Ul sababdan oltmish uchda kirdim erga.


65


www.ziyouz.com kutubxonasi




Banda bolsang mehnat tortg'il g'ofil odam, Oqil ersang g'animatdur senga shul dam. Omonatdir aziz joning yurma beg'am, Eshitib o'qib erga kirdi qulXoja Ahmad.
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razo- lat hukm surgan joyda, ma'rifat bo'lmagan o'lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o'tadi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa etish yo'lini targ'ib qilar ekan, insonni jaholat botqog'idan xalos qilish lozimligini alohida ta'kidlaydi. U «shariatda orif-billoh bo'lishni, tariqatda voqif-asror boTishni, haqiqatda komil-mukammal bolishni, ma'rifatda daryoi ummon bo'Eshni talab qiladi».
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomo- nidan ilgari surilgan g'oyalar insonni yomon illatlar, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bolish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari etaklaydi.
Aslini olganda, Mansur XaDoj ham, Imom G'azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa etishish, tmga muhabbat qo'yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to‘g‘rilik, rostgo'ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g'olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta’minlanishi uchun turli yo'llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar yassaviya ta'limoti g'oyalariga ko‘ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta'kidlanganligidan guvohlik beradilar.
XIV asming boshlariga kelib, Movarounnahrda so'fiylikning yana bir oqimi - naqshbandiya tariqati shakllandi.
Naqshbandiya ta'limoti o'zining hayotiy g'oyalari bilan boshqa tariqat- lardan tubdan ajralib turadi. Naqsljaandiya tariqatining ildizi uzoq davrlar, ya'ni Sharq Uyg'onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim - Abulqosim Ali al-Xaraqoniy (1034 -yili 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 -yih vafot etgan)ning so'fiylik talimoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta'kidlaydilar. Tasawuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G‘azzoliy va Yusuf Hamadoniy (1049-1140 -yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.


66


www.ziyouz.com kutubxonasi




Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy(Barkiy), Xoja Ahmad Yassaviy va Xoja Abdulholiq G'ijduvoniy tasawuf ilmi bo'yicha Yusuf Hamadoniy qo'lida chuqur ta'lim olgan to‘rt mashhur shayxlar sanaladilar.
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy
XojaAbdulholiq G'ijduvoniy keyinchalikXojagonlar (Naqshbandiya) tariqatiga asos soladi. Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy 1103 -yili Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida tavallud topgan. U boshlang'ich ta'limni G'ijduvonda olgach, Buxoroga kelib, Yusuf Hamadoniyga shogird tushadi. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy Yusuf Hamadoniy qo'lida ta’lim olib, «zikri dil»(«xufya usuh bilan zikr aytish»)ga ijozat bo'lgach, ushbu sulukka o'tadi.
Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy ma'lum tahsilni olib, tariqat peshvosi darajasiga etgach xojagon (keyinchalik naqshbandiya) tariqatining mohiyatini belgilovchi va mazkur ta'limotning asosiy aqidalari hisoblangan talablami yaratadi. Bu aqidalarning to'rttasiga dastlab Yusuf Hamadoniy tomonidan tartib berilgan bo'lib, ular:

  1. Xush dar dam - tiriklik nafasda. Ichkaridan chiqayotgan har bir nafas ogohlik va huzur yuzasidan bo'lishi, g'aflat unga yo‘l qo'ymasligi kerak.

  2. Nazar bar qadam, ya’ni nazar qadamda. Solik yo“l yurganda uning nazari doimo oyoq panjalarida bo'lsin, nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin, degan ma'noni bildiradi. Bu insonni har bir ishga mas'uliyat bilan qarashga, behuda narsalar uchun hayotni, vaqtini sarf etmaslikka undaydi.

  3. Safar dar vatan - solik odamiylikning tabiatida safar qilsin, ya’ni yomonlikdan yaxshilik tomon yursin degan ma'noni bildiradi.

Abdurahmon Jomiynnig bir bayti sharhida «yurakning ma'naviy oynasi olamning zabt etuvchi zaxmatlaridan xalos bo'lsa, soflik va nuroniylik bilan bezansa, tabiiy xohishlar zulmat undan ko'tarilsa, yaratuvchi tajalliyoti va ilohiy sifatlarni qabul etish uchun safar va sulukka hojat qolmaydi. Chunki safar, sayr va sulukdan maqsad yurakka sayqal berish va uni tozalashdir», - deb ta'kidlanar ekan, suluk safar qilish-qihnasligi ulaming xojagonlar malakasini hosil qilishlariga bogliq. Agar o‘z yurtlarida bunday ta'limni amalga oshiruvchi azizni topsalar, tarki safar aylab, «chidam xislatini» hosil qilmog'i, «xojagonlaming nisbat malakasini qo‘lga kiritish»i mumkin, — deyiladi.

  1. Xilvat dar anjuman - solik tashqi tomondan xalq bilan, qalban Haq bilan birga degani.


67


www.ziyouz.com kutubxonasi




Yuqorida keltirilgan to‘rt aqidaga Abdulholiq G'ijduvoniy quyidagi to‘rt aqida(talab)ni qo'shadi:

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling