Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ВОВ. XIX ASR IKKINCHI YARMI - ASR BOSHLARIDA TURKISTON OLKASIDA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKR
- Turkiston olkasida diniy-islomiy tarbiya muassasalari va pedagogik fikr taraqqiyoti
Nazorat uchun savollar
XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida ijtimoiy, iqtisodiy sharoit va ilm-fanning rivojlanishi, yo'nalishi. Ta'lim-tarbiya tizimining shakllanishi qanday edi va unda qanaqa bilimlar berilar edi. Abdulg'oziy va So‘fi Olloyorning asarlari va ularda ta'lim-tarbiya masalalari. Jahon otin Uvaysiy maktabi haqida nima bilasiz? www.ziyouz.com kutubxonasi ВОВ. XIX ASR IKKINCHI YARMI - ASR BOSHLARIDA TURKISTON O'LKASIDA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKR Markaziy Osiyoda temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin bu o'lkani qo'lga kiritish uchun jahonning ko‘pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi. Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g'oyasi Petr Idan boshla- nib, uning vafotidan so‘ng Yekaterina II hukumati tomonidan davom ettirildi... Rossiyaning bosqinchilik yurishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g“ri keladi. Chunki bu davrda sobiq imperiya o'rnida uch xonlik - Buxoro amirligi, Xiva hamda Qo'qon xonliklari bo'lib, bular o'rtasida nizolar kuchaygan edi. Bundan foydalangan chor hukumati o'zining yovuz ni- yatlarini amalga oshirishga kirishib, dastlab Qozog'istonni o'zlariga tobe qildilar. So'ngra 1864-yili Turkmaniston, Chimkent, Avhyota, 1865-yili Toshkentni zabt etdilar. 1867-yili Ettisuv, 1868-yili Samarqand, 1876- yili Farg'ona Rossiya qo'liga o‘tdi. 1876-yil 19 fevralda podsho Aleksandr II Qo‘qon xonhgi tugatilganhgi to‘g‘risidagi buyruqqa imzo chekdi. 1885-yilga kelib Markaziy Osiyoning hamma yerlari Rossiya tasarrufiga o'tdi va o'lkada Turkiston general- gubernatorligi tashkil etildi. Markaziy Osiyo mustamlakaga aylantirilgach, chor hukumati mustamlakachilik siyosatini yurgizdi, bu siyosatga qarshi ko'tarilgan xalq qo‘zg‘olonlarini esa ayovsiz bostirdi. U Markaziy Osiyo hududida istiqomat qiluvchi turli xalqlarni bir-biriga qarshi qo'yish bilan ular o‘r- tasida nizolarni avj oldirdi. . Chor hukumati xalqimizning milliy madaniyatiga va uning rivojiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qildi, milliy zulmni kuchaytirdi. Bu zulm birinchi navbatda madaniyat, fan,.san’at, ijtimoiy va pedagogik fikr, turmush tarziga o‘z ta'sirini ko'rsatdi. Xalq o'zining milliy merosi, qadriyatlari va g'ururidan mahrum bo‘la boshladi. Turkiston general- gubernatori fon Kaufinan imperatorga yollagan bir maktubida Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy-ijtimoiy taraqqiyoti uch yuz yil orqaga surib yuborilganini maqtanib yozgan edi. Oktabr to'ntarishidan oldin masjid 179 www.ziyouz.com kutubxonasi va madrasalardagi kitoblar, noyob qo'llanmalar yondirib tashlandi, bir qismi Peterburgga olib ketildi. 0‘lkada yuz bergan bu voqealar ilg'or ziyolilarning faoliyatiga ham ta’sir etmay qolmadi. Ular o'lkada chor ma'murlari qo'llagan jabr-zulmga qaramay ilm-fan va madaniyatning umumiy rivojiga o‘z hissalarini qo'shdilar. Ular o'zlaridan oldin o‘tgan ulug' mutafakkirlarning insonparvarlik, pedagogik fikr, g“ oyalarini davom ettirdilar. Buni Furqat, Muqimiy, Avaz O‘tar, Anbar Otin, Ahmad Donish, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Zavqiy, Saidahmad Siddiqiy ijodida ko'rish mumkin. Turkiston o'lkasida diniy-islomiy tarbiya muassasalari va pedagogik fikr taraqqiyoti XIX asrning o'rtalarida Turkiston o'lkasida boshlang'ich maktab hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko'pchiligi diniy ta'lim beruvchi eng oddiy boshlang'ich maktablar edi. Bu maktablarda masjidlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o'qitish eng oddiy diniy vazifalarni o'rgatish bilan, ya'ni Qur'on o'qishni o'rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo'lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanilardi. Shahar maktablarida diniy ta'limdan tashqari, umumiy ta'lim ele- mentlari - yozish va hisoblash yo'llari o'rgatilardi. Shahar maktablarida o‘quvchilar soni 20-30taga, qishloq joylarida esa 10-15taga yetardi. 0‘qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o'zlashtirishiga qarab, 17-18 yoshlargacha davom etardi. Maktabda awal «Haftiyak», keyin «Qur'on» yod olinar, so‘ng «Chor kitob»ga o'tilardi. «Chor kitob» 4 bo'limdan iborat bolib, 1-bo‘lim - haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi; ikkinchisida iymon-e'tiqodni anglash; uchinchi bo'limda kalomi nabi—rivoyatlar bahs etilgan. Xalq orasida mashhur shoirlaming she'r va g'azallari o'qitilardi. Odatda, bunday maktablarning o'quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo“lardi. Ular o‘qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qollar edilar, ba'zilari qo'shimcha ta'lim olib, xattotlik kasbi bilan shug'ullanar, ba'zilari esa, madrasaga kirib o'qishni davom ettirardi. Oliy diniy maktab — madrasada diniy falsafa va musuhnon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o'tilardi. Uning o‘quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o'zgarib turgan. Masalan: XV asrning 180 www.ziyouz.com kutubxonasi 30—40 -yillari Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar - ma- tematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar o'qitilgan. Madrasa uch boTimdan iborat bolgan: birinchi boTimda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob - arab tili va qonunchilik o'rgatilardi. Bu bo“lim talabasi 9-10 yil o‘qigan. Ikkinchi bo'limda qonunchilik, ilohiyot, mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati, kalom o'qitilgan. Unda 7-8 yil o'qishgan. Uchinchi bo'limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o'qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifinetikadan ba’zi ma'lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug'ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo'lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o'g'il bolalar o'qitilardi. Shaharlardagi diniy maktablarda ba’zi domlalarningxotinlari - otinoyilar qizlarni o'qitish bilan shug'ullanardilar. Maktab va madrasa- larda dars o'zbek, arab va fors tillarida olib borilardi. Musulmon maktablarida ta'lim sistemasi 5 toifaga boTingan edi. Quyi maktab - bu maktablarda o'g'il bolalarga savod o‘rgatishgan(4 yil). Halilxona maktabi - (namoz) yod oldirib orgatilgan. Qorixona - Qur'on yod olingan. Madrasa. Maktab-internat — o'rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham du- nyoviy fanlar o‘qitilib, o‘rta ma'lumot berilgan. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba'zi o'zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonada chop qilingan darsliklar paydo boldi. Qozonda nashr qilingan Qur'on va haftiyaklar, Hindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop etilgan to'plamlari keltirildi. Toshkentning o‘zida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo“lga qo‘yildi. Mustamlaka ma'muriyati mashg'ulotlar o‘rta asr tartibida olib borila- yotgan musulmon maktablarining ishiga aralashmas edi. Ammo maktab- larda rus tilini o‘qitishni rag'batlantiruvchi choralar ko'rishga harakat qilinardi. Natijada mahalliy yoshlar rus tilini organishga ko'proq e'tibor bera boshladilar. XX asr boshlarida esa, madrasalarda rus tilini o'qitish joriy qilinsin, degan ko‘rsatmaga binoan 1913-1917 -yillari ba'zi madrasalarda rus tilini o‘qitish joriy qilindi. Eski maktablarda ham ba’zi o'zgarishlar sodir bo'ldi. Rus-tuzem mak- tablari hamda yangi xil maktablarning ta'siri ostida ba’zi eski usul maktablarida birmuncha yangiliklar joriy qilindi. litografiyada bosilgan alifbelar yordamida tovush metodi asosida savod o'rgatish joriy qilindi, qizlarga o‘qishni o'rgatish bilan birga, yozishni ham o‘rgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga ko‘ra o‘zbek maktablari hayotida katta siljish ro‘y berdi. 181 www.ziyouz.com kutubxonasi XX asr boshlariga kelib, Turkiston o'lkasidagi yirik markaziy sha- harlarda oliy ta'lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar: Buxoroda - 80, Qo'qonda - 40, Samarqandda - 22, Marg'ilonda - 28, Toshkentda —17, Xiva xonligida - 130 madrasa mavjud boTib, ularda 400dan 5000tagacha talaba tahsil olardi. 1906-yilga kelib, birgina Samarqand viloyatining o'zida 1510 musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 oqituvchi 12740 talabaga saboq bergan. Umuman olganda, Turkiston oTkasida 1905-1906 -yillari 5290 maktab bo'lib, ularda 70955 talaba ta’lim olgan. Bu davrga kelib mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xeva xoni Sayid Muhammad Rahimxon Bahodirxoni Soniy - Feruz (1844-1910) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 -yili o‘z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o'qituvchisi va Mirzo, Rahmonquli qori kabi mahoratli taTim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish bilan shug'ullandilar. Feruz farmoniga muvofiq 1904-yilning 10 noyabrida Urganchda bi- rinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo'shaev degan Turkiyadan kelgan o'qituvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya bera boshladi. Husayn Qo'shaev 1906-1907 o‘quv yilida xonlikdagi ilg'or ma'rifat- parvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabi- ni ham tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag1 ajratib berdi. Feruz homiyligidagi bu qizlar maktabida Husayn Qo'shaevning turmush o'rtog'i Komila Qo'shaeva bilim bera boshladi. 1909-yilga kelib Feruz qo'li ostidagi madrasalar soni 130taga etib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi. Feruz Xeva ziyolilari orasida nufuzli o'rinni egallagan ma'rifatparvar Komil Xorazmiyni Toshkent shahridagi gimnaziya va maktablardagi o'qitish usulini o'rganib kelishi maqsadida safarga jo'natadi. Safardan qaytgach Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi. Mazkur maktab o‘quv dasturi hamda rejasiga - riyoziyot, tarix, jo‘g‘- rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik fanlarini o'qitishbelgilanadi. Mashg'ulotjarayonida Sharq mutafakkirlari-Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy Sheroziy, Mashrab, So‘fi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlari ham o'rganildi. Feruz vohada san'at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda «Podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi. «Litografiya» - yunoncha so‘z boTib, «litos» - tosh va «grafos» yozaman 182 www.ziyouz.com kutubxonasi degan ma'noni bildiradi. Bu atama o‘zbek tilida toshbosma tarzida qolla- nib kelingan. Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Forobiyning «Nisob us - sibiyon» (Bolalar nasibasi), Alisher Navoyning«Xamsa» asaridan parcha, «Hayrat ul-abror» dostoni, Shermuhammad Munisning «Munis ul-ushshoq» devoni, Yoqubxo ‘ja ibn Ibrohimxo^janing«DevoniXolis» to'plami, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o'nlab asarlar nashr etilgan. Turkiston o'lkasi Rossiya tomonidan bosib olingach, chor ma'murlari ming-minglab rus oilalarini Markaziy Osiyoga ko'chirib keltiradi. Farg'ona viloyati, Sirdaryo, Samarqand va boshqa viloyatlardagi dehqonlarning serunum yerlari tortib olinib, ularga beriladi. Ularning bunday xatti-harakatlaridan g“azablangan atoqli shoir Cho'lpon «Hazon» sarlavhali she'rida qahr ila yozgandi: Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling