Ko`mir invest eksport


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1721006
1   2   3   4
Bog'liq
47A41A327FF4493A8D045380002ADA74

Qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish 
va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida” Nizomning 27-bandida quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
Tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha aktivlar repatriatsiya qilinishini (chet eldan xorijiy 
valyutadagi mablag‘lar kelib tushishini yoki ushbu Nizomda ko‘rsatilgan bojxona rejimlarida tovarlar 
respublikaga olib kirilishi va rasmiylashtirilishini, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishini yoki 
pul mablag‘larining qaytarilishini) mazkur Nizomning 23, 24 va 24
1
-bandlarida belgilangan 
muddatlar tugagandan keyin (180 kundan oshib ketmasligi belgilangan) ko‘pi bilan 45 kun (kichik 
tadbirkorlik subyektlari uchun — 90 kun) mobaynida ta’minlamagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar:
aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan 
e’tiboran 360 kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 5 foiziga 
teng miqdorda;
2023 - yil 19 - oktabr
22-190697 - son


aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan 
e’tiboran 360 kundan 545 kungacha kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar 
summasining 10 foiziga teng miqdorda qo‘shimcha ravishda;
aktivlarni repatriatsiya qilish norezidentga to‘lov yoki eksport amalga oshirilgan sanadan 
e’tiboran 545 kundan ortiq kechikkanda — repatriatsiya qilinmagan aktivlar summasining 
35 foiziga teng miqdorda respublika byudjeti daromadiga qo‘shimcha jarima to‘laydilar.
Quyidagi hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha 
muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarima qo‘llanilmaydi:
jarima qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar 
«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq 
repatriatsiya qilingan aktivlar summasiga nisbatan;
asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni yetkazib berish muddatlari ularning texnik 
tavsiflariga hamda o‘ziga xos xususiyatiga qarab bir yuz sakson kundan ortiq etib belgilangan 
importga oid kontraktlar bo‘yicha yetkazib berish muddati davrida;
transportda tashish yoki saqlash chog‘ida taraflarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra 
yaroqsiz holatga kelgan tovarlar davlat organlari tomonidan yo‘q qilinganligini yoxud musodara 
qilinganligini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilgan taqdirda;
ayni bir qarzdorlik predmeti va tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) amaldagi eksport va 
import hajmi bo‘yicha takroriy jarimalar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan importga oid 
kontraktlarda yoki mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida 
boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlangan importga oid kontraktlarda belgilangan muddatlar 
buzilmagan bo‘lsa;
eksport operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikning umumiy summasi 
muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan oldingi 36 oy davomida ta’minlangan 
valyuta tushumining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan holatlarda.
Shuningdek, Nizomning 28-bandida quyidagilar belgilangan:
-Ushbu Nizomning 27-bandida keltirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga davlat soliq 
xizmati organi tomonidan jarima qo‘llash to‘g‘risida talabnoma yuboriladi.
-Xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organiga talabnoma olingan kundan 
e’tiboran o‘n kun muddatda tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor 
qarzdorliklarning bartaraf etilganligi yoki jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lab berilganligi 
haqidagi ma’lumot(lar)ni yozma yoki elektron shaklda tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda 
taqdim etishi shart.
- Davlat soliq xizmati organlari tomonidan talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan 
yuborilganda u jo‘natilgan kundan e’tiboran besh kun o‘tganidan so‘ng topshirilgan, shaxsiy kabinet 
orqali yuborilganda esa keyingi ish kuni xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilib olingan 
kun deb hisoblanadi;
-Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan 
debitor qarzdorliklar ixtiyoriy ravishda to‘lab berilmagan yoxud to‘lashni rad etgan taqdirda, davlat 
soliq xizmati organi jarima qo‘llash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi. 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling