Kommunar-2003” xususiy korxonasidagi parmalash dastgohini elektr yuritmasini loyihalash
II. 9. Himoya apparatlarini tanlash
Download 0.67 Mb.
|
2Н135 Parmalash
II. 9. Himoya apparatlarini tanlash.
Dastgoh elektr dvigateli uchun himoya vositalari sifatida asosan saqlagich, avtomatik uzgich (avtomat) va issiqlik relyelari qo‘llaniladi. Himoya apparatlari dvigateli nominal toki bo‘yicha tanlanadi: IH = PH · 103 / V3 Uн · сosφH · ƞH bu yerda, PH – dvigatelning nominal quvvati, kvt PH = 8,3 kvt UН – nominal kuchlanish UН = 380 v сosφH – dvigatelning quvvat koeffitsenti сosφH = 0,87 ƞH – dvigatelning f.i.k. ƞH = 0,875 demak dvigatelning nominal toki: IH = 8,3 · 1000 / V3 · 380 · 0,87 · 0,875 = 11000 / 500,4 = 16,6 A Dastgohning mavjud eski boshqarish sxemasida qisqa tutashuvdan saqlash uchun saqlagichlar ishlatilgan edi, biz dastgohnini davomiy ish rejimida ishlashini hisobga olib, dvigatelni qisqa tutashuvdan va o‘ta yuklanishidan himoyalash uchun avtomatik uzgich (avtomat) olamiz. Bundan tashqari avtomat qo‘llash bilan, sxemada rubilnik ishlatishga hojat qolmaydi. Avtomatni quyidagi shart bo‘yicha tanlaymiz Ipaсц ≥ IH bunda, Ipaсц – avtomatning uzish elementining toki katalogdan A 3714Б tipidagi elektromagnit uzish elementli, 3 fazali avtomatik uzgich olamiz; uning IНЭ = 160 А Avomatni uzish tokini rostlash chegaralari (20-25-32-40) A Ipaсц = 25 A ITP = 1600 A Bizning dvigatelimiz uchun Ipaсц = 25 > 22 = IН Tanlangan avtomatni ishga tushirish toki bo‘yicha tekshiramiz: ITP ≥ 1,25 IГ bu yerda, IП – ishga tushirish toki IП = KП IH = (5÷8) IH Dvigatelimiz katta static moment bilan ishga tushirilishini hisobga olib КП = 7,5 deb qabul qilamiz, u holda IП = 7,5 · IH = 7,5 · 16,6 = 124,5 A ITP = 1600 > 1,25 · 124,5 = 155,6 A Demak tanlagan avtomatimiz o‘ta yuklanishda himoya qila oladi va qisqa tutashuvdan ham saqlaydi. Dastgoh dvigateli davomiy rejimda ishlagani uchun u qiziydi va nitijada yuklanishi ortadi. Yuklanishni ortishi natijasida dvigatelni qizishini chegaralash maqsadida issiqlik himoya vositasi sifatida issiqlik relyesini tanlaymiz. Issiqlik relyesi va uning qizish elementi dvigatelning nominal toki bo‘yicha quyidagi shart asosida o‘lchanadi: IPT = (1 ÷ 1,1) IH IPT = 1,1· 16,6 = 18,26 A Katalogdan PTЛ – 101404 tipidagi issiqlik relyesini olamiz, uning issiqlik elementini maksimal toki ICP · PT = 25A ICP · PT = 25A > 18,26 A = IPT Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling