Kommunar-2003” xususiy korxonasidagi parmalash dastgohini elektr yuritmasini loyihalash


V. Mexnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong’inni oldini olish va sanoat ekologiyasi tadbirlari


Download 0.67 Mb.
bet20/24
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1637921
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
2Н135 Parmalash

V. Mexnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong’inni oldini olish va sanoat ekologiyasi tadbirlari.
5. 1. Dastgoh elektr yuritmasini ishlatish va ta’mirlashdagi
xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Elektr uskunalarni ishlatish va ularga texnik hizmat ko‘rsatish, havfli ishlar toifasiga kiradi. Shuning uchun bu ishlarga maxsus bilim va malakaga ega bo‘lgan ishchilar qo‘yiladi. Ular havfsizlik texnikasi bo‘yicha sinovdan o‘tgan bo‘lishlari shart.
Elektr uskunalarni boshqaradigan, ularga texnik hizmat ko‘rsatadigan ishchilar, 18 yoshdan kichik bo‘lmasligi lozim.
1000 v. gacha elektr uskunalar bilan ishlaydigan navbatchi elektriklar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha III – guruhga mansub bo‘lishlari kerak, mashina va mexanizmlar bilan ishlovchilar II – guruhga, qo‘l bilan boshqariladigan elektr asboblar bilan ishlovchilar esa I – guruhga ega bo‘lishlari kerak.
Korxonada elektr uskunalardan xavfsiz foydalanishga mas’ul shaxs tayinlanadi, uning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakasi IV – guruhdan past bo‘lmasligi kerak.
Elektr yuritma tizimi, uning boshqarish sxemasi, mexanizm konstruktsiyasi, elektr uskunalarni ishlatish, texnik hizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining mehnat sarflaridan kelib chiqqan holda, xavfsizlik texnikasi qoidalari ishlab chiqariladi. Bu qoidalar elektr uskunalarni o‘rnatish (ПУЭ) va xavfsizlik texnikasi qoidalari (ПТБ) talablariga to‘liq javob berishi shart.
Elektr uskunalarga texnik hizmat ko‘rsatish jarayonida profilaktik ta’mirlash; elektr mashinalarni izolyatsiyasini sinash; elektr apparat, kabel, ichki elektr tarmoqlarni tekshirish; elektr yuritma va rele himoyasi zanjirlarini nazorat qilish ishlari bajariladi. Shu bilan birga kichik avariyalar va nosozliklarni bartaraf etish ishlari ham bajarilishi mumkin. Bu ishlar kuchlanishni qisman yoki to‘liq olib tashlash bilan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda ishlab turgan uskunalarda ham ma’lum ishlar bajarilishi mumkin.
Harakatdagi elektr uskunalarda olib boriladigan ishlar uch kategoriyaga bo‘linadi:
kuchlanish olib tashlanib bajariladigan ishlar.
kuchlanish olib tashlanmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlar yaqinida bajariladigan ishlar.
kuchlanish olib tashlanmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar.
Kuchlanishi to‘liq olib tashlangan elektr uskunalarda bajariladigan ishlar, maxsus ruxsatnoma bilan amalga oshiriladi. Bunda ta’mirlash ishlari bajarilayotgan paytda kuchlanishni to‘satdan paydo bo‘lishi hollariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kuchlanish ostidagi elektr uskunalarda kuzatuv va tshkiliy ishlar bajarilishi mumkin. Bunda ishchilarni tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqinlashishi cheklanadi, ular himoyalangan vositalardan foydalanishi shart bo‘ladi.
Elektr mashinalarni 1000v. gacha kuchlanish tarmoqlariga o‘rnatilgan uzish-ulash va boshqarish apparatlarini ta’mirga chiqarish va nuqsonlarini bartaraf etish ishlari naryad asosida ikki shaxs tomonidan, ta’mirlanayotgan qism elektr zanjiridan ajratilib amalga oshiriladi. Bunda uzib qo‘yilgan barcha schit, apparatlar dastasiga “ulanmasin-odamlar ishlamoqdalar” deb yozilgan ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi. Ta’mirlash ishlarini olib borayotgan hodimlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr tarmog’ining ta’mirlanayotgan qismlaridagi barcha fazalari qisqa tutashtirilib yerga ulab qo‘yiladi. Simlarni qisqa tutashtirib yerga ulashdan oldin kuchlanish indikatori yordamida tekshiriladi. Agar ta’mirlanayotgan qismdagi elektr zanjirini uzib qo‘yish imkoni bo‘lmasa, u holda ta’mirlash ishlarini dielektrik qo‘lqopda, dielektrik rezina gilamchada turib bajariladi. Megoommetrdan foydalanib o‘lchash ishlari olib borilayotganda elektr zanjiri har tomonlama uzib qo‘yilishi kerak. Elektr tarmog’ining tekshirilayotgan qismlariga tegish xavfli.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling