Nashrlarni ta’mirlash va qarab ehtiyot qilish. Vaqtlar o‘tishi bilan havo va
yorug‘lik ta’siri ostida nashrlar fizikaviy, ximiyaviy o‘zgarishlarga uchraydi. Bu
jarayon tabiiy eskirish deyiladi. Bundan tashqari ko‘p foydalanilganligi uchun
mexanik mustahkamligini yo‘qotadi. Kitob hasharotlar ta’sirida zararlanadi.
Xususiyatini yo‘qotgan nashrlar zudlik bilan ta’mirlanadi. Mayda ta’mir –
shikastlangan joylarni ta’mirlash odatda kutubxonachi rahbarligida jamoatchilar
kuchi bilan amalga oshiriladi. Ta’mirlash-tiklash bu nashrni dastlabki holga yoki
shunga yaqin holga keltirishdir. Katta kutubxonalarda ta’mirlash ishlarini olib
boradigan laboratoriyalar bor. Tabiiy eskirish jarayonini to‘xtatish uchun eng
qimmatli usul doimiy saqlashga mo‘ljallangan nashrlarni o‘rab, ehtiyot qilishdir. Ana
shu maqsadda saqlash va muhofaza rejimiga rioya etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |