a) kitoblar buyurtmasini olish hamda talab qilingan nashrlar bilan tanishishni
23
Matbuot asarlari va axborotning boshqa manbalarini shunday joylashtirish
kerakki, ularni topish, javondan olish va joyiga qaytarib qo‘yishga juda kam vaqt
ketsin va qiyinchilik tug‘dirmasin. Kitob saqlash bo‘limi qator vazifalarni bajaradi.
Ulardan birinchisi, yangi olingan kitoblarni qabul qilish va ularni kutubxona
bo‘limlari orasida taqsimlash. Kutubxona fondini saqlashni, ya’ni fondda mavjud
bo‘lgan har bir nashrning butun va normal fizik holatda bo‘lishining ta’minlanishi
muhim vazifa sanaladi. Saqlash bo‘limining xodimlari fondlarni asrab, binolarda
qulay sharoit yaratish uchun javob beradilar. Nashrlarning o‘z vaqtida tamirlanishi,
muqovalanishi va shu ishlarning ijro qilinishini kuzatib boradi, fondning biologik
barqarorligi va yong‘in xavfining oldini oladi, fondda nashrlarning mavjudligini
tekshiradi. Yuqoridagi mugim omillarga qattiq rioya qilingandagina bilimlar xazinasi
bo‘lgan kitoblarimizni asrab, avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib berishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: