Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.11.2020
Hajmi1.65 Mb.
#151094
Bog'liq
Saitmurodov Humoyun Pedagogika-Psixologiya topshiriq 2


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA

2-TOPSHIRIQ

Topshirdi: Saitmurodov.H

Guruh:


315-18

 


Toshkent 2020

1.

Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi.



2.

Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.

3.

Qiziqarli psixologik testlar va ularni qo`llash texnologiyasi



4.

Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish.

5.

"Psixodiagnostika"- nima?



1.Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi

Odamlarning o’quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o’ziga xoslikni

tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor

masalasiga murojaat qiladi. CHunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat

manfaatdor, qolaversa, o’sha insonning o’zi ham qilgan har bir harakatidan

o’zi uchun naf ko’radi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson

aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko’nikma va bilimlarning borligi

masalasi bilan bog’liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo’lish istagidagi har

bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo’lib

etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko’proq qobiliyat

tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog’lab o’rganiladi. Har bir

normal odam o’zining aqlli bo’lishini xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da,

qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu

sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Aqlsiz, nodon» degan sifat

esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. Yana shu

narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq halqlarida biror kimsaga nisbatan

«o’ta aqlli» yoki «o’ta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu

xususiyatlarni o’rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining o’g’li

anchagina aqlli bo’libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo’lib,

ota-onasini ko’ydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik»

kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini


bildiradi. Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning

intellektiga bog’liq sifatlar juda ko’plab tadqiqotlar ob’ekti bo’lgan. Olimlar

qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va

tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli

sifatiga aloqador bo’lgan ko’rsatgichni o’lchashga uringanlar. Ko’pchilik

olimlar odam intellektida uning verbal (ya’ni so’zlarda ifodalanadigan),

mikdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko’rsatgichlarni aniqlab, ularga

yana mantiq, xotira va hayol jarayonlari bilan bog’liq jihatlarni ham

qo’shganlar. Ch. Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab

o’tilgan ko’rsatgichlar o’rtasida bog’liqlik borligini isbot qilib, aqlning

haqiqatan ham murakkab tuzilmaga ega bo’lgan psixik xususiyat ekanligini

ko’rsatdi. Boshqa bir olim Dj. Gilford esa aqlni bir qator aqliy operastiyalar

(analiz, sintez, taqqoslash, mavxumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga

solish, klassifikastiya qilish) natijasida namoyon bo’ladigan xususiyat

sifatida o’rganishni taklif etgan. Bu olimlar aql so’zidan ko’ra intellekt so’zini

ko’proq ishlatib, bu so’zning o’ziga xos talqini borligiga e’tiborni

qaratganlar. CHunki ularning fikricha, intellektual potenstialga ega bo’lgan

shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potenstial esa bir

tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan - shaxsga

bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati

shundaki, u borliqni va bo’ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga

imkon beradi. Shu o’rinda «intellekt» so’zining lug’aviy ma’nosini tushunib

olaylik. Intellekt - lotincha so'z - intellectus - tushunish, bilish va intellectum

- aql so’zlari negizidan paydo bo’lgan tushuncha bo’lib, u aql-idrokning

shunday bo’lagiki, uni o’lchab, o’zgartirib, rivojlantirib bo’ladi. Bu - intellekt

va u bilan bog’liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak

beradi. Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi

insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko’rsatadi. Buni biz bugungi

kunimiz misolida ham ko’rib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari -

kelajagini XX1 asr bilan bog’lagan o’g’ilqizlarning intellekt darajasi ularning

ota - bobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan

tortib, texnikaning barcha turlari juda tez o’zlashtirib olmoqda, jaxon

tillaridan bir nechtasi bilish ko’pchilik uchun muammo bo’lmay qoldi,

minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o’zlashtirishda

qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o’sishiga ta’sirini hamma

bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma’rifiy muhitda tarbiyalansa,

uning dunyoqarashi keng, xoxlagan soha predmetlaridan beriladigan


materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz o’zlashtira oladi. Hattoki, bunday

bolaga oliy o’quv yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o’ta

tushunarli, ular yanada murakkabroq masalalarni echishni xohlaydi.

2. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.

Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari SHaxsning

individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug’ma, biologik

xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. CHunki aslida bir tomondan

shaxs ijtimoiy mavjudot bo’lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik,

tug’ma sifatlarni o’zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament

va layoqatlar individning dinamik – o’zgaruvchan psixik faoliyati

jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o’zichiga oladi. Bu sifatlarning

ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot

jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo’ladi. Odam

temperamentiga aloqador sifatlarning o’ziga xosligi shundaki, ular odam

bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emostional holatdan boshqasiga, bir

malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning

egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan

karaganda temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o

‘zgaruvchan) va emostional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual

xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari shaxsning ichki

tuzilmasi bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularning namoyon bo’lishi uning

konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o’zini qanday

tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o’zini turlicha

tutadi: oliy o’quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi to’g’risidagi

axborotni eshitgan bolaning o’zini tutishi, yoki hayotning ogir sinovlari

(yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do’stning xoinligi kabi) paytida

odam beixtiyor namoyon qiladigan reakstiyalari uning temperamentidan

kelib chiqadi. SHuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir

og’ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o’zini yo’qotgudek darajada his-hayajon

bilan boshidan kechiradi. Shuning uchun ham temperamentning shaxs

shakllanishi va ijtimoiy muhitda o’ziga xos mavqeni egallashidagi

ahamiyati juda katta. O’zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini

sabr-bardosh bilan ko’taradigan insonning odamlar orasidagi obro’si

ham baland bo’ladi. Bu uning o’z-o’ziga nisbatan hurmatini ham oshiradi,



ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga

imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u

hayotiy voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi -

yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon

beradi. Ya’ni, temprament odamning ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan

«sezgirligini» tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining

oshib borishiga yordam beradi. Temperamental xususiyatlar aslida

tug’ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan

bo’lgani uchun ham ma’lum ma’noda o’zgarib boradi. Shuning uchun

ham tug’ilgan chog’ida sangvinikka o’xshash harakatlar namoyon qilgan

bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo’lmaydi.

Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga

aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. Akademik

I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv

tizimi xossalarini ajratgan edi: k u ch, ya’ni nerv tizimining kuchli

ko’zgatuvchilar ta’siriga bardoshi, shunga ko’ra odamlardagi mehnatga

yaroklilik, chidam kabi sifatlarning namoyon bo’lishi: m u v o z a n a t l a

sh g a n l i k, ya’ni asabdagi tormozlanish va ko’zgalish jarayonlarining

o’zaro mutonosibligi, shunga ko’ra, o’zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar

va ularga teskari sifatlarning namoyon bo'lishi: x a r a k a t ch a n l i k ,

ya’ni ko’zgalish va tormozlanish jarayonlaridagi o’zaro almashinish

jarayonining tezligi va harakatchanligi ma’nosida. Quyidagi rasmda nerv

jarayonlari bilan temperament tiplari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik asosida

temperament tiplari aks ettirilgan :

Shund

ay qilib, asab tizimi bilan bog’liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular



bevosita mehnat va o’qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning

manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog’liq

bo’lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o’zgarmas deb aytolmaymiz,

chunki tabiatda o’zgarmaydigan narsaning o’zi yo’q. SHuning uchun ham

oxirgi yillarda o’tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma’kul,

«hayotiy ko’rsatgichli» xususiyatlar tizimini o’rganilmoqda va unda

temperamentga aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V.S.

Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda

namoyon bo’lishini boshqarish masalasida ko’p ishlar qilgan. Uning fikricha,

insonda mavjud bo’lgan faollik, bosiklik, emostional tetiklik, hissiyotlarning

tezda namoyon bo’lishi va o’zgaruvchanligi, qayfiyatning turgunligi,

behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil

bo’lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o’sha ekstroversiya va

introversiya xossalari yotadi va ularni ham o’zgartirish va shu orqali

temperamentni boshqarish mumkin. Shulardan kelib chiqqan xolda

shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni

ustirishda ayni shularga e’tibor berish kerak. Masalan, ba’zilar xoleriklarga

o’xshash qiziqkon, tezkor bo’lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini

kuzatadigan bo’lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo’lsa, uning

sifati, chala tashlab ketish havfi, ba’zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini

uylantiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament

ham bo’lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. har bir

tipning o’ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy

tomonlari ham bo'ladi.

3.Qiziqarli psixologik testlar va ularni qo`llash texnologiyasi

Psixologik test. Inson ruhiy holatini surat orqali tekshirish usuli:


Inson kundalik hayoti mobaynida nimalar tanlagani orqali u haqda juda

ko’p narsa bilib olish mumkin. Insonning fe’l atvori haqida hatto u

ichadigan qahva orqali ham ma’lumotga ega bo'la olasiz.

Pisixologik testlar esa ko’proq ma’lumot olishning yaxshi usulidir.

Ulardan birini sizning e’tiboringizga havola etamiz. Quyidagi suratda

keltirilgan shakllardan birini tanlang.



Ayni damda qaror qabul qilishga qiynalayotgan insonlar ushbu shaklni

tanlashadi. Bu barcha xavflarni hisoblash qobiliyatiga ega bo'lgan juda

rivojlangan shaxslar toifasidir. Shu bois ham ular har bir variantning

xavfini tushunadilar, u qanchalik jiddiyligini va ulardan nima olib ketishi

mumkinligini yaxshi biladilar.


Spiral, o'zlari bilan kelishishi qiyin bo'lgan odamlar tomonidan tanlanadi.

Ehtimol o'tmishdagi biron bir narsa ularni o'zlarini "noto'g'ri odam" deb

o'ylashlariga undashi mumkin. Shunga qaramay, ular juda kuchli

shaxslar, ular o'zlarining baxtlari uchun qanday kurashishni va ularning

qadr-qimmatini bilishadi.


Panjara hozirgi paytda qiyin kunlarni boshdan kechirayotgan odamlar

tomonidan tanlanadi. Uyqusizlik va tungi bezovtalik ularni qiynayotgan

bo’lishi ehtimoli ham mavjud. Bundan tashqari panjara muammoga

yechim qidirib, biroq uni imkonidan chiqa olmayotgan shaxslarning ham

tanlovi bo'lishi mumkin.


Ushbu shaklni har narsaga ijodiy yondashuvchi insonlar tanlashadi. Ular

aslida noyob shaxsdirlar. Ko'pincha o’zlarida o'zgacha biron bir narsani

payqamaydilar. Bekor qiladilar ham. Ular o’z iqtidorlarini payqashlari va

uni shakllantirishlari lozim.



Ushbu rasmni tanlash hozirgi paytda chuqur inqirozni boshdan

kechirayotganingizni anglatadi. Yaqinda yuz bergan baxtsizliklar sizni

yolg'iz va horgin his qilishingizga sababchi bo’lgan. Umidsizlikka

tushmaslik uchun siz muloqotda bo’lishingiz kerak. Sizni tushunadigan

yoki hech bo'lmaganda sizni tinglaydigan odamni topib u bilan suhbat

quring.


Ushbu shaklni butun hayoti mayda bo’laklarga parchalanib ketganday

his qiladigan odamlar tanlaydi. Siz birdaniga barcha narsaga qo’lurishga

urinyabsiz: ish, oila, do’stlar va munosabatlar… Chuqur nafas oling va

ketishi kerak bo’lgan narsaning ketishiga yo’l qo’yib bering. Hayotingizda

eng yaxshi va kerakli tanlovni tanlashga harakat qiling.


4.Shaхs taraqqiyotini davrlarga bo`lish.

Shaхs taraqqiyotini davlarga bo`lish bo`yicha L.S.Elkоnin,

Vigоtskiy,J.Piajе va shu kabi ko`plab оlimlar ish оlib bоrganlar . Odam

individ bo`lib tug`iladi, shaxs bo`lib rivojlanadi taraqqiy etadi. Shaxsning

rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining

determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy - emotsional

jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongligi muhim hisoblanadi.

Ya.Gudechek - Shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida rivojlanishi

masalasiga katta e‟tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning xulqi va

faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs



tomonidan o`zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari,

yo`nalishi bilan bog`liq. Umumiy holda shaxsni harakatga keltiruvchi

sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi

motivlarda namoyon bo`ladi. K.K.Platonov tomonidan tavsiya etilgan

quyidagi: “Shaxsning yo`nalishini asosiy ko`rinishi” rasmini kuzatamiz.

Shaхsning shakllanishi. «Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma'noda

qo`llaniladi. Birinchisi - shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu

rivojlanish tushunchasi jarayoni va uning natijasi ekanligidir. Shu

ma'nodagi shaxsni shakllantirish tushunchasi psixologik tadqiqot

mavzusi hisoblanadi. Uning vazifasi biror maqsadga qaratilgan

tarbiyaviy ta'sirlar o`tkazish sharoitida rivojlanayotgan shaxsda nimalar

mavjudligini (mavjud bo`lgan, tajriba yo`li bilan aniqlanadigan, namoyon

bo`ladigan) va nimalar bo`lishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Bu

shaxsning shakllanishiga nisbatan xususan psixologik yondashuv

hisoblanadi. Ikkinchi ma'nosi - shaxsni maqsadga yo`naltirilgan tarzda

tarbiyalash sifatidagi shakllantirish (agar shunday dеb aytish mumkin

bo`lsa, «qolipga solish», «yasash», «tuzash»; A. S. Makarеnko bu

jarayonni «shaxsni loyihalash» dеb juda topib atagan edi) dan iborat.

Xususan bu shaxsni shakllantirish vazifalari va usullarini ajratib olishga

pеdagogik yondashuvdir. Pеdagogik yondashuv shaxsning jamiyat unga

qo`yayotgan ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan talablarga javob bеradigan

bo`lishi uchun unda nimalar va qanday qilib shakllantirilishi kеrakligini

aniqlash zarur dеb hisoblaydi. Shaxsni shakllantirishga psixologik va

pеdagogik yondashuvning aralashtirib yuborilishiga yo`l qo`yib

bo`lmaydi. Aks xolda orzu qilingan narsa haqiqatda ro`y bеrgan narsa

qilib ko`rsatilishi mumkin. «Umumiy ta'lim va hunar maktabini isloh

qilishning asosiy yo`nalishlari»da uqdirilganidеk, «ilk bolalik yillaridanoq

kollеktivizm, o`ziga va boshqalarga talabchanlik, sofdillik va rostgo`ylik,

mеhribonlik va printsipiallik, matonatlilik va jasoratlilik ruhida

tarbiyalashda juda muhimdir». Islohot hujjatlari o`kituvchilarning

diqqat-e'tiborini hozirdayoq barcha o`quvchilarda rivojlangan tarzda

mavjud bo`lgan narsalarga emas, balki ularda shakllantirilishi lozim

bo`lgan narsalarga qaratadi, maktab xodimlarini bartaraf etilishi kеrak

bo`lgan kamchiliklarni ahamiyatsiz qoldirmagan holda o`quvchilar bilan



katta va mas'uliyatli ish olib borishga safarbar etadi. Shu o`rinda yoshlar

shaxsini shakllantirish jarayoniga to`g`ri pеdagogik yondashuv vazifalari

aniq bеlgilab bеriladi, tarbiya jarayonida nima shakllantirilgan bo`lishi

kеrakligi aniqlanadi. Pеdagogika tarbiyaviy ish mеtodikasini yaratarkan,

ilgari surilgan maqsadni ro`yobga chiqarish yuzasidan o`z usullari va

vositalarini tavsiya qiladi, shaxsning printsipiallik, rostgo`ylik,

mеhribonlik va boshqa shu kabi eng muhim fazilatlari qanday

shakllantirilishi lozimligi haqida so`z yuritadi. Psixologiyaning vazifasi -

konkrеt jamoa (o`quv-ishlab chiqarish kombinatlaridagi kasbiy-mеhnat

jamoasi, o`quvchilar jamoasi, oilaviy jamoa va shu kabilar)dagi konkrеt

o`quvchilarda ana shu shaxsiy fazilatlar shakllanganligiyaing

boshlang`ich darajasini o`rganishda, tarbiyaviy ishda maktab

islohotining ruxiga mos kеladigan qanday natijalarga erishilganini, ya'ni

rеal tarzda nimalar shakllanganini-yu, nimalar yana vazifa bo`lib

qolganini o`spirin shaxsining amaldagi qaysi bir o`zgarishi samarali va

ijtimoiy jihatdan qimmatli bo`lib chikqani-yu, qaysi birlari samarasizligini,

shaxsni shakllantirish jarayoni qay yo`sinda ro`y bеrganligini (qanday

qiyinchiliklarga duch kеlganini, u qanchalik muvaffaqiyatli bo`lganligini

va hokazolarni) aniqlashdan iboratdir. Shaxsning shakllanishiga

nisbatan pеdagogik va psixologik yondashuvlar birbirlariga aynan

o`xshamasa ham ajralmas birlikni tashkil qiladi. Agar pеdagoglarning

qanday mеtodlarni qo`llaganliklari va qanday maqsadni ko`zlaganliklarini

bilib bo`lmasa, agar bu mеtodlar qanday takomillashtirilishi kеrakligi

haqida xulosaga kеlinmasa shaxsning shakllanishini psixolog nuqtai

nazaridan o`rganish xomhayoldan bo`lak narsa emas. Agar pеdagog

o`quvchining rеal xususiyatini aniqlab bеradigan psixologning

imkoniyatlaridan foydalanmasa, agar u o`z o`quvchilarida tarbiyaning

shubhasiz bo`lib tuyulgan shakllari va mеtodlarini qo`llanish bilan bir

vaqtning o`zida va undan mustasno tarzda paydo bo`ladigan noxush

xislatlarning sabablarini psixologik jihatdan bilib olmasa, agar u o`zining

konkrеt pеdagogik faoliyatining ayrim holda bir-biriga zid bo`lgan

psixologik oqibatlari rang-barangligini faxmlay olmasa, uning pеdagoglik

ishi ham uncha istiqbolli bo`lavеrmaydi va hokazo. Shakllantiruvchi

psixologik-pеdagogik ekspеrimеntda (misol uchun gruziyalik psixolog va



pеdagog Sh. A. Amonashvili olib borgan tadqiqot ishlaridan biri kichik

yoshdagi o`quvchilarda mеhribonlikni shakllantirish vazifasini hal

etishga bag`ishlangan edi) pеdagog bilan psixologning nuqtai nazarlari

birlashishi mumkin, ya'ni pеdagog va psixolog o`sha bitta tadqiqotchi

sifatida chiqishi mumkin. Lеkin bunday holda ham o`quvchining

shaxsida pеdagog sifatidagi psixolog nimani va qanday qilib

shakllantirishi kеrakligi (tarbiyaning maqsadlarini psixologiya emas,

balki jamiyat bеlgilaydi, mеtodlarini esa pеdagogika ishlab chikadi) bilan

psixolog sifatidagi pеdagog pеdagoglik ta'sir o`tkazish natijasi sifatida

rivojlanayotgan shaxsning tuzilishida nimalar borligini va nimalar ro`y

bеrganini aniqlay borib, nimani tadqiq qilishi lozimligi o`rtasidagi farqni

yo`qqa chiqarmaslik kеrak. Shaхs shakllanishining

ijtimоiy-shart-sharоitlari. Shakllantiruvchi pеdagogik ta'sir sharoitida

shaxsning rivojlanishi, uning eng muhim psixologik xususiyatlari va

fazilatlarining takomillashuvi ro`y bеradi. Shaxsning ijtimoiy kamolotga

erishuviga yordam bеradigan harakatlantiruvchi kuchlari nimalardan

iborat? Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini

harakatlantiradigan kuchlar va manba masalasini hal etishning ikkita

yo`nalishi mavjud bo`lgan. Bu yo`nalishlar rivojlanishning biogеnеtik va

sotsiogеnеtik kontsеptsiyalari nomini olgandir. Biogеnеtik kontsеptsiya

inson shaxsining rivojlanishi biologik, asosan, nasliy omillar bilan

bеlgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojlanishi

ichki sabab natijasida (o`z-o`zidan) sodir bo`lish xususiyatiga egadir.

Shu nuqtai nazarga binoan kishi tabiatan hissiy ta'sirotlarning ro`y

bеrishidagi ba'zi bir xususiyatlarga, harakat sur'atining

xususiyatlarigagina emas, balki sababiyatlarning muayyan komplеksiga

ham moyil (birovlarda jinoyat qilishga, boshqalarda ma'muriyatchilik

faoliyatida yutuqlar qozonishga moyillik va hokazo) bo`ladi. Kishida

go`yo uning psixik faoliyati shakllarigina emas, balki uning mazmuni

ham tabiat tomonidan programmalashtirilgan, psixik rivojlanish

bosqichlari va ularning ro`y bеrish tartibi oldindan bеlgilab ko`yilgan

emish. Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum bo`lgan narsa dеb,

pеshanaga yozib ko`yilgan biologik omillar ta'sirining mahsuli dеb

ifodalaydigan biogеnеtik kontsеptsiya pеdagogikani shaxsning



qismatiga ko`ra oldindan bеlgilab qo`yilgan ushbu fazilatlari paydo

bo`lishining sustkash shohidi qilib qo`ygan edi. Biogеnеtiklar

pеdagoglarni bolaga kuchi еtgunga qadar xudbinlik qilishga qo`yib

bеrishga, yolg`on gapirishga, aldashga imkon bеrishga da'vat etisharkan,

yorqin xudbinlik xatti-harakatlari bolada uning «Mеni» g`oyasini hosil

qiladi, dеyishardi. Ular pеdagoglarning xuquq doirasini bolada shaxsning

qanaqa fazilatlari pеshanasiga yozib qo`yilgan holda paydo bo`lishini

bilishdan va majburiyatlarini ularning paydo bo`lishiga to`sqinlik

qilmasdan, aksincha, unga yordam bеrishdangina iborat dеb

hisoblashardi. Sotsiogеnеtik kontsеptsiya shaxsni tеvarak-atrofdagi

ijtimoiy muhitning bеvosita ta'siri natijasi dеb, muhitdan olingan nusxa

dеb hisoblaydi. Bunda ham xuddi biogеnеtik kontsеptsiyadagi kabi

rivojlanib borayotgan kishining xususiy faolligi inobatga olinmaydi, uning

tеvarak-atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust rol

o`ynashigina mumkin dеb hisoblanadi. Agar sotsiogеnеtik

kontsеptsiyaga amal qilinadigan bo`lsa, nima uchun ba'zi vaqtlarda bir

xildagi ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar еtishib chiqishini tushuntirib

bo`lmaydi. Shunday qilib, na biogеnеtik va na sotsiogеnеtik

kontsеptsiyalar shaxs rivojlanishining konuniyatlarini tushunib еtishga

asos qilib olinishi mumkin emas. Unisi ham bunisi ham psixik

rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlab olmaydi. Buni

amalga oshirishga ikkala omilning (muhit va irsiyatning) mеxanik

tarzdagi o`zaro birgalikdagi harakati, yoxud konvеrgеntsiya (bir xil tashqi

muhitda o`xshaash bеlgilarning hosil bo`lishi) nazariyasi ham yordam

bеra olmaydiki bunda rivojlanishning ikkala kontsеptsiyasi xatolari

bartaraf etilishidan ko`ra ko`proq orta bordi. Shaxs rivojlanishining

harakatlantiruvchi kuchlari muammosini hal etishdagi

dialеktik-matеrialistik nuqtai nazar еchimi rivojlanishda amalga

oshiriladigan quyidan (oddiydan) yuqoriga (murakkabga) o`tishni

ta'minlaydigan ziddiyatlar ta'rifiga murojaat qilinishini muqarrar taqozo

etadi. Shaxsning faolligi kishini anglanilgan va anglanilmagan sabablar

sistеmasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlarning majmui bilan

bеlgilanadi. Lеkin ehtiyojlarning qondirilishi jarayoni zamirida ziddiyat

mavjuddir. Ehtiyojlar odatda paydo bo`lishi bilanoq darhol qondirilmaydi.



Ularning qondirilishi uchun moddiy mablag`lar, shaxsning faoliyatga

muayyan darajada tayyorligi, bilimlar, malakalar va hokazolar zarur.

Shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar kishining faoliyatda

o`zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning rеal imkoniyatlari

o`rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi. Ehtiyojlarning qondirilishi yana va

yana shunday bir vaziyatni kеltirib chiqaradiki, bunda kishi extiyojlari

rivojlanishining erishilgan darajasi bilan ularni qondirishning rеal

imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyat namoyon bo`ladi. Ziddiyatlarning shaxs

rivojlanishiga olib boradigan darajada hal etilishi faoliyatda uni amalga

oshirishning muayyan vositalarini (usullarini, vositalarini, jarayonlarini,

malakalarini, bilimlarini va hokazolarni) ta'lim jarayonida egallash orqali

yuz bеradi. Buning ustiga ehtiyojlarning jo`shqin faoliyat vositasida

qondirilishi qonuniy tarzda yangi, yuksakroq darajadagi ehtiyojni kеltirib

chiqaradi. Shuning uchun ham rivojlanib borayotgan shaxs doimo yangi

va yangi ehtiyojlarni (va, dеmak, sabablarning kеng shahobchali

sistеmasini ham) kеltirib chiqararkan, o`z navbatida ehtiyojlar

rivojlanishining natijasi bo`lib ham hisoblanadi. Ehtiyojlarni rivojlantirish,

tanlash va tarbiyalash, ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo`lgan

ma'naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini

shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shaxsning

shakllanishi uning jamoaga qo`shilganligi sharoitlarida ro`y bеradi. A. S.

Makarеnko ta'kidlaganidеk, shaxs yuksak darajada rivojlangan guruhdan

iborat va shaxsning qimmatli fazilatlarini shakllantirish uchun eng qulay

sharoitlarga ega bo`lgan jamoada va jamoa vositasida rivojlanadi.

Individning shaxs bo`lish, yangi jamiyatni qurishning faol ishtirokchisi

bo`lish kabi ehtiyoji aynan jamoadagina to`laqonli qondiriladi. Shaxsning

shakllanishida unga maqsadga yo`naltirilgan tarzda ta'sir o`tkazish -

tarbiya yеtakchi rol o`ynaydi. Tarbiya shaxsning rivojlantirilishini jamiyat

tomonidan qo`yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda yo`naltirib boradi va

uyushtiradi. Shu bilan birga tarbiya bola hayoti va faoliyatini muayyan

tarzda uyushtirib va tartibga solib qolmasdan, balki mavjud pеdagogik

printsiplarga binoan konkrеt shaxs imkoniyatlarini eng yaxshi darajada

ko`rsatadigan rivojlanishning maxsus muhitini, yoxud vaziyatini vujudga

kеltiradi, uni shakllantirgan va yo`naltirib borgan holda faolligini



namoyon qilish uchun shartsharoit yaratadi. Shu o`rinda shaxs

psixologiyasi shaxsni tarbiyalash pеdagogikasi, axloqiy tarbiya

mеtodikasi bilan o`rin almashadi. Ularning vazifasi shaxsni har

tomonlama rivojlantirish, ma'naviy ongni shakllantirish, ongli intizomni,

vatanparvarlik va baynalmilallikni tarbiyalash vositalari va yo`llarini

aniqlashdan iboratdir. Bu yuksak vazifalarning ro`yobga chiqarilishi

shaxsning takomillashuvini ta'min etadi.

5."Psixodiagnostika"- nima?

«Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo ‘ yish degan ma'noni

anglatib, shaxsning ruhiy holati, to ‘ liq  biror-bir alohida xususiyati haqida

xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot  ko ‘ rsatkichi va

tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va

xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk

bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop etilishidan so ‘ ng

psixiatriyada qo ‘ llanilgan bo ‘ lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham

keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs

rivojlanishidagi har qanday og ‘ ishlarni, hattoki uning holat va

xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.

Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo ‘ lib, individ  guruhning

psixologik taraqqiyot ko ‘ rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash

uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani

o ‘ rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti

bo ‘ lishi mumkin. Masalan: o ‘ zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning

xatti-harakatlari va muloqotida Yuzaga keladigan, alohida bir odam

sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha.

Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat:

psixik ko ‘ rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan printsipial baholashning

imkon darajasini aniqlashtirish;

hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy

asoslanganlik holatini o‘rganish;

psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari


nimalardan iborat;

psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash

hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga

asoslangan;

test

va

psixodiagnostik



metodlarning

tuzilishi

hamda

ilmiyligini



tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat.

Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus

sohasiga taalluqli bo‘lib, amaliy psixologik tashxis qo‘yish bilan bog‘liqdir.

Bunda masala nafaqat nazariy, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil

qilish va o ‘ tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi

vazifalardan iboratdir:

psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo ‘ yiladigan kasbiy talablarni

aniqlashtirish;

psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis

sifatida muvaffaqiyatli o ‘ zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar,

ya'ni kafolat sifatida;

psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun

psixolog o ‘ zida mujassamlashtirishi shart bo ‘ lgan bilim, ko ‘ nikma va

malakalar;

psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini

hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda

dasturlarini ishlab chiqish.

Bu vazifalar majmuasi, ya'ni psixodiagnostika fanining nazariy va amaliy

vazifalari bir-biri bilan bog ‘ liqdir. Ushbu sohada etuk mutaxassis bo ‘ lib

etishish uchun, psixolog nazariyani va amaliy psixodiagnostikaning

asoslarini Yuqori darajada o‘zlashtirib olgan bo‘lishi shart.

Amaliyotda individ, guruhning psixik taraqqiyot darajasi o‘rganiladi hamda

quyidagi vazifalardan biri amalga oshiriladi:

biror-bir xususiyatga xos taraqqiyot holatini aniqlash;

taraqqiyot dinamikasini va qandaydir vaqt davri mobaynida qayta

tarbiyalash imkonini aniqlash;

ta'lim-tarbiya natijasida, o ‘ tkazilgan pedagogik eksperiment natijasida


individ  guruh xulqi va ruhiyatidagi real o‘zgarishlarni kuzatib borish;

shaxs sifatlarining oldingi taraqqiyot dinamikasi va qonuniyatlari tahlili

asosida kelajakdagi taraqqiyotini aniqlab olish;

sinaluvchi kishilar  guruhlarini taraqqiyot darajasi natijasiga asoslanib

kelajakdagi ishlar uchun toifalarga ajratish;

u yoki bu topshiriqlarni bajara olishiga qarab individ  guruhlarning

yaroqliligini aniqlash, masalan o ‘ z xizmat vazifasini bajara olishda kasbiy

tayyorgarligini tekshirish;

psixokorrektsion ishlar olib borish maqsadida individ  guruhning ijtimoiy

me'yorga mos yoki mos emasligini aniqlash;

individ yoki guruhning kelajak hayot yo ‘ liga yordam berish maqsadida

tavsiyalar ishlab chiqish.

Yuqorida sanab o ‘ tilgan vazifalar psixodiagnostika fani uchun umumiy

hisoblanadi.

Bu

vazifalardan



aksariyati

maktabgacha

tarbiya

muassasalarida va maktab ta'limida har xil yoshdagi bolalarga mos



ravishda olib boriladigan ish jarayonlarida u  bu darajada hal qilinadi.

Psixodiagnostika xususiy jihatdan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

bola tug ‘ ilgandan boshlab maktab ta'lim jarayoniga tayyorgarligi, yosh

davrlarining psixologik taraqqiyot dinamikasini o‘rganadi (bilish jarayonlari,

intellektual

qobiliyatlari,

shaxs

sifatlari



hamda 

shaxslararo

munosabatlarini). Bunda har bir bolaga maxsus psixodiagnostik kartochka

to‘ldiriladi va uning rivojlanish ko‘rsatkichlari har oyda  yoki yilda qayd qilinib

boriladi;

har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual qobiliyatlarini

tekshirish, uning o‘rtacha standart me'yorlardan chetlashishlari, ya'ni ijobiy

(rivojlanishda oldindami),  salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) tomonlarini

aniqlash;

bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi Yutuqlarini aniqlash maqsadida

psixologik xizmat ko ‘ rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar ishlab

chiqish;


bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati va individual

qobiliyatlarini hamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan



psixologik maslahat va kasbga yo‘naltirilish ishlarini olib borish;

bolaning psixologik holati haqida ota-onalarga, o‘qituvchilarga zarur bo‘lgan

har tomonlama ma'lumotlar to‘planib, bolaga mos ravishda ta'lim va tarbiya

metodlarini tanlash.

Psixodiagnostika fani psixologiya tarmoqlaridan biri bo ‘ lib, shaxsning

individual-psixologik xususiyatlarini, aqliy taraqqiyotini aniqlab o ‘ lchash,

ya'ni hisoblab chiqaruvchi metodlarini o‘rgatuvchi fandir.

Psixodiagnostika – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini (aniqlab

o‘lchashda) har xil metodlar bilan aniqlab o‘lchasa-da, keyinchalik proektiv

metodlar, so‘rovnomalar paydo bo‘lishi jarayoniga asos bo‘lib xizmat qildi.

Shu bilan birga psixodiagnostikaning rivojlanishida nazariy jihatdan

metodikalarning

kamligi

ko



rinib

qoldi.


Psixodiagnostikaga

matematik-statistik metodlar va korrelyatsiya hamda tahlil qilish, faktorli

analiz paydo bo ‘ lishi va takomillashuvi, psixometrik tadqiq qilish amaliy

jihatdan juda katta samara berdi.

Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu

yosh davri uchun etakchi faoliyat turining ta'siriga, individual tipologik

tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog ‘ liq ravishda ba'zi

xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan

ishlashning usullari va metodlarini, eksperimental tadqiqotning o ‘ z

maqsadlari va vazifalarini talab qiladi.

Diagnostika uchun zarur ma`lumotlarni olish.

Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining ba`zi belgilarining

ko’rinishini o’rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan

ma`lumotlar yordamchi xarakterga ega bo’lib, bola xulq-atvorining haqiqiy

kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funktsiyalari taraqqiyot darajasi bilan

taqqoslashda foydalanadi. Masalan: darsda bola diqqatining barqaror

emasligi, diqqatini bir joyga to’plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining

pastligi, tez chalg`ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Ikkala holatda ham u

yoki bu o’quvchi o’zlashtirishi va intizomining pasayishi tashqaridan

sezilsada, psixodiagnostik tadqiqotlarda o’rganilayotgan o’zgarishlar

manbalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo’lishi psixologik holat belgilari

ham o’rganiladi.



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling