Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Saitmurodov Humoyun Pedagogika-Psixologiya topshiriq 2
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA 2-TOPSHIRIQ Topshirdi: Saitmurodov.H Guruh:
315-18
Toshkent 2020 1. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi. 2. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. 3. Qiziqarli psixologik testlar va ularni qo`llash texnologiyasi 4. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish. 5. "Psixodiagnostika"- nima? 1.Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi Odamlarning o’quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o’ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. CHunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o’sha insonning o’zi ham qilgan har bir harakatidan o’zi uchun naf ko’radi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko’nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog’liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo’lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo’lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko’proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog’lab o’rganiladi. Har bir normal odam o’zining aqlli bo’lishini xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Aqlsiz, nodon» degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq halqlarida biror kimsaga nisbatan «o’ta aqlli» yoki «o’ta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o’rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining o’g’li anchagina aqlli bo’libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo’lib, ota-onasini ko’ydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik» kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini
bildiradi. Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog’liq sifatlar juda ko’plab tadqiqotlar ob’ekti bo’lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo’lgan ko’rsatgichni o’lchashga uringanlar. Ko’pchilik olimlar odam intellektida uning verbal (ya’ni so’zlarda ifodalanadigan), mikdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko’rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va hayol jarayonlari bilan bog’liq jihatlarni ham qo’shganlar. Ch. Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatgichlar o’rtasida bog’liqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham murakkab tuzilmaga ega bo’lgan psixik xususiyat ekanligini ko’rsatdi. Boshqa bir olim Dj. Gilford esa aqlni bir qator aqliy operastiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, mavxumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikastiya qilish) natijasida namoyon bo’ladigan xususiyat sifatida o’rganishni taklif etgan. Bu olimlar aql so’zidan ko’ra intellekt so’zini ko’proq ishlatib, bu so’zning o’ziga xos talqini borligiga e’tiborni qaratganlar. CHunki ularning fikricha, intellektual potenstialga ega bo’lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potenstial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan - shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borliqni va bo’ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu o’rinda «intellekt» so’zining lug’aviy ma’nosini tushunib olaylik. Intellekt - lotincha so'z - intellectus - tushunish, bilish va intellectum - aql so’zlari negizidan paydo bo’lgan tushuncha bo’lib, u aql-idrokning shunday bo’lagiki, uni o’lchab, o’zgartirib, rivojlantirib bo’ladi. Bu - intellekt va u bilan bog’liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko’rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham ko’rib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari - kelajagini XX1 asr bilan bog’lagan o’g’ilqizlarning intellekt darajasi ularning ota - bobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez o’zlashtirib olmoqda, jaxon tillaridan bir nechtasi bilish ko’pchilik uchun muammo bo’lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o’zlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o’sishiga ta’sirini hamma bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma’rifiy muhitda tarbiyalansa, uning dunyoqarashi keng, xoxlagan soha predmetlaridan beriladigan
materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz o’zlashtira oladi. Hattoki, bunday bolaga oliy o’quv yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o’ta tushunarli, ular yanada murakkabroq masalalarni echishni xohlaydi. 2. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari SHaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug’ma, biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. CHunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo’lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug’ma sifatlarni o’zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning dinamik – o’zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o’zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo’ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o’ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emostional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reakstiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan karaganda temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o ‘zgaruvchan) va emostional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularning namoyon bo’lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o’zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o’zini turlicha tutadi: oliy o’quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi to’g’risidagi axborotni eshitgan bolaning o’zini tutishi, yoki hayotning ogir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do’stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reakstiyalari uning temperamentidan kelib chiqadi. SHuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og’ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o’zini yo’qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan kechiradi. Shuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda o’ziga xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O’zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan ko’taradigan insonning odamlar orasidagi obro’si ham baland bo’ladi. Bu uning o’z-o’ziga nisbatan hurmatini ham oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. Ya’ni, temprament odamning ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan «sezgirligini» tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi. Temperamental xususiyatlar aslida tug’ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo’lgani uchun ham ma’lum ma’noda o’zgarib boradi. Shuning uchun ham tug’ilgan chog’ida sangvinikka o’xshash harakatlar namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo’lmaydi. Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan edi: k u ch, ya’ni nerv tizimining kuchli ko’zgatuvchilar ta’siriga bardoshi, shunga ko’ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning namoyon bo’lishi: m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya’ni asabdagi tormozlanish va ko’zgalish jarayonlarining o’zaro mutonosibligi, shunga ko’ra, o’zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo'lishi: x a r a k a t ch a n l i k , ya’ni ko’zgalish va tormozlanish jarayonlaridagi o’zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma’nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan : Shund ay qilib, asab tizimi bilan bog’liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o’qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog’liq bo’lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o’zgarmas deb aytolmaymiz, chunki tabiatda o’zgarmaydigan narsaning o’zi yo’q. SHuning uchun ham oxirgi yillarda o’tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma’kul, «hayotiy ko’rsatgichli» xususiyatlar tizimini o’rganilmoqda va unda temperamentga aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V.S. Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo’lishini boshqarish masalasida ko’p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda mavjud bo’lgan faollik, bosiklik, emostional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo’lishi va o’zgaruvchanligi, qayfiyatning turgunligi, behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo’lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o’sha ekstroversiya va introversiya xossalari yotadi va ularni ham o’zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin. Shulardan kelib chiqqan xolda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni ustirishda ayni shularga e’tibor berish kerak. Masalan, ba’zilar xoleriklarga o’xshash qiziqkon, tezkor bo’lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini kuzatadigan bo’lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo’lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba’zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini uylantiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo’lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. har bir tipning o’ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham bo'ladi. 3.Qiziqarli psixologik testlar va ularni qo`llash texnologiyasi Psixologik test. Inson ruhiy holatini surat orqali tekshirish usuli:
Inson kundalik hayoti mobaynida nimalar tanlagani orqali u haqda juda ko’p narsa bilib olish mumkin. Insonning fe’l atvori haqida hatto u ichadigan qahva orqali ham ma’lumotga ega bo'la olasiz. Pisixologik testlar esa ko’proq ma’lumot olishning yaxshi usulidir. Ulardan birini sizning e’tiboringizga havola etamiz. Quyidagi suratda keltirilgan shakllardan birini tanlang. Ayni damda qaror qabul qilishga qiynalayotgan insonlar ushbu shaklni tanlashadi. Bu barcha xavflarni hisoblash qobiliyatiga ega bo'lgan juda rivojlangan shaxslar toifasidir. Shu bois ham ular har bir variantning xavfini tushunadilar, u qanchalik jiddiyligini va ulardan nima olib ketishi mumkinligini yaxshi biladilar.
Spiral, o'zlari bilan kelishishi qiyin bo'lgan odamlar tomonidan tanlanadi. Ehtimol o'tmishdagi biron bir narsa ularni o'zlarini "noto'g'ri odam" deb o'ylashlariga undashi mumkin. Shunga qaramay, ular juda kuchli shaxslar, ular o'zlarining baxtlari uchun qanday kurashishni va ularning qadr-qimmatini bilishadi.
Panjara hozirgi paytda qiyin kunlarni boshdan kechirayotgan odamlar tomonidan tanlanadi. Uyqusizlik va tungi bezovtalik ularni qiynayotgan bo’lishi ehtimoli ham mavjud. Bundan tashqari panjara muammoga yechim qidirib, biroq uni imkonidan chiqa olmayotgan shaxslarning ham tanlovi bo'lishi mumkin.
Ushbu shaklni har narsaga ijodiy yondashuvchi insonlar tanlashadi. Ular aslida noyob shaxsdirlar. Ko'pincha o’zlarida o'zgacha biron bir narsani payqamaydilar. Bekor qiladilar ham. Ular o’z iqtidorlarini payqashlari va uni shakllantirishlari lozim. Ushbu rasmni tanlash hozirgi paytda chuqur inqirozni boshdan kechirayotganingizni anglatadi. Yaqinda yuz bergan baxtsizliklar sizni yolg'iz va horgin his qilishingizga sababchi bo’lgan. Umidsizlikka tushmaslik uchun siz muloqotda bo’lishingiz kerak. Sizni tushunadigan yoki hech bo'lmaganda sizni tinglaydigan odamni topib u bilan suhbat quring.
Ushbu shaklni butun hayoti mayda bo’laklarga parchalanib ketganday his qiladigan odamlar tanlaydi. Siz birdaniga barcha narsaga qo’lurishga urinyabsiz: ish, oila, do’stlar va munosabatlar… Chuqur nafas oling va ketishi kerak bo’lgan narsaning ketishiga yo’l qo’yib bering. Hayotingizda eng yaxshi va kerakli tanlovni tanlashga harakat qiling.
4.Shaхs taraqqiyotini davrlarga bo`lish. Shaхs taraqqiyotini davlarga bo`lish bo`yicha L.S.Elkоnin, Vigоtskiy,J.Piajе va shu kabi ko`plab оlimlar ish оlib bоrganlar . Odam individ bo`lib tug`iladi, shaxs bo`lib rivojlanadi taraqqiy etadi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy - emotsional jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongligi muhim hisoblanadi. Ya.Gudechek - Shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida rivojlanishi masalasiga katta e‟tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs tomonidan o`zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, yo`nalishi bilan bog`liq. Umumiy holda shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo`ladi. K.K.Platonov tomonidan tavsiya etilgan quyidagi: “Shaxsning yo`nalishini asosiy ko`rinishi” rasmini kuzatamiz. Shaхsning shakllanishi. «Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma'noda qo`llaniladi. Birinchisi - shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish tushunchasi jarayoni va uning natijasi ekanligidir. Shu ma'nodagi shaxsni shakllantirish tushunchasi psixologik tadqiqot mavzusi hisoblanadi. Uning vazifasi biror maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta'sirlar o`tkazish sharoitida rivojlanayotgan shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud bo`lgan, tajriba yo`li bilan aniqlanadigan, namoyon bo`ladigan) va nimalar bo`lishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Bu shaxsning shakllanishiga nisbatan xususan psixologik yondashuv hisoblanadi. Ikkinchi ma'nosi - shaxsni maqsadga yo`naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatidagi shakllantirish (agar shunday dеb aytish mumkin bo`lsa, «qolipga solish», «yasash», «tuzash»; A. S. Makarеnko bu jarayonni «shaxsni loyihalash» dеb juda topib atagan edi) dan iborat. Xususan bu shaxsni shakllantirish vazifalari va usullarini ajratib olishga pеdagogik yondashuvdir. Pеdagogik yondashuv shaxsning jamiyat unga qo`yayotgan ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan talablarga javob bеradigan bo`lishi uchun unda nimalar va qanday qilib shakllantirilishi kеrakligini aniqlash zarur dеb hisoblaydi. Shaxsni shakllantirishga psixologik va pеdagogik yondashuvning aralashtirib yuborilishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Aks xolda orzu qilingan narsa haqiqatda ro`y bеrgan narsa qilib ko`rsatilishi mumkin. «Umumiy ta'lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari»da uqdirilganidеk, «ilk bolalik yillaridanoq kollеktivizm, o`ziga va boshqalarga talabchanlik, sofdillik va rostgo`ylik, mеhribonlik va printsipiallik, matonatlilik va jasoratlilik ruhida tarbiyalashda juda muhimdir». Islohot hujjatlari o`kituvchilarning diqqat-e'tiborini hozirdayoq barcha o`quvchilarda rivojlangan tarzda mavjud bo`lgan narsalarga emas, balki ularda shakllantirilishi lozim bo`lgan narsalarga qaratadi, maktab xodimlarini bartaraf etilishi kеrak bo`lgan kamchiliklarni ahamiyatsiz qoldirmagan holda o`quvchilar bilan katta va mas'uliyatli ish olib borishga safarbar etadi. Shu o`rinda yoshlar shaxsini shakllantirish jarayoniga to`g`ri pеdagogik yondashuv vazifalari aniq bеlgilab bеriladi, tarbiya jarayonida nima shakllantirilgan bo`lishi kеrakligi aniqlanadi. Pеdagogika tarbiyaviy ish mеtodikasini yaratarkan, ilgari surilgan maqsadni ro`yobga chiqarish yuzasidan o`z usullari va vositalarini tavsiya qiladi, shaxsning printsipiallik, rostgo`ylik, mеhribonlik va boshqa shu kabi eng muhim fazilatlari qanday shakllantirilishi lozimligi haqida so`z yuritadi. Psixologiyaning vazifasi - konkrеt jamoa (o`quv-ishlab chiqarish kombinatlaridagi kasbiy-mеhnat jamoasi, o`quvchilar jamoasi, oilaviy jamoa va shu kabilar)dagi konkrеt o`quvchilarda ana shu shaxsiy fazilatlar shakllanganligiyaing boshlang`ich darajasini o`rganishda, tarbiyaviy ishda maktab islohotining ruxiga mos kеladigan qanday natijalarga erishilganini, ya'ni rеal tarzda nimalar shakllanganini-yu, nimalar yana vazifa bo`lib qolganini o`spirin shaxsining amaldagi qaysi bir o`zgarishi samarali va ijtimoiy jihatdan qimmatli bo`lib chikqani-yu, qaysi birlari samarasizligini, shaxsni shakllantirish jarayoni qay yo`sinda ro`y bеrganligini (qanday qiyinchiliklarga duch kеlganini, u qanchalik muvaffaqiyatli bo`lganligini va hokazolarni) aniqlashdan iboratdir. Shaxsning shakllanishiga nisbatan pеdagogik va psixologik yondashuvlar birbirlariga aynan o`xshamasa ham ajralmas birlikni tashkil qiladi. Agar pеdagoglarning qanday mеtodlarni qo`llaganliklari va qanday maqsadni ko`zlaganliklarini bilib bo`lmasa, agar bu mеtodlar qanday takomillashtirilishi kеrakligi haqida xulosaga kеlinmasa shaxsning shakllanishini psixolog nuqtai nazaridan o`rganish xomhayoldan bo`lak narsa emas. Agar pеdagog o`quvchining rеal xususiyatini aniqlab bеradigan psixologning imkoniyatlaridan foydalanmasa, agar u o`z o`quvchilarida tarbiyaning shubhasiz bo`lib tuyulgan shakllari va mеtodlarini qo`llanish bilan bir vaqtning o`zida va undan mustasno tarzda paydo bo`ladigan noxush xislatlarning sabablarini psixologik jihatdan bilib olmasa, agar u o`zining konkrеt pеdagogik faoliyatining ayrim holda bir-biriga zid bo`lgan psixologik oqibatlari rang-barangligini faxmlay olmasa, uning pеdagoglik ishi ham uncha istiqbolli bo`lavеrmaydi va hokazo. Shakllantiruvchi psixologik-pеdagogik ekspеrimеntda (misol uchun gruziyalik psixolog va pеdagog Sh. A. Amonashvili olib borgan tadqiqot ishlaridan biri kichik yoshdagi o`quvchilarda mеhribonlikni shakllantirish vazifasini hal etishga bag`ishlangan edi) pеdagog bilan psixologning nuqtai nazarlari birlashishi mumkin, ya'ni pеdagog va psixolog o`sha bitta tadqiqotchi sifatida chiqishi mumkin. Lеkin bunday holda ham o`quvchining shaxsida pеdagog sifatidagi psixolog nimani va qanday qilib shakllantirishi kеrakligi (tarbiyaning maqsadlarini psixologiya emas, balki jamiyat bеlgilaydi, mеtodlarini esa pеdagogika ishlab chikadi) bilan psixolog sifatidagi pеdagog pеdagoglik ta'sir o`tkazish natijasi sifatida rivojlanayotgan shaxsning tuzilishida nimalar borligini va nimalar ro`y bеrganini aniqlay borib, nimani tadqiq qilishi lozimligi o`rtasidagi farqni yo`qqa chiqarmaslik kеrak. Shaхs shakllanishining ijtimоiy-shart-sharоitlari. Shakllantiruvchi pеdagogik ta'sir sharoitida shaxsning rivojlanishi, uning eng muhim psixologik xususiyatlari va fazilatlarining takomillashuvi ro`y bеradi. Shaxsning ijtimoiy kamolotga erishuviga yordam bеradigan harakatlantiruvchi kuchlari nimalardan iborat? Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manba masalasini hal etishning ikkita yo`nalishi mavjud bo`lgan. Bu yo`nalishlar rivojlanishning biogеnеtik va sotsiogеnеtik kontsеptsiyalari nomini olgandir. Biogеnеtik kontsеptsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik, asosan, nasliy omillar bilan bеlgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojlanishi ichki sabab natijasida (o`z-o`zidan) sodir bo`lish xususiyatiga egadir. Shu nuqtai nazarga binoan kishi tabiatan hissiy ta'sirotlarning ro`y bеrishidagi ba'zi bir xususiyatlarga, harakat sur'atining xususiyatlarigagina emas, balki sababiyatlarning muayyan komplеksiga ham moyil (birovlarda jinoyat qilishga, boshqalarda ma'muriyatchilik faoliyatida yutuqlar qozonishga moyillik va hokazo) bo`ladi. Kishida go`yo uning psixik faoliyati shakllarigina emas, balki uning mazmuni ham tabiat tomonidan programmalashtirilgan, psixik rivojlanish bosqichlari va ularning ro`y bеrish tartibi oldindan bеlgilab ko`yilgan emish. Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum bo`lgan narsa dеb, pеshanaga yozib ko`yilgan biologik omillar ta'sirining mahsuli dеb ifodalaydigan biogеnеtik kontsеptsiya pеdagogikani shaxsning qismatiga ko`ra oldindan bеlgilab qo`yilgan ushbu fazilatlari paydo bo`lishining sustkash shohidi qilib qo`ygan edi. Biogеnеtiklar pеdagoglarni bolaga kuchi еtgunga qadar xudbinlik qilishga qo`yib bеrishga, yolg`on gapirishga, aldashga imkon bеrishga da'vat etisharkan, yorqin xudbinlik xatti-harakatlari bolada uning «Mеni» g`oyasini hosil qiladi, dеyishardi. Ular pеdagoglarning xuquq doirasini bolada shaxsning qanaqa fazilatlari pеshanasiga yozib qo`yilgan holda paydo bo`lishini bilishdan va majburiyatlarini ularning paydo bo`lishiga to`sqinlik qilmasdan, aksincha, unga yordam bеrishdangina iborat dеb hisoblashardi. Sotsiogеnеtik kontsеptsiya shaxsni tеvarak-atrofdagi ijtimoiy muhitning bеvosita ta'siri natijasi dеb, muhitdan olingan nusxa dеb hisoblaydi. Bunda ham xuddi biogеnеtik kontsеptsiyadagi kabi rivojlanib borayotgan kishining xususiy faolligi inobatga olinmaydi, uning tеvarak-atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust rol o`ynashigina mumkin dеb hisoblanadi. Agar sotsiogеnеtik kontsеptsiyaga amal qilinadigan bo`lsa, nima uchun ba'zi vaqtlarda bir xildagi ijtimoiy muhitlarda har xil odamlar еtishib chiqishini tushuntirib bo`lmaydi. Shunday qilib, na biogеnеtik va na sotsiogеnеtik kontsеptsiyalar shaxs rivojlanishining konuniyatlarini tushunib еtishga asos qilib olinishi mumkin emas. Unisi ham bunisi ham psixik rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlab olmaydi. Buni amalga oshirishga ikkala omilning (muhit va irsiyatning) mеxanik tarzdagi o`zaro birgalikdagi harakati, yoxud konvеrgеntsiya (bir xil tashqi muhitda o`xshaash bеlgilarning hosil bo`lishi) nazariyasi ham yordam bеra olmaydiki bunda rivojlanishning ikkala kontsеptsiyasi xatolari bartaraf etilishidan ko`ra ko`proq orta bordi. Shaxs rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari muammosini hal etishdagi dialеktik-matеrialistik nuqtai nazar еchimi rivojlanishda amalga oshiriladigan quyidan (oddiydan) yuqoriga (murakkabga) o`tishni ta'minlaydigan ziddiyatlar ta'rifiga murojaat qilinishini muqarrar taqozo etadi. Shaxsning faolligi kishini anglanilgan va anglanilmagan sabablar sistеmasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlarning majmui bilan bеlgilanadi. Lеkin ehtiyojlarning qondirilishi jarayoni zamirida ziddiyat mavjuddir. Ehtiyojlar odatda paydo bo`lishi bilanoq darhol qondirilmaydi. Ularning qondirilishi uchun moddiy mablag`lar, shaxsning faoliyatga muayyan darajada tayyorligi, bilimlar, malakalar va hokazolar zarur. Shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar kishining faoliyatda o`zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning rеal imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi. Ehtiyojlarning qondirilishi yana va yana shunday bir vaziyatni kеltirib chiqaradiki, bunda kishi extiyojlari rivojlanishining erishilgan darajasi bilan ularni qondirishning rеal imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyat namoyon bo`ladi. Ziddiyatlarning shaxs rivojlanishiga olib boradigan darajada hal etilishi faoliyatda uni amalga oshirishning muayyan vositalarini (usullarini, vositalarini, jarayonlarini, malakalarini, bilimlarini va hokazolarni) ta'lim jarayonida egallash orqali yuz bеradi. Buning ustiga ehtiyojlarning jo`shqin faoliyat vositasida qondirilishi qonuniy tarzda yangi, yuksakroq darajadagi ehtiyojni kеltirib chiqaradi. Shuning uchun ham rivojlanib borayotgan shaxs doimo yangi va yangi ehtiyojlarni (va, dеmak, sabablarning kеng shahobchali sistеmasini ham) kеltirib chiqararkan, o`z navbatida ehtiyojlar rivojlanishining natijasi bo`lib ham hisoblanadi. Ehtiyojlarni rivojlantirish, tanlash va tarbiyalash, ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo`lgan ma'naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllantirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shaxsning shakllanishi uning jamoaga qo`shilganligi sharoitlarida ro`y bеradi. A. S. Makarеnko ta'kidlaganidеk, shaxs yuksak darajada rivojlangan guruhdan iborat va shaxsning qimmatli fazilatlarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarga ega bo`lgan jamoada va jamoa vositasida rivojlanadi. Individning shaxs bo`lish, yangi jamiyatni qurishning faol ishtirokchisi bo`lish kabi ehtiyoji aynan jamoadagina to`laqonli qondiriladi. Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo`naltirilgan tarzda ta'sir o`tkazish - tarbiya yеtakchi rol o`ynaydi. Tarbiya shaxsning rivojlantirilishini jamiyat tomonidan qo`yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda yo`naltirib boradi va uyushtiradi. Shu bilan birga tarbiya bola hayoti va faoliyatini muayyan tarzda uyushtirib va tartibga solib qolmasdan, balki mavjud pеdagogik printsiplarga binoan konkrеt shaxs imkoniyatlarini eng yaxshi darajada ko`rsatadigan rivojlanishning maxsus muhitini, yoxud vaziyatini vujudga kеltiradi, uni shakllantirgan va yo`naltirib borgan holda faolligini namoyon qilish uchun shartsharoit yaratadi. Shu o`rinda shaxs psixologiyasi shaxsni tarbiyalash pеdagogikasi, axloqiy tarbiya mеtodikasi bilan o`rin almashadi. Ularning vazifasi shaxsni har tomonlama rivojlantirish, ma'naviy ongni shakllantirish, ongli intizomni, vatanparvarlik va baynalmilallikni tarbiyalash vositalari va yo`llarini aniqlashdan iboratdir. Bu yuksak vazifalarning ro`yobga chiqarilishi shaxsning takomillashuvini ta'min etadi. 5."Psixodiagnostika"- nima? «Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo ‘ yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, to ‘ liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko ‘ rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop etilishidan so ‘ ng psixiatriyada qo ‘ llanilgan bo ‘ lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og ‘ ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir. Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo ‘ lib, individ guruhning psixologik taraqqiyot ko ‘ rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani o ‘ rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob'ekti bo ‘ lishi mumkin. Masalan: o ‘ zaro hamkorlik qilayotgan shaxslarning xatti-harakatlari va muloqotida Yuzaga keladigan, alohida bir odam sezgisidan boshlab, murakkab ijtimoiy- psixologik jarayongacha. Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat: psixik ko ‘ rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan printsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish; hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganish; psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari
nimalardan iborat; psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan; test va
metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat. Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bo‘lib, amaliy psixologik tashxis qo‘yish bilan bog‘liqdir. Bunda masala nafaqat nazariy, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va o ‘ tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir: psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo ‘ yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish; psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o ‘ zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida; psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o ‘ zida mujassamlashtirishi shart bo ‘ lgan bilim, ko ‘ nikma va malakalar; psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish. Bu vazifalar majmuasi, ya'ni psixodiagnostika fanining nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan bog ‘ liqdir. Ushbu sohada etuk mutaxassis bo ‘ lib etishish uchun, psixolog nazariyani va amaliy psixodiagnostikaning asoslarini Yuqori darajada o‘zlashtirib olgan bo‘lishi shart. Amaliyotda individ, guruhning psixik taraqqiyot darajasi o‘rganiladi hamda quyidagi vazifalardan biri amalga oshiriladi: biror-bir xususiyatga xos taraqqiyot holatini aniqlash; taraqqiyot dinamikasini va qandaydir vaqt davri mobaynida qayta tarbiyalash imkonini aniqlash; ta'lim-tarbiya natijasida, o ‘ tkazilgan pedagogik eksperiment natijasida
individ guruh xulqi va ruhiyatidagi real o‘zgarishlarni kuzatib borish; shaxs sifatlarining oldingi taraqqiyot dinamikasi va qonuniyatlari tahlili asosida kelajakdagi taraqqiyotini aniqlab olish; sinaluvchi kishilar guruhlarini taraqqiyot darajasi natijasiga asoslanib kelajakdagi ishlar uchun toifalarga ajratish; u yoki bu topshiriqlarni bajara olishiga qarab individ guruhlarning yaroqliligini aniqlash, masalan o ‘ z xizmat vazifasini bajara olishda kasbiy tayyorgarligini tekshirish; psixokorrektsion ishlar olib borish maqsadida individ guruhning ijtimoiy me'yorga mos yoki mos emasligini aniqlash; individ yoki guruhning kelajak hayot yo ‘ liga yordam berish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish. Yuqorida sanab o ‘ tilgan vazifalar psixodiagnostika fani uchun umumiy hisoblanadi. Bu vazifalardan aksariyati maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktab ta'limida har xil yoshdagi bolalarga mos ravishda olib boriladigan ish jarayonlarida u bu darajada hal qilinadi. Psixodiagnostika xususiy jihatdan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: bola tug ‘ ilgandan boshlab maktab ta'lim jarayoniga tayyorgarligi, yosh davrlarining psixologik taraqqiyot dinamikasini o‘rganadi (bilish jarayonlari, intellektual qobiliyatlari, shaxs sifatlari hamda shaxslararo munosabatlarini). Bunda har bir bolaga maxsus psixodiagnostik kartochka to‘ldiriladi va uning rivojlanish ko‘rsatkichlari har oyda yoki yilda qayd qilinib boriladi; har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual qobiliyatlarini tekshirish, uning o‘rtacha standart me'yorlardan chetlashishlari, ya'ni ijobiy (rivojlanishda oldindami), salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) tomonlarini aniqlash; bolaning ta'lim va tarbiya jarayonidagi Yutuqlarini aniqlash maqsadida psixologik xizmat ko ‘ rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati va individual qobiliyatlarini hamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan psixologik maslahat va kasbga yo‘naltirilish ishlarini olib borish; bolaning psixologik holati haqida ota-onalarga, o‘qituvchilarga zarur bo‘lgan har tomonlama ma'lumotlar to‘planib, bolaga mos ravishda ta'lim va tarbiya metodlarini tanlash. Psixodiagnostika fani psixologiya tarmoqlaridan biri bo ‘ lib, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini, aqliy taraqqiyotini aniqlab o ‘ lchash, ya'ni hisoblab chiqaruvchi metodlarini o‘rgatuvchi fandir. Psixodiagnostika – shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini (aniqlab o‘lchashda) har xil metodlar bilan aniqlab o‘lchasa-da, keyinchalik proektiv metodlar, so‘rovnomalar paydo bo‘lishi jarayoniga asos bo‘lib xizmat qildi. Shu bilan birga psixodiagnostikaning rivojlanishida nazariy jihatdan metodikalarning kamligi ko
rinib qoldi.
Psixodiagnostikaga matematik-statistik metodlar va korrelyatsiya hamda tahlil qilish, faktorli analiz paydo bo ‘ lishi va takomillashuvi, psixometrik tadqiq qilish amaliy jihatdan juda katta samara berdi. Bolalarni psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun etakchi faoliyat turining ta'siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog ‘ liq ravishda ba'zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va metodlarini, eksperimental tadqiqotning o ‘ z maqsadlari va vazifalarini talab qiladi. Diagnostika uchun zarur ma`lumotlarni olish. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlarining ba`zi belgilarining ko’rinishini o’rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma`lumotlar yordamchi xarakterga ega bo’lib, bola xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funktsiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalanadi. Masalan: darsda bola diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga to’plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg`ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Ikkala holatda ham u yoki bu o’quvchi o’zlashtirishi va intizomining pasayishi tashqaridan sezilsada, psixodiagnostik tadqiqotlarda o’rganilayotgan o’zgarishlar manbalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo’lishi psixologik holat belgilari ham o’rganiladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling