Favqulodda vaziyatlar vaqtida xalq xo‘jaligi ob’yektlarining barqaror ishlashini
ta’minlash.
Xalq xo‘jalik ob’yektlarining (XXO) barqarorligi ularni FV larning xavfli va
zararli omillari ta’siriga chidamliligi ya’ni, FVlar sharoitida rejalashtirilgan hajmda
va nomenklaturada maxsulot ishlab chiqarish, ishchi va xizmatchilar hayot faoliyati
xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda ishlab chiqarishga zarar yetgan vaziyatlarda o‘z
ish qobiliyatini tiklashga moslashishi orqali baholanadi.
FV lar vaqtida ob’yektning barqaror ishlashiga tashkiliy, injener-texnik va boshqa
tadbirlarni
kompleks
ravishda
amalga
oshirish
natijasida
erishiladi.
Ushbu tadbirlar birinchi navbatda ishchilar va xizmatchilarni himoyalashga
qaratilgan bo‘lishi kerak. Chunki inson resursi hamda XXOlarini FVlarning xavfli va
zararli omillaridan himoyalamasdan turib, ularni barqaror ishlashini ta’minlab
bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ob’yektdagi ishchilar va ob’yekt yaqinida yashovchi
aholini hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashda FVlarning xavfli omillari ta’sirida
yuzaga keluvchi ikkilamchi omillar sodir bo‘lish xavfining oldini olishga qaratilgan
tadbirlar ham muhim rol uynaydi. Ikkilamchi xavfli omillar, ichki va tashqi sabablar
natijasida vujudga kelishi mumkin.
XXO larning FVlar vaqtida barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar
kompleksi ichidan asosiy ikkita quyidagi tadbirlar muhim rol o‘ynaydi:
FVlarda ishchi va xizmatchilar hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash;
ikkilamchi xavfli omillar hosil bo‘lishini bartaraf etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |