1.5. Masalaning qo'yilishi
Elektron hujjat aylanishining zamonaviy tizimlarini qo'llash, axborot
sohasidagi o'zaro hamkorlik darajasi va sifatini, katta hajmlardagi axborotni
topish, qayta ishlash, foydalanish samaradorligini oshirish, boshqaruv
qarorlarining tezkorligi hamda yuqori sifatini ta'minlash, hamkorlikdagi harakat
jarayonini soddalashtirish va ularni amalga oshirish vaqtini qisqartirish orqali
har qanday tashkilot hamda kompaniyada ish unumdorligi va samaradorligini
oshirish mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda ushbu bitiruv malakaviy ishining
bajarilishida qo'yidagi masala qo'yildi:
- OTM kafedra faoliyati maqsad va vazifalarini o'rganish;
- Milliy va horijiy elektron hujjat almashish tizimlarini qiyosiy tahlilini
amalga oshirish;
- elektron hujjat almashish tizimini yaratish uchun dasturlash vositalarini
tahlil qilish va tanlash;
- elektron hujjat almashish tizimining tarkibiy qismlarini loyihalash va
arxitekturasini ishlab chiqish;
- tanlangan dasturiy vositasi yordamida kafedralararo elektron hujjat
almashish tizimi dasturiy ta'minotini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish;
- sinovda aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |