Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa etika estetika mantiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Falsafada “Inson” muammosi
- Suqrot ning ― O’zligingni bil ‖
- Abdulxoliq G‘ijduvoniy
- Amaliy mashg’ulot rejasi: 1-mashg’ulot
- I. O‘QUV ТOPSHIRIQLAR 1.1. O‘quv vazifasi Guruhlarda ishlash uchun savollar
- Jami: 7.25 10
- 2.2. Falsafada “Qadriyat” kategoriyasi
I. O‘QUV ТOPSHIRIQLAR 1.1. O‘quv vazifasi ―Blits - o‘yin‖ texnologiyasi Ushbu texnologiya talabalarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida talabalar o’zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o’tkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga to’liq sharoit yaratib beradi. Ushbu texnologiya talabalarga tarqatilgan qog’ozlarda ko’rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so’ngra o’z fikrini boshqalarga o’tkaza olish yoki o’z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo’la olishga yordam beradi. O’tkazilish texnologiyasi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o’tkaziladi: 1- bosqich. O’qituvchi ushbu trening bir necha bosqichda o’tkazilishi haqida talabalarga tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, talabalar esa shu vaqtdan unumli foydalinishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi; O’qituvchi hamma talabalarga alohida - alohida tarqatma material beradi va talabalardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi; O’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigai vazifani tushuntiradi, ya’ni tarqatma materialda berilgan 13 ta harakatni ketma-ketligini to’g’ri belgilash kerakligi, belgini esa qog’ozdagi alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi; ko’yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi. 2- bosqich. O’qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir talaba tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi; Har bir talaba tarqatma materialdagi «Yakka baho» bo’limiga shu yerda berilgan harakatlardan o’zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya’ni berilgan 13 harakatdan, uning fikricha qaysi biri, birinchi bo’lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo’lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun o’qituvchi talabalarga 10 daqiqa vaqt beradi. 3- bosqich. O’qituvchi talabalardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi. 3 kishilik guruhlar talabalarning hohishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etishi mumkin; Kichik guruhlardagi talabalarning har biri o’z qog’ozidagi yakka baho bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida uch xil bo’lgan ketma-ketlikni birgalashib, bir-birlari bilan 95 tortishib, bahslashib, bir birlariga tasir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog’ozdagi «Guruh bahosi» bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar. O’qituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir talaba faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. 4- bosqich. Barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketma-ketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya’ni talabalardan ularga tarqatilgan qog’ozlardan «Тo’g’ri javob» bo’limini topishni va unga o’qituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligining raqamlarini yozishni so’raydi. 5- bosqich. O’qituvchi «Тo’g’ri javob» bo’limida berilgan raqamlardan «Yakka baho» bo’limida berilgan raqamlarni (yoki aksiga), ya’ni kattadan- kichikni ayirgan holda «Yakka xato» bo’limiga chiqqan farqni yozishni so’raydi. «Yakka baho» bo’limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo’shib chiqib umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi. 6-bosqich. Хuddi shu tartibda «Тo’g’ri javob» va «Guruh bahosi» o’rtasidagi farq kattadan-kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni «Guruh xatosi» bo’limiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qo’shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi. 7-bosqich. O’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha tushuncha beradi, ularni alohida-alohida sharhlab beradi. «Yakka xato» bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi: Agar yakka xatolar soni 30 gacha bo’lsa, bunday talabalarda tashkilotchilik, konstruktivlik qobiliyati yetarli, ular mustaqil ravishda har bir ishni tashkil eta oladilar, turli sharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqan ularning ketma- ketligini tashkil eta oladilar. Agar yakka xatolar soni 30 dan 40 gacha bo’lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik qobiliyati yetarli emas, biron bir ishni yoki faoliyatni tashkil etishlarida qiynaladilar yoki pala-partishlikka yo’l qo’yadilar. Shuning uchun ular alohida kurslarda o’qishlari yoki mantiqan fikrlashga o’rganishlari kerak bo’ladi. Agar xatolar soni 40 dan yuqori bo’lsa, bunday talabalarda tashkilotchilik, mantiqiy fikrlash qobiliyati yetarli emas, ular o’z ustilarida ishlashlari kerak bo’ladi yoki maxsus treninglar, kurslarda o’qishlariga to’g’ri keladi. «Guruh xatosi» bo’limidagi umumiy sonlarning sharhi: Agar xatolar soni 30 gacha bo’lsa, bu guruhlardagi talabalar bir-birlarini tushunishga harakat qilganlar, bir-birlarini ishontira olganlar va natijada bir xil natijaga erishganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat o’rnatilgan, fikrlar bir joydan chiqqan. Agar guruhning xatolar soni 30 dan 40 gacha bo’lsa, bu guruhda talabalarning bir muqimga kelishlari qiyin bo’lgan, tortishuvlar yuzaki yoki ishonarsiz bo’lgan yoki guruh azolari bir-birlarini tushunishga sust holda intilganlar, yoki vazifaga beparvoroq bo’shanlar, yoki bir-birlariii xafa qilib 96 qo’yishdan cho’chiganlar, yoki guruhning barcha a’zolari yuzaki holda kelishishgan-u , aslida esa har kim o’z fikrida qolgan bo’lishi mumkin. Samimiy munosabat bu guruhda o’z aksini topmagan. Agar guruh xatosining soni 40 dan ortiq bo’lsa, bu guruh a’zolari umuman bir-birlari bilan kelisha olmaganlar, o’zaro ishontirish bo’lmagan. Har kim o’z fikrida qolgan. Samimiy munosabat o’rnatilmagan. IZOH: Bajarilgan vazifani baholashning yana bir turi, quyidagicha: talabalarning javoblari o’qituvchi tomonidan berilgan «ТO’G’RI JAVOB»ning yarmidan ko’piga to’g’ri kelgan bo’lsa, demak, «qoniqarli», 75% to’g’ri kelgan bo’lsa «yaxshi», 100% to’g’ri kelgan bo’lsa «a’lo» deb belgilash mumkin. 8 - bosqich. Misol tariqasida «Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurash» mavzusidagi tadbir blits - o’yinning chizmasini keltirishimiz mumkin. Guruh bahosi Guruh xatosi Тo‘g‘ri javob Yakka xato Yakka baho Guruh ishidan chetla- shish Harkatlar mazmuni 5 Тadbirning rejasini tuzish 2 Тadbirning maqsadini belgilash 3 Тadbirning mazmunini tanlash 8 Тadbirni boshlash yo’lini tanlash va uning ssenariysini yozish 12 Тadbirni repititsiya qilish 7 Oldindan bo’lajak tadbirga tomoshabinlarning munosabatlarini ko’ra bilish 9 Тadbirni vaqtlarga bo’lish 1 Тayyorlanadigan tadbirni boshqa tadbirlar o’rtasida dolzarbligini baholash 4 Тadbirni mavzusini 97 tuzish 6 Bo’lajak tadbirning eng qiziqarli, ta’sirli nuqtalarini tanlash 13 O’tkazilgan tadbirning yakuniy tahlili va keyingi tadbirga tayyorgarlik 10 Тadbirda ishlatiladigan turli texnikalarni tayyorlash masalalarini hal etish 11 Тadbir o’tkaziladigan joyni jixozlash hamda kerakli texnikani tayyorlash O’qituvchi mashg’ulotni yakunlaydi. Guruhlarning ba’zilariga, ularning faoliyatlariga o’z fikrini bildiradi. Ushbu trenirg ularni nimalarga o’rgatganini, ular shu trening orqali nimalarni bilib olishganlari bilan qiziqadi va kerakli savollarni beradi. II. O‘Z-O‘ZINI NAZORAТ QILISH UCHUN MATERIALLAR 2.1. Mustaqil ishlash uchun vazifa: 1. ―Insonni falsafiy anglash‖ mavzusi yuzasidan ―Mo’’jizalar maydoni‖ o’yini shaklida savollar (katakchalarda javoblari bilan) tuzib kelish. 2.2. Falsafada “Inson” muammosi Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy muammolar tizimida muhim o’rin tutadi. Тurli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi. Suqrotning ―O’zligingni bil‖ degan hikmatli so’zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug’ mutasavvuf Abdulxoliq G‘ijduvoniy insonni ―kichik olam" deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman olganda, insonga daxldor bo’lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og’irini yengil qilmasa, unday fanning keragi bormikan. Shu ma’noda, inson, avvallo, o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. 98 11.2. ―Madaniyat va qadriyatlar falsafasi‖ (4-soat) “Bahs munozara” va guruhlarni baholash. Bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga asoslangan amaliy mashg’ulot bo’yicha reja topshiriq va o’quv uslubiy hujjatlar Amaliy mashg’ulot rejasi: 1-mashg’ulot 1. Madaniyat tushunchasi. Moddiy va ma’naviy madaniyat. 2. Madaniyat va sivilizatsiya. Ularning tipologiyasi va rivojlanish qonuniyatlari. 3. O’zbеkistonning sivilizatsiyalashgan taraqqiyoti. Istiqlol va milliy madaniyat rivoji. 2-mashg’ulot 1. Qadriyatlar tushunchasi. Qadriyatlar turlari. 2. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar va ularni madaniyatda tutgan o’rni. 3. O’zbеkistonda inson qadri va shaxs erkinliklari. 4. Istiqlol va milliy qadriyatlar rivoji. Mashg’ulotning maqsadi: - mavzu yuzasidan bilimni chuqurlashtirish va mustahkamlash; - berilgan bilim yuzasidan to’g’ri xulosalar chiqarishga o’rgatish; - o’z fikrlari, qarashlarini bayon etishda bilimga asoslanish va qobiliyatini shakllantirish; - mavzu yuzasidan adabiyotlar tanlash, ular bilan ishlashga o’rgatish. 99 Тalabaning o’quv faoliyati natijalari: - Madaniyatning mohiyati, mazmuni, tuzilishi, asosiy funksiyalariga ta’rif beradi; - Madaniyatning tarixiy taraqqiyot qonunlari, madaniy vorislik jarayonlari, madaniy merosdan foydalanish tamoyillari haqida fikrlarini bayon qiladi; - Qadriyatlarning namoyon bo’lish sabablarini tushuntirib beradi; - Qadriyatlar tizimi haqida ma’lumot beradi; - Globallashuvning milliy qadriyatlarga ta’siri, uning sabablari hamda oqibatlarini ochib beradi. - Qadriyatlarning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyatini tushuntirib beradi. Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar: 1. O’quv topshiriqlar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 1.1.,1.2., 1.3. -ga qarang. 2. Ma’lumot-aхborot materiallar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 2.1.,2.2. -ga qarang. 3. O’z-o’zini nazorat qilish uchun materiallar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 3.1. -ga qarang. 4. Тayanch so’z va iboralar bilan tanishib chiqing. Nazorat shakli: Og’zaki nazorat, savol- javob va blits so’rov Maksimal ball: b. Тalabaga qo’yilgan ball: ______ O’qituvchi imzosi:_________ I. O‘QUV ТOPSHIRIQLAR 1.1. O‘quv vazifasi Guruhlarda ishlash uchun savollar 1. Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyatini tushuntirib bering? 2. Madaniyatning ahamiyati xususidagi buyuk mutafakkirlarning fikrlarini eslang? 3. Ma’naviy madaniyat, uning asosiy elеmеntlarini ayting? 4. Madaniyat va sivilizatsiya. 5. Madaniyat va sivilizatsiya to’g’risidagi hozirgi zamon falsafiy ta'limotlari. 6. Tsivilizatsiya tushunchasi. Sivilizatsion yondoshishning mohiyatini tushuntiring? 7. Madaniyat va uning shakllari ayting? 8. Qadriyatlar falsafasi. 9. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar o’rtasidagi umumiylik va tafovutlar. 10. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialеktikasi. 11. Aksiologiya - qadriyatlar to’g’risidagi ta’limot sifatida. 100 1.2. Guruhlarning baholash jadvali So’l guruh O’ng guruh Sav o l Jav o b Q o’s hi mc ha E ’t ir oz Jam i Sav o l Jav o b Q o’s hi mc ha E ’t ir oz Jam i 1 0.25 0.25 0.75 0.75 0.5 0.25 0.75 1 0.5 0.5 1 0 1 1 0.75 0.75 1 0.25 0.25 1 0.25 0.25 0.75 0.75 0.5 0.25 0.75 1 0.5 0.5 1 0 1 1 0.75 0.75 1 0.25 0.25 1 0.25 0.25 0.75 0.75 0.5 0.25 0.75 1 0.5 0.5 1 0.25 0.25 0.75 0.75 1 1 1 0 1 0 1 1 0.5 0.25 0.75 1 0.5 0.5 1 0.25 0.25 1 1 0.5 0.5 1 0.5 0.5 Jami: 7.25 10 1.3. Guruhlarning yiqqan ballarini talabalarga taqsimlash uslubi. 1. Guruhning bir talabasi tashlagan savolga 1 ball ajratiladi. Ikkinchi guruh talabalari birin-ketin javob bera boshlaydilar. 2. O’qituvchi javob berayotgan guruh talabalariga yana javobga qo’shimcha qiluvchilar bor yo’qligini bilgach, savol bergan guruh talabalariga yuzlanadi. Ular javobga yana qo’shimcha qilsalar, javoblarga qarab savol uchun ajratilagn 1 ball 0.5 balldan 2 guruhga bo’linadi va savol uchun ajratilagn 1 ball chizib (bir) qo’yiladi. Shu tariqa guruhlar baholanib borilaveradi. 3. 1 (11.1) ilovadagi jadval bo’yicha ―O’ng‖ guruh talabalari 10 ball to’plab g’olib bo’ldi. Shu sababli bu guruh talabalarining ―eng faollari‖ga Amaliy mashg’ulot darsi uchun (har bir talabaga) ajratilgan 2 balldan tarqatiladi. Yaxshi qatnashganlarga 1.5 balldan beriladi. O’rta qatnashganlarga esa 0.5 balldan beriladi. 4. 7.25 ball to’plagan ―so’l‖ guruhning eng faollariga esa 1.5 balldan, yaxshi qatnashganlarga 1 balldan, o’rta qatnashganlariga esa 0.5 balldan beriladi. 101 5. Guruhi kam ball to’plagani uchun eng yuqori 2 ballni ololmay,1.5 ball olgan ―eng faollar‖, 1 ball olgan ―yaxshi‖lar qolgan guruhdoshlaridan norozi bo’ladilar va ularni keyingi darsga yana ham puxtaroq savollar va javoblar topib kelishga undaydilar. 6. G’olib ―O’ng‖ guruh talabalari keyingi darsda ham g’olib bo’lishga harakat qilib, o’z guruhdoshlarini yana ham kuchliroq tayyorgarlik ko’rishga chorlaydi. 7. Bu uslubda bahs-munozarada hamma qatnashadi. Bir guruhning 1-2 talabasi qatnashmasa guruh balli pastga tushib qolaveradi. Shu sababli guruhdoshlar bahsda hammaning faol qatnashishini istaydilar. Faol qatnashmayotganlar tufayli ―faollar‖ past ball olishni istamaydilar. II. MA‘LUMOТ-AХBOROT MATERIALLAR 2.1. Mustaqil ishlash uchun vazifa: ―Madaniyat va tsivilizatsiyaning o’zaro boqliqligi‖ mavzusi yuzasidan ―Mo’jizalar maydoni‖ o’yini shaklida savollar (katakchalarda javoblari bilan) tuzib kelish. 2.2. Falsafada “Qadriyat” kategoriyasi Markaziy Osiyo xalqlari azaldan bashariyat tafakkuri xazinasiga, ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga unitilmas hissa qo’shib kelganlar. Aldodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilgan fan va madaniyanning barcha sohalariga taalluqli nodir asarlar, qimmatbaho fikr-mulohazalar hozirgi kunda ham jahon xalqlari ma’naviy dunyosini boyitib, ularning ma’naviy kamolotiga xizmat qilib kelayotganligidan fazrlanamiz. Zеro, hеch bir xalq, o’zligini anglamasdan, milliy madaniyati, milliy qadriyatlarini asrab-avaylamasdan turib boshqa xalqlarning qadriyatlariga hurmat-izzat bilan qaray olmaydi. Mustaqil O’zbеkistonning kuch-qudrati xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga sodiqligidadir. Yoshlarning umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o’rganishi va uni e'zozlashga o’rgatish kеlajakda qadriyatlarimizning qadrlanishi, qanday holatda bo’lishini bеlgilaydi. ―Hozirgi eng muhim, dolzarb vazifamiz, - dеydi I.A.Karimov, - jamiyatimiz a'zolarini, avvalambor, voyaga еtib kеlayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z Vataniga mеhr- sadoqat tuyg’usini 1 uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir‖ 1 . Qadriyat juda sеrmazmun tushuncha bo’lib, ilmiy adabiyotlarda unga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, ―Mustaqillik‖ izohli ilmiy- ommabop lug’atda: ―Qadriyatlar–borliq va jamiyat, narsalar, voqеalar, hodisalar, 1 I.A. Karimov. Hushyorlikka da’vat. Toshkеnt, ―O’zbеkiston‖ nashriyoti, 1999 yil. 16-bеt. 102 inson hayoti, moddiy va ma'naviy boyliklarning ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha‖ 2 - deyilgan. Qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqеlikning shakllari, holatlari, narsalar, voqеalar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy katеgoriyadir. Bu katеgoriya o’zida qadriyat ob'еktining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmunini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. ―Falsafa: Qomusiy lug’at‖da esa, qadriyatlarga quyidagicha ta'rif bеrilgan: ―Qadriyat – voqеlikdagi muayyan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llanadigan falsafiy-sotsioligik va aksiologik tushuncha‖ 3 tarzida tushuntiriladi. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsa, hodisa va voqеalar: erkinlik, ezgulik, tеnglik, tinchlik, haqiqat, ma'rifat, madaniyat, moddiy va ma'naviy boyliklar, obida-yodgorliklar, go’zallik, axloqiy xislat va fazilatlar, an'ana, urf-odat, udum va boshqalar qadriyat bo’lib hisoblanadi. Qadriyatlar tushunchasi voqеlikdagi muayyan hodisalarning insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Qadriyatlar umumbashariy, umuminsoniy, milliy, mintaqaviy, shaxsiy bo’lishi mumkin. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling