Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
falsafa etika estetika mantiq
1.3. Ilova-3 Diniy-naturalistik tushunish Diniy qarashga ko’ra, jamiyat xudo tomonidan berilgan in’omdir. Jamiyatdagi biror ijtimoiy hodisa xudoning aralashuvisiz sodir bo’lmaydi Falsafiy tushunish Forobiyning fikricha, kishilar o’zlarining insoniyliklari asosida birlashib, jamiyatni tashkil qilishi, shu insoniyliklari asosida tinch-totuv yashashlari to’g’risidagi fikrni bildirgan Beruniyning fikricha, jamiyat vujudga kelishi uchun kishilarning tabiiy ehtiyojlari asos bo’lib xizmat qilgan Ibn sinoning fikricha, jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvlari, bir- birlariga yordamlashishlari asosida tashkil topishini va bu yerda adolatli qonunlar ustuvor bo’lishini aytib o’tgan Naturalistik (XVIII asr fransuz mutafakkirlari) qarashga ko’ra, jamiyat tabiyatning bir qismi bo’lib, tabiyat rivojlanishinig eng yuqori bosqichidir. Shuning uchun jamiyatda ham xuddi tabiyatdagi qonunlar amal qiladi 85 1.4. Ilova-4 Jamiyatning moddiy hayoti deganda, insonni shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan barcha moddiy shart- sharoitlar oziq-ovqat, kiyim- kechak, yoqilg’i, turar-joy, kommunikatsiya vositalari, moddiy ne’matlar tushuniladi Jamiyatning ma’naviy hayoti deganda, odatda kishilarning ongi, dunroqarashi, xotirasi, o’rta maktab, oily o’quv yurti, ilmiy muassasalar, kutubxona, teatr, muzey xodimlarining innellektual boyliklarining jami yig’indisi tushuniladi JAMIYATNING MODDIY HAYOTI JAMIYATNING MA‘NAVIY HAYOTI JAMIYAT HAYOTI SOHALARI IQTISODIY SOHA moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni o’z ichiga oladi SIYOSIY SOHA davlat, ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, turli jamoat tashkilotlarinin g o’z siyosiy faoliyatini amalga oshirish makonidir MA‘NAVIY SOHA kishilarning turli ma’naviy qadriyatlarga munosabatlari ularni yaratish, tarqatish va adabiyot, sa’nat, musiqa, mafkura, fan, axloqiy me’yorlar va boshqalar umuman olganda, ijtimoiy hayotning ma’naviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar IJTIMOIY SOHA jamiyatning ijtimoiy guruhlari – sinflar, aholi o’rtasidagi kasbiy, ijtimoiy- demografik tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, xalq, millat, elat va bosh. ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini 86 II. O‘QUV ТOPSHIRIQLAR 2.1. Diqqatni jalb etuvchi savollar 1. Jamiyat deganda nimani tushunasiz? 2. Jamiyatga xos belgilarni sanang? 3. Jamiyat taraqqiyoti to’g’risida qanday nazariyalar mavjud? 4. Jamiyat rivojidagi tadrijiylik va vorisiylik deganda nimani tushunasiz? 5. Fuqarolik jamiyati nima? 6. Jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning tutgan o’rni? 2.2. Guruhlarda ishlash uchun vazifalar: Ekspert varaqasi №1 1. ―Jamiyatning tadrijiy rivojlanishi deganda nimani tushunasiz‖ degan savolga javob bering (savolga javob berishda grafik organayzer va xronologik jadvaldan foydalaning). Ekspert varaqasi №2 1. ―O’zbek modelining o’ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi‖ degan savolga javob bering (savolga javob berishda grafik organayzer va xranalogik jadvaldan foydalaning). Ekspert varaqasi №3 1. ―Jamiyat‖ va ―Fuqarolik jamiyati‖ tushunchalarini ta’riflang? degan savolga javob bering (savolga javob berishda grafik organayzer va xronologik jadvaldan foydalaning). III. MA‘LUMOT-AХBOROT MATERIALLAR 3.1 Guruhlarda ishlash tartibi Ishning tartibi va reglamenti 1. Guruhlar ichida vazifa taqsimlash – 3-5-daqiqa. 2. Individual (yakka tartibda) bajarilgan ishlarni jamoaviy muhokama etib, guruh ishlari natijalari o’z aksini topgan namoyish etish materialini tayyorlash – 15-20 daqiqa. 87 3. Namoyish etish materialining taqdimotini o’tkazish – 25-30 daqiqa. 4. Boshqa guruhlar chiqishlariga baho berish va uni o’qituvchiga xabar qilish – 5-10 daqiqa. 3.2. Guruhlar ishining ko‘rsatkichlari va baholash mezoni Guruh Savollarni yoritishning to‘laligi Bayon etishning tushunarliligi O‘qitishni tashkil etilishi, ko‘rgazmalilik Guruh a‘zolarining faolligi Ballar yig‘indisi (0-3 ball) (0-2 ball) (0-4 ball) (0-1 ball) 1. 2. 3. IV. O‘Z-O‘ZINI NAZORAТ QILISH UCHUN MATERIALLAR 4.1. Mustaqil ishlash uchun vazifa. 1. Ma’ruza matnini o’qish. 2. Berilgan savollarga guruhda javob tayyorlash. 3. Berilgan javoblar taqdimotini o’tkazish. 4. Nazorat savollarga berilgan javobni o’zaro tekshirish. 5. Guruhlar javobini baholash. 6. Amaliy mashg’ulot darsiga puxta tayyorgarlik ko’rish. Тayanch so’z va iboralar: ―Jamiyat‖ tushunchasi, ijtimoiy munosabat, davlat sivilizatsiya, taraqqiyot, milliy davlatchilik, jamiyat tarkibi, fuqarolik jamiyati, oila. Jamiyat rivojida tadrijiylik va vorisiylik. Taraqqiyotning o’zbek modeli - jamiyat rivojining tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi, jamiyatning strukturasi. 9.2. ―Jamiyat falsafasi‖ Bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga asoslangan amaliy mashg’ulot bo’yicha reja-topshiriq va o’quv-uslubiy hujjatlar Amaliy mashg’ulot rejasi: 1. Jamiyat tushunchasi. Jamiyat taraqqiyotining turli xil nazariyalari. 2. Jamiyat hayoti sohalari. 3. Jamiyat taraqqiyotida barqarorlik va bеqarorlik. 4. Taraqqiyotning ―O’zbеk modеli‖ – tadrijiy rivojlanish kontsеptsiyasi, uning asosiy tamoyillari. 88 Mashg’ulotning maqsadi: Mavzu yuzasidan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, jamiyat haqidagi qarashlarini boyitish. Тalabaning o’quv faoliyati natijalari: 1. Jamiyat taraqqiyotida vorisiylik va davomiylik tamoyillarining o’rnini izohlab beradi; 2. Madaniyat va sivilizasiyaning o’zaro aloqadorligini tasvirlab beradi; 3. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotiga xos jarayonlarni ochib beradi. 4. Ijtimoiy munosabatlarning shakllari va turlarini, qonuniyatlarini tushuntirib beradi; 5. ―O’zbеk modеli‖ tamoyillarini izohlab beradi; 6. Jamiyat falsafasini va taraqqiyotning o’zbеk modеlini o’rganishning ahamiyatini tushuntirib beradi. Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar: 1. O’quv topshiriqlar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 1.1., 1.2., 1.3. -ga qarang. 2. Ma’lumot-aхborot materiallar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 2.1., 2.2. -ga qarang. 3. O’z-o’zini nazorat qilish uchun materiallar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 3.1., 3.2. -ga qarang. Nazorat shakli: Og’zaki nazorat, savol- javob va blits so’rov Maksimal ball: b. Тalabaga qo’yilgan ball: ______ O’qituvchi imzosi:___________ I. O‘QUV ТOPSHIRIQLAR 1.1. O‘quv vazifasi Ekspert varaq № 1 1. ―Ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlarning jamiyat rivojida tutgan o’rni‖ degan savolga javob bering. 2. ―Bazis va ustqurma‖ mavzusida konseptual jadval tuzing. Ekspert varaq №2 1. ―Jamiyat hayotining asosiy sohalarini nimalar tashkil etadi?‖ degan savolga javob bering. 2. ―O’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari‖ mavzusida konseptual jadval tuzing Ekspert varaq № 3 1. ―Jamiyatning paydo bo’lishi to’g’risidagi muqobil qarashlar mohiyati nimalardan iborat?‖ degan savolga javob bering. 2. ―Jamiyat rivojlanishida evolyusion (tadrijiy) va inqilobiy o’zgarishlar 89 dialektikasi‖ mavzusida konseptual jadval tuzing. 1.2. XVI-XIX asrning birinchi yarmida ―Jamiyatni falsafiy tushunish‖ mavzuidagi konseptual jadvalni to‘ldiring. (O’qituvchining nazorat varianti) № Jamiyat evolyusiyasi haqidagi qarashlar Jamiyatning moddiy asosi Jamiyatning ma‘naviy asosi Jamiyat hayotining sohalari 1. 2. 3. 1.3. Nazorat savollari 1. Forobiyning ―Fozil odamlar shahri‖ asarida adolatli jamiyat masalasi qanday ifoda etilgan? 2. Amir Тemur jamiyat va davlat qurilishi haqida qanday fikrlarni bildirgan? 3. Prezidentimiz I. Karimovning ―O’zbekiston XXI - bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari‖ asarining mazmunini aytib bering? 4. ―Ijtimoiy shartnoma‖ tushunchasining mohiyati nimadan iborat? 5. Jamiyat haqidagi turli xil qarashlar qanday yo’nalishlardan iborat? 6. ―Тaraqqiyotning o’zbek modeli‖ asoschisi kim ? 7. Jamiyat moddiy va ma’naviy hayotidagi asosiy farqlar nimalardan iborat? 8. Jamiyat moddiy negizida huquq tizimining ahamiyati nimalardan iborat? 9. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyotning o’ziga xosligi qanday? 10.Тotalitar jamiyatning sabablari va oqibatlari nimalardan iborat? II. MA‘LUMOT-AХBOROT MATERIALLAR 2.1 Guruhlarda ishlash tartibi Ishning tartibi va reglamenti 1. Guruh ichida vazifa taqsimlash. – 3-5-daqiqa. 2. Individual (yakka tartibda) bajarilgan ishlarni jamoaviy muhokama etib, guruh ishlari natijalari(yakuni) o’z aksini topgan namoyish etish materialini tayyorlash – 15-20 daqiqa. 3. Namoyish etish materialining taqdimotini o’tkazish – 25-30 daqiqa. 4. Boshqa guruhlar chiqishlariga baho berish va uni o’qituvchiga xabar qilish – 5-10 daqiqa. 2.2. Guruhlar ishining ko‘rsatkichlari va baholash mezoni 90 Guruh Savollarni yoritishning to‘laligi Bayon etishning tushunarliligi O‘qitishni tashkil etilishi, ko‘rgazmalilik Guruh a‘zolarining faolligi Ballar yig‘indisi (0-3 ball) (0-2 ball) (0-4 ball) (0-1 ball) 1. 2. 3. III. O‘Z-O‘ZINI NAZORAТ QILISH UCHUN MATERIALLAR 3.1. Mustaqil ish uchun vazifa 1. Guruhda ishlash uchun berilgan o’quv topshiriqlari savollariga javob tayyorlash. 2. Guruh ishi natijasi taqdimotini o’tkazish. 3. O’quv materiallarini o’zlashtirilganligining o’zaro tekshiruvini o’tkazish, nazorat savollariga javob berish. 4. Ma’ruza matni va qo’shimcha adabiyotlar asosida keyingi «Inson falsafasi» mavzusidagi ma’ruza darsiga puxta tayyorgarlik ko’rish. 3.2. Jamiyat tushunchasi? Jamiyat – bu ma’lum maqsadni ko’zlab, ongli ravishda mehnat qilish asosida birlashgan kishilar majmuidir. Jamiyat insonlar harakatining ifodasidir. Jamiyat kishilarning moddiy va madaniy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyatining, tabiatga ta’sir qilishi va uni o’zgartirish jarayonining mahsulidir. Jamiyat tasodifiy paydo bo’lib va tasodifiy o’zgarib turaveradigan yakka odamlar to’plamidan iborat emas. Jamiyat ishlab chiqarish munosabatlarini bunyodga keltiradi. Demak, tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida kishilar o’rtasidagi hayot uchun zarur bo’lgan narsalarni ishlab chiqarish munosabatlarining yig’indisi jamiyat mazmunini tashkil etadi. Qaysi jamiyatda ma’naviy jihatlar qadrlanar ekan, o’sha jamiyatda yashayotgan insonlar ijtimoiy tarafdan ko’proq kafolatga ega bo’ladilar. Shu sababli yuksak ma’naviyatli bo’lish borasida tinmay harakat qilinmoqda. Zero, milliy istiqlol mafkurasining insonlar ongiga singishi ma’naviy, ma’rifiy qadriyatlarga ham bog’liq. 10-Mavzu: ―Inson falsafasi‖ Hamkorlikda o’qitish, ma’ruza-axborot texnologiyasi asosida tashkil etilgan ma’ruza bo’yicha reja topshiriq va o’quv-uslubiy hujjatlar 91 Ma’ruza rejasi: 1. Inson borlig’i va uning mohiyati. 2. Inson antropososiogenez jarayonining mahsuli. 3. Insonda tabiiylik va ijtimoiylik. 4. Inson hayotining mazmuni va ma’nosi. Mashg’ulotning maqsadi: Mavzu yuzasidan talabalar bilimini inson, uning mohiyati, kamoloti masalalarini falsafiy tahlil etib, talabalar bilim darajasini chuqurlashtirish, muammoli masalalarni yechish qobiliyatini o’stirish. Тalabaning o’quv faoliyati natijalari: 1. Inson — falsafaning bosh mavzusi ekanligi haqida aniq va kengroq ma’lumotlarga ega bo’lishi; 2. Muammoli masalalarni yechishda olgan nazorat bilimlarini qo’llashi; 3. Olgan bilimlari asosida muammolarni ajratishi va ularning yechimini aniqlashi; 4. Тurli xilda taklif etilgan mulohazalarga baho bera olishi va yakuniy xulosa chiqara olishi. Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar: 1. O’quv topshiriqlar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 1.1., 1.2., 1.3. -ga qarang. 2. Ma’lumot-aхborot materiallar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 2.1. -ga qarang. 3. O’z-o’zini nazorat qilish uchun materiallar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 3.1. -ga qarang. 4. Тayanch so’z va iboralar bilan tanishib chiqing. Nazorat shakli: Og’zaki nazorat, savol- javob va blits so’rov Maksimal ball: b. Тalabaga qo’yilgan ball: ______ O’qituvchi imzosi:___________ _ I. O‘QUV ТOPSHIRIQLAR 1.1. O‘quv vazifasi Diqqatni yo’naltiruvchi blits-so’rov savollari 1. Inson nima uchun falsafaning bosh mavzusi deb qaraladi? 2. Shaxs deganda nimani tushunasiz? 3. Antropologiya faninig ma’nosi va vazifalari nimalardan iborat? 4. Inson tanasi va ruhining uyg’unligi va ular o’rtasidagi farqlar nimalarda namoyon bo’ladi? 1.2. “Koop-koop” texnikasi (usuli) asosida mashq (test) topshiriqlar 1. Erkinlik nima? 92 A. erkinlik bu anglangan zaruriyatdir B. erkinlik bu kishining ichki dunyosidir D. erkinlik bu huquqdir E. erkinlik bu har qanday harakat qilish (xohlagancha harakat qilish) Imkoniyatidir 2. Shaxsga berilgan qaysi bir ta'rif to‘g‘ri? A. shaxs bu insondir B. shaxs bu irodaga ega bo’lgan kishilar D. shaxs ijtimoiy munosabatlar majmuidir E. shaxs bu ijtimoiy haqiqatdan rivojlangan kishidir 3. Qadr-qimmat nima? A. insonni eng yuksakka ko’taradigan, uning faoliyatiga butun intilishlariga oliyjanoblik bag’ishlaydigan narsadir B. insonning o’z-o’ziga va qarindosh urug’lariga bo’lgan munosabatlari D. odamlarning bir-biriga va jamiyatning insonga nisbatan estetik munosabatidir E. shaxsni hurmatlash, uning huquqlarini e'tirof etish 4. XX asr falsafiy oqimlaridan qaysi biri inson, uning hayoti va o‘limi muammolarini o‘rganadi? A. personalizm B. freydizm D. ekzistensializm E. neopozitivizm 1.3. Nazorat savollari: 1. ―Odam‖, ―Inson‖ va ―Shaxs‖ tushunchalariga ta’rif bering? 2. Antropologiya - qanday fan? 3. Shaxsning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy-psixologik xususiyatlarini tushuntiring? 4. Inson muammosini o’rganishning tarbiyaviy zarurati va ahamiyatini tushuntiring? 5. Istiqlolning insonparvarlik mohiyati nimalarda ko’rinadi? II. MA‘LUMOT-AХBOROT MATERIALLAR 2.1 Mashg‘ulot o‘tkazish tartibi O’qituvchi ―slayd‖ qilib, kompyuterga kiritilgan muammoli savollarni ekran orqali talabalarga beradi. Undan oldin esa talabalarni juftliklarga bo’lib, ―Mulohaza qiling-fikrlar almashing‖ yo’nalishida ish tutadi. Izoh: 1) Тalabalar bir-birlari bilan fikrlashib, savolga javob yuzasidagi o’z fikrlarini bir-birlariga aytadilar. Fikrlashib yagona javobni tanlaydilar. 93 2) O’qituvchi ―Blits-so’rov‖ o’tkazib, ikki-uch juftlikka o’z javoblari bilan o’rtoqlashishni taklif etadi. Ularning javoblariga aniqlik kiritadi. III. O‘Z-O‘ZINI NAZORAТ QILISH UCHUN MATERIALLAR 3.1 Тalabalarga mustaqil ta‘lim uchun vazifa 1. ―Inson – tarixning yaratuvchisi va eng ulug‘ ijtimoiy qadriyat‖ mavzusida qisqacha esse yozing. Тayanch so’z va iboralar: Inson, shaxs, individ, antropologiya, inson- biologik mavjudot, inson-ijtimoiy mavjudot, inson faolligi, inson qadri, shaxs erkinligi, burch, inson ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadi, idеallari, inson huquqi, barkamol inson. 10.2. ―Inson falsafasi‖ “Bahs munozara” va guruhlarni baholash. Bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga asoslangan amaliy mashg’ulot bo’yicha reja topshiriq va o’quv uslubiy hujjatlar Amaliy mashg’ulot rejasi: 1. ―Inson‖ falsafiy kategoriyasi, uning genezisi. 2. Insonning tabiati va mohiyati. 3. Jamiyat va shaxs. 4. ―Individ‖, ―individuallik‖, ―shaxs‖ tushunchalari. 5. Insonning hayoti va o’limi. Evtanaziya tushunchasi. Mashg’ulotning maqsadi: Mavzu yuzasidan talabalar bilimini inson uning mohiyati, kamoloti masalalarini falsafiy tahlil etib, talabalar bilim darajasini chuqurlashtirish, muammoli masalalarni yechish qobiliyatini o’stirish. Тalabaning o’quv faoliyati natijalari: 1. Inson — falsafaning bosh mavzusi ekanligiga aniq va keng tavsif beradi; 2. Muammoli masalalarni yechishda olgan nazorat bilimlarini qo’llaydi; 3. Olgan bilimlari asosida muammolarni ajratishi va ularning yechimini aniqlaydi. Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar: 1. O’quv topshiriqlar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 1.1., -ga qarang. 2. O’z-o’zini nazorat qilish uchun materiallar bilan tanishib chiqing. Eslatma: 2.1., 2.2. -ga qarang. Nazorat shakli: Maksimal ball: b. O’qituvchi 94 Og’zaki nazorat, savol- javob va blits so’rov Тalabaga qo’yilgan ball: ______ imzosi:_________ Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling