Kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirlig toshkent axborot texnologiyalar unversteti qarshi filiali


Download 440.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana19.01.2023
Hajmi440.76 Kb.
#1101600
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-mustaqil ishi

Xavfsizlik 
bo‘yicha 
amaliy 
tayyorgarliklar 
Hujumlardan amaliy himoyalanish mustahkamlikni oshirish jarayonidagi qadamdir. 
Mustahkamlikni oshirish o‘z tarkibiga tarmoq himoyasi va operatsion tizim usullari 
orqali hujumni to‘xtatish yoki oldini olish uchun belgilangan vazifalarni qabul 
qiladi. Siz ishlayotgan tizimni mustahkamlash yo‘lida bir nechta umumiy qadamlar 
mavjud: 
1. Operatsion tizim va tarmoq himoyasi imkoniyatlari bo‘yicha imkoni boricha 
ko‘proq ma’lumot bilishga intiling va ulardan foydalanishni o‘rganing. 
2. Yangi hujumlar va ularni qayta ishlash uchun himoya tashklotlarining veb-
sahifalarida 
tez-tez 
maslaxat 
olib 
turing. 
3. Operatsion tizimni ishlatishingiz uchun absolyut zarur bo‘lgan xizmat va 
jarayonlarnigina yuriting va kerak bo‘lmaydiganlarini o‘chirib tashlang, chunki 
bunda hujumchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan ochiq TCP/UDP portlar va 
operatsion tizim dasturlari va jarayonlari sonini kamaytiradi (hujum maydonini 
kamaytirish 
deb 
ham 
ataladi). 
4. Imkon bo‘lsa, alohida server, fayrvol va marshrutizatorlardan foydalaning. Ko‘p 
funksiya bajaradigan kompyuter va tarmoq qurilmalari hujumchilar uchun ko‘p 
ochiq darchalar yaratishi mumkin. Masalan, internet, DNS va marshrutizatsiya 
funksiyalarini yagona serverda jamlamang. Alohida server va qurilmalarni 
boshqarish 
ham 
soddaroq, 
himoya 
etish 
ham 
osonroq. 
5. Operatsion tizimning foydalanuvchi login va parollari, himoyalangan guruhlar
huquqlar, himoyalanish siyosatlari, loginni o‘chirish, himoya protokollari, shifrlash 
va autentifikatsiya kabi himoya uchun mo‘ljallangan imkoniyatlarini o‘rganing va 
ulardan 
foydalaning. 
Hujumchilarga 
qarshi 
imkoni 
boricha 
ko‘proq 
to‘siqlar 
qo‘ying. 
6. Muntazam ravishda himoya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
darchalarning joyini aniqlash va shu erga yo‘naltirilgan himoyalash kabi usullar 
qanday 
o‘rnatilganini 
tekshirib 
boring. 
7. 
Foydalanuvchilarni 
ongli 
ravishda 
himoyalanishga o‘rgatib boring. 
8. Hujum yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun doimiy ravishda operatsion tizimni 
nazorat 
qilib 
boring. 
9. Bir operatsion tizim, masalan, Mac OS X boshqa operatsion tizim, misol uchun, 


Windows 7 dan hujumga kamroq moyil, deb, xato qilmang. Barcha operatsion 
tizimlar o‘z nozik tomonlariga ega va hujumchilar barcha turdagi operatsion 
tizimlarga hujum uyushtirish uchun zararli dasturlar yozishadi. Android va iOS kabi 
mobil operatsion tizimlar ham bundan mustasno emas. Masalan, Android asosidagi 
smartfon va planshetlar chiqqanining birinchi yilidayoq ularga bo‘lgan hujumlar 
soni asosan dastur yuklash orqali hujum hisobiga 400 foizga oshdi. iOS mobil 
qurilmalariga bo‘lgan hujumlar Android qurilmalariga nisbatan ko‘p bo‘lmaganiga 
qaramasdan, ularga bo‘lgan hurujlar ham o‘sdi. 

Download 440.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling