Kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi


 O'smirlarning kasbiy mayllarini aniqlash


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1730540
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
AvazbekovDavronbek 690-21

8. O'smirlarning kasbiy mayllarini aniqlash: 

DDO (differensial diagnostika so'rovi); 

"Qiziqishlar xaritasi"; 

Mexanik tushunish testi; 

Ota-onalar uchun so'rovnoma 
Bu usullarning barchasi bolalarning katta guruhlarini ommaviy ekspress 
diagnostika qilish uchun moslashtirilgan va kuch va haqiqiylik uchun sinovdan 
o'tgan. 
Shunga qaramay, o'smirlar bilan psixodiagnostik ishning eng asosiy yo'nalishi - 
bu shaxsning kasbiy yo'nalishi. 




1.2 O’smirlarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo’lishi 
O’smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu 
yillarda o’smirlar uchun hayot davomida kerak bo’ladigan asosiy shaxsiy va 
tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko’rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira 
darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko’tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va 
boy tafakkur esa o’zining barcha ko’rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy 
darajasida rivojlanadi. O’smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga 
o’rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar 
shakllanadi va rivojlanadi.O’smirlik davriga juda ko’p ziddiyatlar va qarama-
qarshiliklar xos.
Maktab dasturini o’zlashtirish va boshqa ishlar bilan bog’liq turli masalalarni 
yechishda ko’zga tashlanadigan o’smirlarning intellektual rivojlanganligi kattalarni 
ular bilan birga jiddiy muammolar bo’yicha fikrlashga undaydi, o’smirlarning 
o’zlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, 
xulq-atvor etikasi, o’z majburiyatlariga mas'ullik kabi muammolar muxokamasida 
infantillik (yosh bolarlarga xos jismoniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin. 
5-6 sinf o’quvchilariga sinfdagi o’zi egallagan mavqeiga katta e'tibor berish 
xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, o’quvchilar o’z tashqi ko’rinishlariga, 
shuningdek qarama-qarshijinsdagi bolalar va ular bilan o’zaro munosabatlariga 
e'tibor bera boshlaydilar. 7-sinf o’quvchilarida esa o’z layoqatlarini rivojlantirishga 
xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o’quvchilari esa mustaqilik, o’ziga xoslik, 
do’stlik va o’rtoqlik bilan bog’liq bo’ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori 
baholashadi. 
O’smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan 
holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni 
rivojlantirishi mumkin. O’smirlik davrida o’quv fanlarini turli o’qituvchilar 
o’qitishlari bilan kattalar shaxsi va faoliyatni baholashning yangi mezonlari 
hamshakllana boshlaydi. O’smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o’quv 
materialini qiziqarli va tushunarli yo’l bilan yetkaza oladigan, o’quvchilarni 
ajratmaydigan, o’qituvchilarni ko’proq hurmat qiladilar va yaxshi ko’radilar. Ular 


o’qituvchi bilan munosabatlariga ham katta e'tibor beradilar. 10-15 yoshli 
bolalarning faoliyat motivlarida ham o’zgarishlar amalga oshadi.
Ilk o’smirlik davrida ko’pchilik o’smirlar o’zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika 
beradilar. Katta bo’lgan sari o’smirning o’z-o’ziga bergan bahosi differensial 
xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o’zini tutishga va ayrim xatti-
harakatlari)da namoyon bo’la boshlaydi. XIX asrning 60 yillarida o’smir davri 
pedagogik psixologiyasi to’la ravishda prinsiplari ishlab chiqilishi ilmiy yo’lga 
qo’yildi. Komil insonni shakllantirish uchun mana shu davrda o’smir yoshida 
bolani kompleks o’rganishni ilmiylashtirildi. Bolani to’laqonli rivojlantirishga 
katta urg’u berildi. Aqlan bu ishni bajarishda pedagogika yoki psixologiya emas, 
boshqa fanlarning roli ham bilinadi. O’smirlik yoshi rivojlanishida 3 ta fanga 
tayanadi: 1.Psixologiya 2.Fiziologiya 3.Logika Bular quyidagi fanlar o’rtasida 
bog’lanib o’rganiladi ya’ni medisina va didaktikaning roli beqiyosdir.
Pedagogika va psixologiyaning bog’lanishi bolalarning o’smir yoshlarda har 
qanday fikrlarning paydo bo’lishida asos bo’lgan. Bu narsa pedagogika va 
psixologiya degan termin paydo bo’libdi. Fan sifatida ko’pgina muammolar va 
ishlanmalarni olib kelinishiga sabab bo’ladi. Pedagogika bilan fiziologiyaning 
bog’liqligi ham psixologik jihatdan insonni yangicha tarbiya olishiga chorlaydi. 
Aqliy tarbiyaga katta yordam boradi. Shu bilan birgalikda shaxsning gigiyenik 295 
normalari ishlab chiqildi. Psixologik va fiziologik jihatdan rivojlanishiga yordam 
berdi. Bu esa maktab gigiyenasi alohida fan tarmog’I sifatida shakllanishiga olib 
keldi. Pedagogika va logika o’rtasidagi aloqa psixologiya mantiqiy rivojlanishi 
natijasida yangicha yondoshishi ya’ni, masalalarni hal qilishning didaktik yo’llari 
bilan o’smirlik yoshida mantiqiy yo’llarini o’rganish paydo bo’ldi. Shunday qilib 
mana shularning ildizi bolani har tomonlama o’rganish va ularning rivojlanishda 
qonuniy to’g’ri ekanligi va optimal yo’llar yaratildi.
Bolani o’rganishda juda ham katta qiziqishlarga sabab bo’lgan narsa shunda 
ko’rindiki, umumiy psixologiyaning rivojlanishiga katta yo’l ochildi. Voqelikka 
bo’lgan ongli munosabatning uchunan usishi bilan o’smirlarning o’qishga bo’lgan 
ongli munosabatlari sezilarli darajada kuchayadi. O’zlarining o’qish faoliyatlarida 


ular sekin-astalik bilan shaxsiy ma’no kasb etadigan haqiqiy, chuqur bilimlar bilan 
yangicha munosabatlarda boglangan yangi, yuksakroq bosqichga kutariladilar. 
Rus psixologlarining tadqiqotlari shuni belgilab berdiki, o’smirlar o’qish 
faoliyatining motivlari murakkab tuzilishga egadir. O’smirlar o’qish faoliyatining 
motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim orttirishning ijtimoiy jihatdan 
muhim ekanini anglash, mustakil hayot va mehnatga tayyorlanish uchun o’qish 
zarurligi), aslida muvaffaqiyatga intilish, izzat nafs bilan bogliqbo’lgan bilish 
motivlari va shaxsiy motivlar (bolalar jamoasida obru qozonishga intilish va 
raxbarlik rolini o’ynash) birga qushilib ketgandir. Bunda ba’zan qarama-
qarshilikkuzatiladi: bilim orttirishga bo’lgan intilish maktabdagi o’qishga befarq 
yoki hattosalbiy munosabatda bo’lish bilan, maktabdagi baholarga «xushchaqchaq-
mensimaslik» (D.B.Elkonin) munosabati bilan aralashib qushilib ketishi mumkin. 
Bu o’qishdagi u yoki bu xildagi muvaffaqiyatsizlikka, o’qituvchi bilan bo’lgan 
nizoga nisbatan o’ziga xos reaksiya bo’lishi mumkin.
O’smir odatda o’zining o’qishdagi muvaffaqiyatsizliklarini qattiq ichdan 
kechiradi, lekin uning izzat nafsi ba’zan bu muvaffaqiyatsizlikka bo’lganhaqiqiy 
munosabatni 
niqoblash 
hohishini tugdiradi. Natijada o’quvchio’qishdagi 
muvaffaqiyatlarga o’zini mutlaqo befarqdek va beparvodek tutadi, hattosoxta 
mardlik kursatmoqchi bo’ladi. O’smirning o’qishlarining paydo bo’lishi (kitob 
o’qish, shaxmat o’ynash, filyatiliya, ya’ni marka tuplash va boshqalar) bilan 
tushuntirish mumkin. Diqqatning taraqqiy etishi ma’lum ziddiyatlari bilan: bir 
tomondan, o’smirlik yoshida barqaror, ixtiyoriy diqqatning tarkib topishi bilan, 
boshqa tomondan, o’smirdagi taassurotlar, kechinmalar, jo’shqin aktivlik va 
impulsivlik ko’pincha beqaror diqqatga olib borishi bilan, uning tez chalg’ishi 
bilan ajralib turadi.
Hamma narsa ish sharoitiga, materialning mazmuniga, o’quvchining kayfiyati 
va psixik holatiga, uning ishga bo’lgan munosabatiga bogliqdir. Diqqatning 
tanlovchilik qobiliyati, ya’ni uning turlicha xarakteristikasi usha narsaga bo’lgan 
qiziqish ko’lami va darajasiga bog’liqbo’lishi o’smirda juda yaqqol ifodalangan. 
Bu darsda (o’zi yoqtirmagan darsda) e’tiborsiz va parishonxotir bo’lib o’tirgan 


o’quvchi boshqa, o’zi yaxshi ko’rgan darsda nixoyatda, hushyor, fikrini bir yerga 
tuplab olib, hech narsaga mutlaqo chalg’imasdan bemalol ishlashi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, o’smirlik yoshida diqqatning ko’lami, 
shuningdek, diqqatni bir operasiyadan boshqa operasiyaga qaratish, faoliyatning 
bir turidan boshqa turiga jalb etish qobiliyati sezilarli darajada ortadi. Kichik 
maktab yoshidagi o’quvchilardan farqli o’larok, o’smir uchun odatda o’z 
faoliyatini o’zgartirishga qandaydir alohida psixologik tayyorgarlik ko’rish talab 
etilmaydi. Diqqatni tashkil etishning eng yaxshi usuli o’qituvchining qandaydir 
alohida usullarni qullanishga emas, balki o’qish faoliyatini o’smirda diqqatni uzoq 
vaqt mobaynida biror narsaga chalg’itish uchun na vaqt, na istak va na imkoniyat 
qolmaydigan qilib uyushtira olishiga bog’liqdir.
Qiziqarli ish, qiziqarli dars o’smirni shunchalik qamrab olishga qodirki, u juda 
o’zok vaqt davomida zur ishtiyoq bilan ishlaydi. Shunisi ham borki, o’smir uchun 
qiziqarlibo’lgan narsa-hamisha ham shunchaki qiziqarli narsa emas. Ishning bir 
turidan boshqa turiga vaqti-vaqti bilan o’tib turiladigan mazmunli mashgulotlar, 
aktiv bilish faoliyati-ana shu narsa darsni o’smir uchun qiziqarli darsga aylantiradi, 
ana shuning o’zi uning diqqatini uyushtirishga yordam beradi. N.F.Dobrinin va 
uning xodimlarining tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, o’smirlar irodaviy zo’r berish 
bilan ushlab turiladigan ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat deb ataladigan diqqatga 
tobora ko’proq o’tib bormoqdalar. Bu diqqat oldindan o’ylab ko’yilgan va 
muayyan 
maqsadga 
qaratilgan 
diqqatbo’lib, 
ishga 
«kashfiyotlar»ga 
bo’lganqiziqishning asta-sekin ortib boishi asosida yuzaga keladi, shunga ko’ra 
ham bu diqqatni tutib turish uchun irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi. 
O’smirlik yoshida fikrlash faoliyatida muhim siljishlar yuz beradi. Kichik 
maktab yoshida erishilgan tafakkur taraqqiyotining darajasi o’smirga fan asoslarini 
muvaffaqiyatli va sistemali o’rganish imkonini beradi. O’rganiladigan fanlarning 
mazmuni va o’quv kurslari tuzilishining mantiki bilimlarni o’zlashtirishning yangi 
xarakterini, mustaqil tafakkurga tayanishni talab etadi, abstraksiyalash va 
umumlashtirish, taqqoslash, muloxaza yuritish, xulosalar chiqarish, isbotlash 


qobiliyati zarur bo’ladi. Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, hamma o’smirlar ham 
isbotlovchi tafakkurga osongina o’tavermaydilar.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling