Kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


Download 101.62 Kb.
bet1/10
Sana24.12.2022
Hajmi101.62 Kb.
#1063025
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Metrologiya labaratoriya.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Nukus filiali
Kompyuter injiniringi” fakulteti Dasturiy injiniring yo’nalishi
104-20 guruh talabasi
Artikbayev Shohruh


Mustaqil ish



Topshirgan _________________Artikbayev Sh
Qabul qilgan ________________ Dauletmuratova.R


Nukus 2022

Mavzu:O’zbekiston Respublikasining “Metralogiya to’g’risida”gi
Qonunini o’rganish.

Reja:
1.O’zbekiston Respublikasining “Metralogiya to’g’risida”gi
qonunini o’rganish
2.O’zstandart agentligi.








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
METROLOGIYA TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-apreldagi O‘RQ-614-sonli ““Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish xaqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
“metrologiya” — o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
“yagona o‘lchov birligi” — o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;
“o‘lchov vositasi” — o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
Oldingi tahrirga qarang.
“birlik etaloni” — o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;
(1-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
“davlat etaloni” — vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
“metrologiya xizmati” — davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
“davlat metrologiya nazorati” — metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
“o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish” — o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
“o‘lchov vositalarini kalibrlash” — metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi (markazi) bajaradigan operatsiyalar majmui;
(1-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
“metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish” — metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining belgilangan akkreditatsiya qilish sohasida o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;
“yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) akkreditatsiya qilish” — yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining, kalibrlash laboratoriyalarining (markazlarining) belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarishga vakolatli ekanligining rasmiy jihatdan tasdiqlanishi;
(1-moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish” — o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;
“o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti” — operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi.
(1-moddaning o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“sinov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
“sinov vositasi” — sinovlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, normalangan texnik tavsiflari bo‘lgan texnik qurilma, modda va (yoki) material.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuniga muvofiq o‘n ikkinchi—o‘n oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)

Download 101.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling