Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning "port-security" funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga EGA bo’lish


Download 342 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi342 Kb.
#1044642
  1   2   3
Bog'liq
2 laboratoriya ishi kommutatorda port xavfsizligi (port security






O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI

KOMPYUTER INJENERINGI”


FAKULTETI 4-BOSQICH TT 11-19 SIRTQI GURUH TALABASI
DJOVLIYEV FERUZNING
TARMOQ XAVFSIZLIGI” FANIDAN TAYYORLAGAN
LABORATORIYA ISHI


Bajardi: Djovliyev F.
Qabul qildi: Rustamov A
2 LABORATORIYA ISHI
KOMMUTATORDA PORT XAVFSIZLIGI (PORT SECURITY) NI SOZLASH


Ishdan maqsad: Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning “port-security” funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo’lish.


Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MAC-manzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. Bundan tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini cheklashga imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga yo`naltirilgan hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi (2.1-rasm.).





2.1-rasm. Kommutatorda Port Security funksiyasining ishlash tartibi
MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud:

  1. Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi (2.3-rasm);

  2. Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator qaysi manzillar shu vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini eslab qoladi ((2.3-rasm).

Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini ipconfig /all buyrug`i yordamida aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18-DE-C7-F3-FB ko`rinishda keltirilgan.



2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish


Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish uchun show mac-address-table buyrug`i orqali aniqlanadi (2.3-rasm).





2.3-rasm. Kommutator qurilmasining MAC-manzilini ko`rish


Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish hisoblanadi.





Download 342 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling