11
orqali emas, balki o‘zi va o‘z ruhi o‘rtasidagi mavjud narsa orqali erishgan
bo‘lsa, ul (odam) haqiqatdan ham xayrixohli va barkamollikka erishadi.
Buni uning o‘zidan boshqa hech kim sezmagan
taqdirda ham uning ruhi
ulug‘vor va oliyjanob bo‘ladi va o‘sha odam bu
fazilatlarga erishganidan
bag‘oyat xursand bo‘ladi”, degan gaplari juda o‘rinlidir.
Demak, kompetentli pedagog-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya
jarayonini samarali tashkil etish va boshqarish yo‘nalishida
zaruriy
tushunchalarga ega bo‘lgan, yosh davrlar psixologiyasini yaxshi biladigan,
boy va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, ta’lim jarayoniga ilg‘or
pedagogik texnologiyalarni
tadbiq eta oladigan, tegishli ma’lumoti va
kasbiy tayyorgarligi bor, yuksak pedagogik mahorat va boy kasbiy tajribaga
ega bo‘lgan pedagogik shaxsni ifodalaydi.