Kompiyuter injinering At-servis
Download 30.03 Kb.
|
Maftuna m ish
Mustaqil ish Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiya universiteti Nokis filiali “Kompiyuter injinering At-servis” fakulteti talabasi Raxmanova Maftunaning fizika fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Xoll effekti REJA:
Edven Xoll tajribasi Xoll doimiysi nima Yarim o’tkazgichlarda Xoll effekti Xoll effati va uning qo’llanishi Xulosa. 1879-yilda amerikalik fizik Edvin Xoll qiziq bir fizik tajriba o‘tkazdi. U yupqa to‘rtburchak oltin plastinani kuchli magnit maydoniga, ushbu magnit maydoni tekisligiga perpendikulyar tarzda joylashtirdi. Keling, x va x’ o‘sha tilla to‘rtburchakning ikkita qarama-qarshi tomonini ifodalasin; y va y‘ esa qolgan yana ikkita qarama-qarshi tomoni bo‘lsin. Olim tilla to‘rtburchakning x va x’ tomonlariga batareykaning qutblarini uladi va tok x yo‘nalishda oqishni boshladi. Shunda Xoll hayrat bilan shuni kuzatdiki, y va y’ tomonlar orasida ham muayyan elektr kuchlanishi yuzaga keldi. Ushbu kuchlanish esa, tokning zichligi va magnit maydoni qiymati Bz ning ko‘paytmasiga proporsional ekan. Ko‘p yillar mobaynida, Xoll effektidan amaliy foydalanish sohasini topish qiyin bo‘ldi. Chunki, bunda hosil bo‘layotgan kuchlanish qiymati juda past edi. Lekin, ushbu effekt, XX-asrning ikkinchi yarmida butun dunyo bo‘ylab son-sanoqsiz sondagi ilmiy tadqiqotlar va tajriba-sinov ishlanmalarida anchayin foydali manba sifatida qo‘llanildi. Aytish joizki, Xoll tomonidan bunday past kuchlanishni kashf qilishi, elektron kashf qilinishidan naq 18-yil avvalroq sodir bo‘lgan edi. Xoll konstantasi RH - induksiyalangan elektr maydoni Ey ning, tok zichligi jx va Bz ko‘paytmasi bilan o‘zaro nisbatiga teng:
y o‘qi bo‘ylab yuzaga keladigan kuchlanish va tok kuchining o‘zaro nisbati xoll qarshiligi deyiladi. Xoll konstantasi ham, xoll qarshiligi ham qaralayotgan moddaning xossasi bo‘ladi. Xoll effekti magnit maydoni va tok tashuvchilarining zichligini o‘lchashda juda ham qo‘l keluvchi muhim fizik effekt bo‘lib chiqdi. Biz ataylab, «tok tashuvchilari» degan jumlani qo‘llamoqdamiz. Chunki, biz bilgan elektr tokini nafaqat elektronlar, balki boshqa turdagi zaryadlangan zarralar ham tashishi mumkin. Masalan, musbat zaryadlangan tok tashuvchilaridan teshiklarni eslash o‘rinli. Hozirgi kunda Xoll effektidan foydalanib ishlovchi qurilmalar talaygina. Xususan, magnit maydonini yoki suyuqlik oqimlarini qayd qiluvchi datchiklari, bosim datchiklari, hamda, avtomobilni o‘t oldirish taqsimlagichlari shular jumlasidandir. 1980-yilda nemis fizigi Klaus fon Klitsing kvant miqyosidagi Xoll effektini ham kashf qildi. Aniqlanishicha, kuchli magnit maydoni va past haroratlarda, xoll qarshiligining magnit maydoni bilan bog‘liqlik grafigida sakrashlar kuzatilar ekan Magnit maydonda harakatlanayotgan elektr zaryadga ta’sir Lorens kuchining mavjudligi X o l l e f f e k t i deb og‘diradi. Natijada plastinkaning tok va magnit maydon yo‘nalishiga parallel M va N sirtlarida zaryadlar to‘plana boshlaydi, sirtlar orasida U =ϕ1—ϕ2 potensiallar ayirmasi hosil bo‘ladi. Uning kattaligi U= Rh ihB ifoda orqali topiladi, bu yerda: h —plastinkaning kengligi, Rh— X o l l d o i m i y s i deb ataladigan kattalik bo‘lib, uning qiymati plastinka materialiga bog‘liq. Xoll effektini metallarning elektron nazariyasi asosida tushuntirish mumkin. Magnit maydon bo‘lmaganda plastinkadagi tok Eo elektr maydon bilan belgilanadi . Bu maydonning ekvipotensial sirtlari Eo vektorga perpendikular tekisliklardan iborat. Har bir sirtning barcha nuqtalaridagi potensial bir xil bo‘ladi. Shunday ekan, bir ekvipotensial sirtda yotgan a1 va a2 nuqtalardagi potensial ham bir xil va bu nuqtalar orasidagi potensiallar farqi nolga teng. Agar plastinka metalldan yasalgan bo‘lsa, u holda tok tashuvchilar erkin elektronlar bo‘lib, ularning tartibli harakat tezliklari u tok zichligi i vektori yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘ladi. Magnit maydon kiritilganda har bir elektronga plastinkaning M va N tomonlariga perpendikular bo‘lgan h tomoni bo‘ylab yo‘nalgan L F Lorens kuchi ta’sir etadi. Natijada elektronlar plastinkaning yuqori (M ) sirti tomon og‘adi. Bu hol M sirtda ortiqcha manfiy zaryadlarning, pastki N sirtda esa, mos holda, musbat zaryadlarning to‘planishiga olib keladi. Demak, qo‘shimcha Download 30.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling