Laboratoriya ishlari
Anionli kompleks birikmalar.
1 – tajriba. Kobalt va misni ammiak bilan kompleks birikmasini sintezlash va
fotometrik usulda o’rganish.
2 ta probirkaga 5 – 6 tomchi kobalt va mis nitrat tuzlari eritmasidan quying va uning ustiga 25
% li ammiak eritmasidan tomchilatib qo’shing. Hosil bo’lgan kompleks eritmaning rangini qayd
qiling. Hosil bo’lgan kompleks birikmani fotometrda optik zichligini aniqlang. Kompleks
birikmani hosil bo’lish reaktsiya tenglamalarini yozing.
2 – tajriba. Kaliy diiodoargentat K [Agl
2
] ning olinishi.
Probirkaga 3 tomchi kumush nitrat va 3 tomchi kaliy iodid eritmasidan soling – cho’kma hosil
bo’ladi. Keyin yana 3 tomchi kaliy iodid eritmasidan qo’shing – cho’kma erib ketadi.
Kumush iodidning hosil bo’lishi va ortiqcha kaliy iodidda kompleksning hosil bo’lish
reaktsiyalari tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |