Molekulyar orbitallar usuli metall ioni bilan ligandlar orasida kovalent, ionli va boshqa tur
bog‘lanishlar hosil bо‘lishini mantiqiy ravishda kо‘rsatib beradi. Binobarin, molekulyar orbitallar
Molekulyar orbitallar nazariyasining bir necha variantlari mavjud. Bular ichida AOCHK (atom
orbitallarining chiziqli kombinatsiyasi) nomli varianti kо‘p tarqalgan hisoblanadi. Bu variantga
muvofiq hosil bо‘layotgan birikmaning molekulyar orbitallari dastlabki moddalardagi atom
orbitallarning bir – biri bilan ma’lum tartibda о‘zaro qо‘shilish va ayrilish natijasida hosil bо‘ladi.
Molekulyar orbitallar usuli biror moddaning molekulyar tuzilishi sxemasini yaratishdan avval uning
kristall tuzilishini rentgen nurlar yordamida aniqlab olish zarurligini taqozo qiladi va nazariya
yaratishda bu ma’lumotlardan foydalanishni kо‘zda tutadi.
Agar sistemada bog‘lovchi molekulyar orbitallar (BMO) hosil bо‘lsa, dastlabki moddalarning
elektron buluti bir – birini maksimal (musbat) qoplaydi va ma’lum miqdorda energiya ajralib
chiqadi. Bо‘shashtiruvchi molekulyar orbitallar (BО‘MO) hosil bо‘lganda dastlabki moddalarning
elektron bulutlari bir – birini nafaqat qoplamaydi, aksincha, bir – biridan itariladi va bunday
orbitallar energiyasi qisman ortib ketadi. Uchinchi holda dastlabki atomlardagi elektron bulut
energiyasida о‘zgarish bо‘lmaydi, ular bog‘lamaydigan MO hisoblanadi.