Kompleks son tushunchasi
Download 462.5 Kb.
|
Kompleks sonlar
Kompleks sonlarReja: Kompleks son tushunchasi. Kompleks sonning ko’rinishlari. Kompleks sonni darajaga ko’tarish va undan ildiz chiqarish. Kompleks son tushunchasi. Tekislikda Dekart koordinatalar sistemasi berilgan bo’lsin. Abstsissalar o’qida joylashgan nuqtalar to’plamini Rx, ordinatalar o’qida joylashgan nuqtalar to’plamini Ry orqali belgilaylik. Ixtiyoriy xRx, yRy haqiqiy sonlardan (x,y) juftlikni hosil qilamiz. Bunda, agar y=0 bo’lsa, (x,0) =x deb qaraymiz. Bunday juftliklardan tashkil topgan C={(x,y): xRx, yRy} to’plamda arifmetik amallar kiritilishi mumkin. Agar (x1,y1)C, (x2,y2)C juftliklar uchun x1=x2, y1=y2 bo’lsa, bu juftliklar o’zaro teng deyiladi va (x1,y1)=(x2,y2) kabi belgilanadi. (x1,y1)C va (x2,y2)C juftliklarning yig’indisi quyidagicha aniqlanadi: (x1, y1) + (x2, y2) = (x1+x2, y1+ y2) (x1,y1)C va (x2,y2)C juftliklarning ayirmasi ham quyidagicha aniqlanadi: (x1, y1) – (x2, y2) = (x1-x2, y1- y2) Ko’paytirish va bo’lish amallari ham mos ravishda quyidagicha aniqlanadi. (x1,y1)(x2,y2)=(x1x2–y1 y2, x1y2+x2y1) Shunday qilib, C to’plam elementlari ustida to’rt amal qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallari kiritildi. Bu amallar quyidagi xossalarga ega: 1.Kommutativlik 2.Assotsiativlik 3.Distributivlik 4.Yuqorida keltirilgan C={(x,y): xRx, yRy} to’plam elementlari ustida arifmetik amallarning bajarilishi va ularning 1-3 xossalarga ega ekanligi, tabiiy ravishda C to’plam elementlarini son deb qarash imkonini yuzaga keltiradi. Odatda, C to’plam elementi (x,y) juftlik kompleks son deyiladi va u bitta harf bilan belgilnadi. z=(x,y) Demak, c to’plam kompleks sonlar to’plamini ifodalar ekan. Ma’lumki, xRx uchun (x,0)=x Bu esa haqiqiy son kompleks sonning xususiy holi ekanini bildiradi. Demak, RxC Download 462.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling