Kompleks sonlar


SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA’LIM YONDASHUVLARI


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana11.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1258335
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
kompleks sonlar mavzusi misolida nomatematik yonalishlardagi bakalavriat talabalarini oqitishda kompetentsiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish

SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA’LIM YONDASHUVLARI 
Pedagogik – psixologik hamda fanlarni o`qitish metodikalariga bag`ishlangan 
ko`plab adabiyotlarda o`quvchining individual xususiyatlarini ochib berishga 
uning qobiliyatlarini rivojlantirish qiziqishlarini e’tiborga olgan holda shaxs 
sifatida shakllanish ishiga yordam beruvchi yakka tartibda olib boriladigan ta’lim 
shaklini shaxsga yo`naltirilgan ta’lim deb qaraladi. 
Bu ta’lim o`z mohiyatiga ko`ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini 
to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta’lim loyihalashtirilayotganda
albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, mutaxassislik 


faoliyati bilan bog`liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni 
nazarda tutadi. Ta’lim tarbiya jarayonida qo`llaniladigan barcha usullar shaxsga 
qaratilganini e’tirof etgan holda alohida olingan o`quvchiga ta’limiy – tarbiyaviy 
ta’sir etish usulini ham shaxsga yo`naltirilgan ta’lim usuli deb ataymiz. Shaxsga 
yo`naltirilgan ta’lim asosini anglash va bir-birini tushunish tashkil etadi. An’anaviy 
ta’lim asosini tushuntirish tashkil etib, bu tushunchalar farqi quyidagicha 
sharhlanadi: tushuntirish – bitta sub’ekt, monolog; anglash – ikkita sub’ekt 
birbirini tushunishi, hamkorlik, dialogdir. 
Shaxsga yo`naltirilgan ta’lim asosini tushuntirishdan anglashga, monologdan 
dialogga, ijtimoiy nazoratdan rivojlanishga, boshqarishdano`z-o`zini boshqarishga 
o`tish tashkil etadi. Pedagog fanni o`quvchilar bilishiga emas, ularning hamkorlik 
qilishiga, ijodkorlik xususiyatlarini namoyon qilishiga erishishi kerak. O`quvchini 
pedagogik qo`llab-quvvatlash o`qituvchining asosiy vazifasi bo`lishi kerak. 
O`quvchining qo`yilgan masala ustida ijodiy izlanish, masalani tadqiq etishga 
tajribasi, imkoniyatlari, salohiyati yetarli emas. O`qituvchining maslahati va 
yordamiga 
muhtoj. 
O`qituvchining 
qo`llab-quvvatlashi 
Sh.Amonashvili 
ta’kidlashicha quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
- bolani sevish; 
- bola yashayotgan muhitni odamiylashtirish; 
- o`z bolaligini bolada ko`rish. 
Xorijiy psixologik tadqiqotlar pedagogning vazifasi bola shaxsini 
shakllantirishda, rivojlantirishda deb ta’kidlaydi. K.Rodjers fikriga ko`ra 
o`qituvchi sinfda o`quvchining individual rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhitni 
yaratish uchun quyidagilarga amal qilishi kerak: 
- o`quv jarayoni davomida o`quvchilarga to`la ishonchni namoyon qilishi; 
- har bir o`quvchi va sinf oldida turgan maqsad va vazifalarni aniqlashtirish va 
ifoda qilishda ko`maklashishi; 
- o`quvchilarda ichki rag`bat (motiv) mavjudligiga asoslanishi; 
- har bir o`quvchi uchun o`qituvchi turli tuman tajribalarga ega, zarur bo`lganda 
doimo murojaat etish mumkin bo`lgan manba bo`lishi; 


- o`qituvchi doimo o`quvchilar guruhi ruhiyatini sezishi va uni qabul qilishi; 
- guruhdagi o`zaro muloqotning faol ishtirokchisi bo`lishi; 
- o`z his-tuyg`ularini ochiq ifoda etishi; 
- har bir o`quvchi his-tuyg`ulari va kechinmalarini tushunishga erishishi
- o`z-o`zini va o`z imkoniyatlarini yaxshi bilishi. 
Shaxsga yo`naltirilgan ta’limni tashkil etuvchi o`qituvchi quyidagi talablarga 
javob berishi kerak: 
- bolaga, madaniyat va ijodga qadr qiymatli munosabatda bo`lishi; 
- insoniy pedagogik munosabatni namoyon qilishi; 
- bolaning ruhiy va jismonan sog`lig`ini saqlashi; 
- o`quv-rivojlantiruvchi va madaniy-axborot ta’lim muhitini yaratishi va muntazam 
boyitishi; 
- ta’lim mazmunini o`quvchi shaxsini shakllantirishga qarata takommillashtirishi; 
- o`quvchi shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli tuman 
pedagogik texnologiyalarni egallashi; 
- har bir o`quvchining o`ziga xos tomonlarini qo`lab-quvvatlashi va rivojlantirishi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling