Komponentning eritma ustidagi bug‘ bosimi


Download 86.5 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1509096
1   2   3
Bog'liq
21 Komponentning eritma ustidagi bug

4.Real eritmalar. Ideal va real eritmalardagi komponentning kimyoviy potensiali.
A va B komponentlardan tashkil topgan hamda bir xil va har xil molekulalar orasidagi ta’sir kuchlariga(A-A≠B-B≠A-B) teng bo‘lmagan eritmalarga real eritmalar deyiladi.
Real eritmalar ideal eritmalarning qonunlariga bo‘ysunmaydi. Ideal eritmalar qonunlariga ijobiy yoki salbiy (musbat yoki manfiy) chekinish sodir bo‘ladi. Agar real eritma ustidagi bug‘ bosimi xuddi shunday tarkibli real eritma ustidagi bug‘ bosimidan katta bo‘lsa Raul qonunidan ijobiy (musbat) chekinish past bo‘lsa salbiy (manfiy) chekinish bo‘ladi. Quyidagi rasmda Raul qonunidan manfiy va musbat chekinadigan sistemalarning diagrammalari keltirilgan.
Chekinish ishorasi va kattaligi erituvchi va erigan modda tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Har xil molekulalarning A-B orasidagi o‘zaro ta’sir energayasi bir xil molekulalar (A-A, B-B) orasidagi energiyadan kichik bo‘lsa ijobiy (musbat) chekinish sodir bo‘ladi. Bunda eritmadagi molekulalar orasidagi ta’sir kuchlari kichik bo‘lganligi uchun ular osonlik bilan bug‘ga aylanadi. Har xil molekulalar orasidagi energiya bir xil molekulalar orasidagi energiyadan katta bo‘lgan paytda esa manfiy(salbiy) chekinish sodir bo‘ladi.
Ideal eritmalardagidek real eritmalarda hosil bo‘lishida ham ΔGmix kamayadi, ΔSmix esa oshadi. Ammo ΔG va ΔS ning P va T ga bog‘liqligi ideal eritmalardagiga nisbatan murakkabroq bo‘ladi. Real eritmalarning hosil bo‘lishi issiqlik yutilishi yoki ajralishi, hajm va issiqlik sig‘imining o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. Shuning uchun real eritmalarda ΔG≠0, ΔS≠0 bo‘ladi. Ideal va real eritmalarda aralashish funksiyalari orasidagi farqga ortiqcha funksiyalar deyiladi. Real eritmalarda erituvchi ham, erigan modda ham Raul qonuniga bo‘ysunadi va shunday eritmalar uchun barcha konsentratsiyalarda kimyoviy potensial tenglamasini qo‘llash mumkin.
μA= μ˚A + РТлнχA; μБ = μ˚Б + РТлнχБ
Bunda χA va χB - erituvchi va erigan moddaning molyar ulushlari; μ˚A va μ˚B – erituvchi va erigan moddaning individual holatdagi standart kimyoviy potensiali quyidagi shaklda ifodalanadi:
μA= μ˚A+РТлнПAA˚= μ˚A+РТлнaA= μ˚A+РТлнχA+РТлнυA
μБ= μ˚Б+РТлнПББ˚= μ˚Б+РТлнaБ= μ˚Б+РТлнχБ+РТлнυБ
bunda P˚A va P˚B A va B moddalar ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi; PA va PB A va B moddalarning eritma ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi; aA va aB Ava B moddalar aktivliklari; υA va υB – aktivlik koeffisentlari. (χA→0, υA→1; χAaA, χБ→0; υБ→0, χБaБ).
Erituvchi uchun standart holat sifatida odatda toza erituvchaning holati, ya’ni χA=aA=1 holat nazarda tutiladi. Erigan moddaning standart holati esa uning cheksiz suyuqlikilgan eritmadagi holati inobatga olinadi. Bunday holatda ham χB=aB=1 bo‘ladi. Shunday qilib, erituvchi va erigan moddaning standart holatlari ularning aktivliklari mos keladigan cheksiz suyuqlikilgan eritmadagi holati bo‘ladi. aA=1, aB=1 bo‘lganda μA= μ˚A, μB= μ˚B bo‘ladi. Agar konsentratsiya molyallik orqali ifodalansa, unda:
Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling