Rang garmoniyasi tiplari
Tabiatdagi hamma narsa o`zining aniq rangiga ega. Tabiat yaratgan barcha narsani garmonik yaratilgan deb hisoblanadi. Tabiiy ranglar va ularning o`zaro birligi va aniq shakllar bunga misol bo`la oladi. Rassom san'at asarini yaratar ekan, garmonik rang munosabatlarini o`ylashi lozim. Bo`yoqlar joylashtirilganda ko`pincha muammo paydo bo`ladi. Nima uchun ba'zi ranglar bir – biri bilan yoqimli munosabat hosil qiladi, boshqasi esa ko`zni o`yib,asabni ko`zgatadi? Bu muammolarni hal qilishda rang halqasi va rang garmoniyasi qonuniyatlari to`g`risidagi bilimlar yordamga keladi.
Ranglarning garmonik aralashmasi kul rangni hosil qiladi. Bu siz tanlagan rang garmoniyasining to`g`riligini tekshirishga yordam beradi. Agar ikki, uch, to`rt xattoki oltita rangni aralashtirsak aniq garmoniya qonuniga ko`ra kul rang hosil bo`ladi. Birinchi bo`lib ranglar sistemasini Gyote tartibga keltirgan. U ranglarni sistemalashtirgan va bu amaliyotda qo`llanib kelinyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |