Kompozitsiya tushunchasi haqida
Perspektivaning asosiy qonunlari
Download 143.76 Kb.
|
КМПОЗ
Perspektivaning asosiy qonunlari
Perspektiva qoidalari ko`zimizning anatomik tuzilishi xususiyatlari bilan bog`liqdir. Ko`zning ichidagi tasvir yorug`lik, ya'ni jismdan tarkalayotgan yoki aks etayotgan elektro magnit tulkinlarning ta'siri ostida paydo bo`ladi. Ko`z gavhari orqali yorug`lik nurlari ko`zning to`rparda bilan qoplangan orqa devoriga tushadi. U yerdan (tur pardadagi) fotoretseptorlar (tayoqcha va kolbachalar) paydo bo`lgan tasvirni qabul qiladi va uni ko`rish nervlari orqali miyaning tegishli qismiga o`tkazadi. Faqat eng aniq va ravshan ko`rish sathiga tushgan narsalarnigina biz yaqqol ko`ramiz, chunki to`r pardaning birgina sariq dog` deb ataluvchi kichkina qismi eng kuchli sezish qobiliyatiga ega bo`lib, u ko`z soqqasi orka devorining qorachiq ro`parasiga joylashgan qismiga to`g`ri keladi. Eng kuchli ko`rish sathi O nuqta atrofida joylashgan. Eng yaxshi ko`rinish sathi ko`rish burchagining kattaligi, ya'ni nurlar konusining uchidagi burchagi bilan bog`liqdir. ( - rasm). Tik tekislikda ko`rish nurlarining burchagi 28-360 ga teng, bu harkimsaning shaxsiy anatomik ko`z tuzilishiga bog`liq. Gorizontal tekislikda esa ko`rish nurlarining bo`r chagi xiyol kattaroq bo`ladi. Rasm chizishda eng yaqqolko`rish satxini hisobga olish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki bundan muhim qoida kelib chiqadi: rasm chizuvchi bilan model o`rtasidagi masofa modelning eng katta o`lchovidan 2 - 2 1/2 marta katta bo`lishi zarur. Bu eng yaqqol ko`rish kobiliyatining birinchi asosiy qonunidir. Ikkinchi muhim qonuniyati shundan iboratki, narsaning ko`rinishidagi katta - kichikligi ko`z bilan narsa o`rtasidagi masofaga bog`liqdir. Kuzatuvchiga yaqinroqda joylashgan buyumlar kattaroq ko`rinida. Buni optikaning qonuni misolida tushinish mumkin. Masalan, buyum ob'ektivdan uzoqlashgan sari uning tasviri ekranga kichikroq bo`lib tushadi. Uchinchi qonuniyat shundan iboratki, buyum shakli to`g`risida olgan taassurotlarimiz buyumga nisbatan qarash nuqtasiga bog`liq bo`ladi. Buyumga oldidan, orkasidan, yoshidan, tagidan, ustidan qaraganda uni har gal har hil ko`ramiz. Perspektiva ana shunday qonuniyatlarga asoslangan. Perspektiv tasvir mohiyatini tushunish uchun, perspektivaning asosiy tushunchalari: ufq chizig`i, uchrashish nuqtalari, surat tekisligi (surat deb kuzatuvchining ko`zlari bilan buyum o`rtasidagi faraziy tekislikka aytiladi.) bilan tanishish lozim. Surat tekisligi deganda rasm chizayotgan kishi bilan tasvirlanayotgan narsa o`rtasidagi tekislik tushuniladi. masalan, derazadan tashqariga qaralsa, daraxt, ko`cha, uy va hokazolar ko`zga tashlanadi. Agarda, biz ko`rinayotgan narsalarning tasvirini oynaga chizsak ayni vaqtda oyna surat tekisligi vazifasini bajargan bo`ladi. Qisqasi, narsaning tasviri chizilayotgan yuza (qog`oz, mato, devor va xokazo) ni surat tekisligi deb yuritiladi. Surat tekisligi doimo ko`z nurlariga perpendikulyar bo`ladi. Perspektivaning muhim tushunchalaridan yana biri ufq tekisligi va ufq chizig`idir. Ufq tekisligi - ko`z balandligida tasavvurdan hosil qilinadiigan tekislikdir. Ufq chizig`i - bu ko`z balandligidagi chiziqdir. Ufq tekisligi kuzatuvchining bo`yi va holatiga (past, baldand) qarab pastda va yuqorida bo`lishi mumkin. Masalan, ochiq, keng maydonda osmon bilan yerning qo`shilib ketgan chegarasi ufq chizig`i bo`ladi. ( - rasm). Ma'lumki, to`g`ri chiziqlar fazoda turli holatni egallashi, masalan, surat tekisligiga parallel, og`ma va tik bo`lishi mumkin. Surat tekisligiga nisbatan burchak ostida joylashgan parallel to`g`ri chiziqlar kuzatuvchidan o`zoqlashgan sari bir-biriga yaqinlashib borib, ufq chizig`ining bir nuqtasida kesishadi. Bu nuqtani kesishish nuqtasi deb yuritiladi. Surat tekisligiga tik bo`lgan to`g`ri chiziqlar ufq chizig`ida tutashib markaziy tutashishi nuqtasini hosil qiladi. Mana shu fikrlar to`g`risida perspektivaning quyidagi qoidalarini belgilash mumkin: Har qanday narsalar kuzatuvchidan uzoqlashgan sari kichraygandek ko`rinadi. Surat tekisligiga parallel joylashgan gorizontal chiziqlar, hech vaqt o`z yo`nalishini o`zgartirmaydi. Surat tekisligiga parallel joylashgan tik chiziqlar har doim tik holatda tasvirlanadi. Surat tekisligiga parallel bo`lmagan, o`zaro parallel gorizontal chiziqlar (bu chiziqlar surat tekisligiga tik bo`lishi ham mumkin) perspektivada ufq chizig`ining biror nuqtasida kesishadi. Kishining ko`zi oldida (- rasm) turgan har bir buyumning oldingi tomoni kattaroq, uning davom etib ketadigan, ya'ni orqa tomoni kichikroq bo`lib ko`rinadi. Masalan, ikki qator qilib ekilgan daraxtning oldingi qatordagilari kattaroq undan keyingi qatordagilari kichikroq bo`lib ko`rinadi. Har bir jism ana shu tarzda ko`rinishiga perspektiva deyiladi. Perspektiva qonunini ko`chada, daladagina emas, balki ko`z o`ngimizda turgan har bir katta va kichik narsalarda, chunonchi, to`g`ri burchakli, tsilindrsimon va konussimon narsalarda ham ko`rish mumkin. Kvadrat surat tekisligiga nisbatan tik holda tursa, unda kvadratning ikki yon tomoni uzoqlashib, ufq chizig`ining bir nuqtasida kesishadi, va tasvirda kvadrat trapetsiyaga o`xshab qoladi. Uning qolgan ikki tomoni surat tekisligiga parallel bo`lgani uchun o`z yo`nalishini o`zgartirmaydi. Kvadrat surat tekisligiga nisbatan burchak holida qo`yilsa tasvirda ikkita tutashish nuqtasi hosil bo`ladi. ( - rasm). Agar usti aylana shakldagi biron-bir narsaga, masalan, piyolaga ustidan qarasak, uning aylana shaklidaligini ko`ramiz. Agar uni sekin-asta yuqori ko`tara boshlasak, aylana qismi ellips shakliga aylangandek tuyuladi. Uning ustki aylanasi ko`zimiz balandligiga yetganda esa, ellips to`g`ri chiziq bo`lib ko`rinadi.Aylana perspektivada ellipsga aylansa-da, uning eni o`zgarmaydi. ( - rasm). Download 143.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling