Kompyuter arxitekturasi Kompyuterlar klassifikatsiyasi Kompyuterning asosiy qurilmalari


Download 471.13 Kb.
bet2/3
Sana26.06.2023
Hajmi471.13 Kb.
#1655499
1   2   3
Bog'liq
Axborot xavfsizligi 18-dars

Kompyuterlar klassifikatsiyasi
Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u Hisoblovchi demakdir. Garchand u Hozirda faqat Hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida Ham amallar bajaradi. SHunga qaramasdan Hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron Hisoblash mashinalari), HM (Hisoblash mashinalari) terminlari Ham Hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, Hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq qo`llanilmoqda.
Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan
amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo`lish mumkin:
- super kompyuterlar (Super Computer);
- katta kompyuterlar (Mainframe Computer);
- mini kompyuterlar (Minicomputer);
- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal
Computer);
- bloknot (notebook) kompyuterlar.

Super kompyuterlar - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta Hajmdagi masalalarni echish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Bunday masalalar sifatida ob-Havoni global prognoziga oid masalalarni, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o`rganish masalalari, global axborot sistemalar va Hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo`llaniladi. SHuni qayd qilish lozimki, superkompyuterlarning ma’lum yo`nalish masalalarini echishga qaratilgan turlari Ham mavjud.


Katta kompyuterlar (Mainframe Computer)- fan va texnikaning turli soHalariga oid masalalarni echishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira Hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida A+SHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES / 9000, Frantsiyaning Borrous 6000, YAponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) Hajmi va bajaradigan amallar tezligi jiHatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog`ona pastdir. SHuni aytish joizki, ularning gabariti (Hajmi) tobora ixchamlashib, Hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari Harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy Hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi.
SHaxsiy kompyuterlar Hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir

Download 471.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling