Kompyuter falsafasi


Download 1.16 Mb.
bet2/143
Sana18.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1030589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
компютер фалсафа услубий.txt

Taqrizchilar: I.Rizayev
SamDAQ instituti “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi falsafa fanlari doktori Phd, dotsenti
X.Samatov
Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori Phd, dotsent
© TATU Samarqand filiali, 2022
© Samarqand, 2022
K IRISH
Bugungi kunda kompyuter texnologiyalarining mohiyatini aniqlash qay darajada muhim ekanligini tushuntirib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Fenomen sifatida kompyuter texnologiyalari avtomatlashtirilgan mashinalar va mehnat qurollari sifatida, sun’iy intellekt, internet olamidagi ijtimoiy makon va hatto ijtimoiy munosabatlar muhiti sifatida ham amal qiladi. Kompyuterning fenomenal xossalariga kompyuter va kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladigan bilimlar, kompyuter texnologiyalarini muhokama qilishda ishlatiladigan turli xil madaniy «matnlar» va kishilarning kompyuterdan foydalanish xulq-atvori kiradi.
Kompyuter texnologiyalarining mohiyatini anglab yetish kompyuter texnikasining tabiati nimada, inson faoliyatining boshqa sohalari – fan, san’at, injeneriya, loyihalash, amaliy faoliyat bilan kompyuter va kompyuter texnologiyalarining nisbati qanday, kompyuter va kompyuter texnologiyalari qachon paydo bo‘lgan va o‘z rivojlanish jarayonida qaysi bosqichlardan o‘tgan, ayrim faylasuflarning kompyuter sivilizasiyamizga tahdid solyapti, degan fikri to‘g‘rimi, inson va tabiatga kompyuter qanday ta’sir ko‘rsatadi, nihoyat, kompyuter texnologiyalarining rivojlanish va o‘zgarish istiqbollari qanday, degan savollarga javob olish imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida kompyuter texnologiyalariga falsafiy yondashish, hamda kompyuter falsafasining shakllanishiga olib kelmoqda.
Kompyuter falsafasi fanining asosiy maqsadi talabalarga kompyuter va texnologik sivilizasiya xususida hamda kompyuter taraqqiyotining inson hayotidagi roli va o‘rnini o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, ushbu fan kompyuterning gumanistik mohiyati, uning asosiy omillari, kompyuterning inson hayotidagi o‘rnini aniqlashga qaratilgan. Talabalarga texnika va kompyuter texnologiyalaridan foydalanganda o‘z-o‘zini anglagan holda to‘g‘ri fikrlash mahorati, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kompyuter falsafasi fani falsafaning umumnazariy masalalari, ekologiya, falsafa tarixi, fan falsafasi, ontologiya, gnoseologiya, metodologiya, mantiq, etika, estetika, sotsiologiya, politologiya, psixologiya kabi fanlar muammolari doirasi bilan uzviy bog‘langan.
Kompyuter falsafasi sohasida egallangan bilmlar muxandislik faoliyatida va ishlab chiqarishning gumanizasiyasini tashkil qilishda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi..
Ma’lumki, hozirgi davrda odamlarimiz, ayniqsa yoshlarimiz kompyuter va kompyuter texnologiyalariga mukkasidan ketib global ijtimoiy-tarmoqlardagi “jozibador” axborotlar ta’siriga berilishi, kebirterrorchilik, kebirjinoyatchilarning qurboniga aylanmoqda. Shu maqsadda fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimiz, bu “kasallikka” chalinmasligi, ularning ongi va qalbining sofligi, zararlanmasligi uchun tegishli mafkuraviy kurash olib borish, milliy g‘oya ruhida tarbiyalash oldimizda turgan asosiy masalalardan biriga aylanib bormoqda. Bunday masalalarni hal qilishda kompyuter falsafasi fanining o‘rni nihoyatda katta hisoblanadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda biz ham o‘z qullanmamizda kompyuter va kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda talaba-yoshlarlarning ma’naviy dunyoqarashini, g‘oyaviy immunitetini shakllantirishga qaratilgan uslubiy ko‘rsatmalar tarzida bayon etdek.
“Kompyuter falsafasi” fanidan seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishga va mustaqil ishlarni bajarish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan uslubiy qo‘llanma talabalar bilim, ko‘nikmalarini hosil qilishda va dars jarayonining mazmunini boyitishda muhimdir.
“Kompyuter falsafasi” fanidagi mavzularni o‘rganishda reja asosida mantiqiy yondashilganligi, nimalarga ahamiyat berish lozimligi, tavsiya qilingan mavzularni o‘rganishda qanday adabiyotlardan foydalanish mumkinligi, har bir mavzu sxematik tarzda ko‘rsatilishi, mavzuni takrorlash uchun savollarning qo‘yilganligi va mavzuni mustahkamlash uchun testlarning mavjudligi ushbu qo‘llanmaning qimmatini oshiradi, deb o‘ylaymiz.
Umuman olganda Kompyuter falsafasi kompyuter va texnologik taraqqiyotga doir ilmiy-metodologik masalalar strategiyasini aniqlab olishda va falsafiy fikr-muloxazalarni ilgari surishda muhim o‘rinni egallaydi. Kompyuter sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni gumanistik xususiyatlarini tadqiq etishda bu fan muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Siz ushbu fanni o‘rganish mobaynida orttirgan bilimlarni hayotda qo‘llab, ona Vatanga xizmat qilsangiz, intellektual salohiyatingiz bilan O‘zbekistonga shuhrat keltirsangiz, bunyodkor g‘oyalarga asos solib, katta kashfiyotlar qilsangiz, xalqimizning, Yurtboshimizning orzusini amalga oshirgan bo‘lasiz.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling