Kompyuter haqida nimalarni bilamiz


Download 45.73 Kb.
bet1/11
Sana18.02.2023
Hajmi45.73 Kb.
#1213414
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kompyuter haqida nimalarni bilamiz


Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni nashr etishda davom etamiz. Sahifamizda kompyuterlar va ularning rivojlanish odimlari haqida hikoya qilamiz.
Kompyuter haqida nimalarni bilamiz
Bugungi kunda hayotimizni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Ular bizga yozish, o‘qish, musiqa tinglash, film tomosha qilishimizga, ob-havo ma’lumotlari, internetdan foydalanish va hatto tibbiy tashhislar qo‘yishga yordam beradi. Kompyuterlar turlari shunchalik ko‘pki, yaqinda hatto muzlatgich yoki gaz plitasi ham to‘laqonli kompyuter bo‘lib qoladi. «Kompyuter» so‘zining o‘zi insoniyat tomonidan mana 115 yildan ortiq vaqt davomida foydalanilib kelishini ko‘pchilik bilmaydi. Bugun biz o‘quvchilarimizga kompyuter haqida qiziqarli faktlarni taklif etamiz.
Kompyuter (ingl. computer, «hisoblagich») — berilgan, aniq belgilangan ketma-ketl+96+66666666666666666666666666666666+666666666900ikda operatsiyalarni bajarishga qodir qurilma yoki tizimdir. Bu ko‘pincha raqamli hisoblashlar va ma’lumotlarni ishlab chiqish operatsiyalaridan iborat, biroq bunga kiritish-olish operatsiyalari ham kiradi. Operatsiyalar ketma-ketligi ta’rifi dastur deb ataladi.
Elektron hisoblash mashinasi, EHM — hisoblash va axborot masalalarini yechish jarayonida axborotni avtomatik ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi.
O‘zbek tili ilmiy adabiyotida qabul qilingan «EHM» nomi, kompyuter sinonimi hisoblanadi. Hozirgi kunda ushbu nom turmushda foydalanishdan deyarli siqib chiqarilgan va asosan raqamli elektronikada muhandislar tomonidan, yuridik hujjatlarda huquqiy termin kabi hamda tarixchilik mazmunida, 1940–1980 yillarda kompyuter texnikasini va shaxsiy qurilmalardan farqli ravishda, katta hisoblash qurilmalarini ifoda etish uchun foydalaniladi.
Elektron hisoblash mashinasi funksional qismlari sifatida elektron komponentlaridan foydalanishni nazarda tutadi, biroq kompyuter boshqa prinsiplarda ham qurilgan bo‘lishi mumkin — u mexanik qismlari holati o‘zgarishi, elektronlar, fotonlar harakatlari yoki boshqa fizik hodisalar hisobiga ishlab mexanik, biologik, optik, kvantli va shu kabi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ish bajarishi turiga qarab hisoblash mashinasi raqamli va analogli bo‘lishi mumkin.
Kompyuter so‘zi inglizcha compute, computer so‘zlari hosilasi hisoblanib, ular «hisoblash», «hisoblagich» (inglizcha so‘z o‘z navbatida lotincha computare — «hisoblash» so‘zidan kelib chiqadi) kabi tarjima qilinadi. Dastavval ingliz tilida ushbu so‘z mexanik qurilmalardan foydalanib yoki foydalanmasdan arifmetik hisoblashlarni amalga oshiruvchi insonni anglatgan. Keyinchalik uning mazmuni mashinalarning o‘ziga ko‘chiriladi, biroq zamonaviy kompyuterlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri matematika bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab vazifalarni bajaradi.
Birinchi bor kompyuter so‘zi talqini 1897-yilda Oksford ingliz tili lug‘atida paydo bo‘ldi. Uning tuzuvchilari o‘sha davrda kompyuterni mexanik hisoblash qurilmasi kabi tushunganlar. 1946-yilda lug‘at raqamli, analogli va elektron kompyuter tushunchalarini farq qilishga imkon beruvchi qo‘shimchalar bilan to‘ldirildi.
Kompyuterning qisqacha tarixi
Eramizdan 3000 yil avval — Qadimiy Vavilonda birinchi hisoblagich — abak kashf etildi. Eramizdan 500 yil avval — Xitoyda abakning yanada «zamonaviy» varianti, cho‘plarda danaklar bilan — suanpan paydo bo‘ldi. Eramizdan 87 yil avval — Yunonistonda «antikiter mexanizmi» — ixtisoslashtirilgan astronomik hisoblagichdan iborat bo‘lgan tishli uzatish asosidagi mexanik qurilma yaratildi.
1492-yil — Leonardo da Vinchi o‘zining kundaliklaridan birida o‘nta tishli halqalar bilan 13-razryadli yig‘indi qurilmasi eskizini keltiradi. Ushbu chizmalar asosida ishlovchi qurilma faqatgina XX asrda yaratilgan bo‘lsa ham Leonardo da Vinchi loyihasi haqiqatda amalga oshirilishi mumkinligi tasdiqlandi.
XVI asr — Rossiyada hisoblagichlar paydo bo‘ldi, unda simga taqilgan 10 ta yog‘och sharchalari bo‘lgan. 1623-yil — Tyubingen universiteti professori Vilgelm Shikkard tishli g‘ildiraklar asosida olti qatorli o‘nlik sonlarni qo‘shish va ayirish uchun, qurilmani («hisoblovchi soat») ishlab chiqadi. Kashfiyotchi hayotida qurilmani amalga oshirganligi aniq ma’lum emas, lekin 1960-yilda u qayta tiklanadi va o‘zini ancha yaxshi ishlashini ko‘rsatdi
1630-yil — Richard Delameyn doirali logarifmik lineykani yaratadi.
1642-yil — Blez Paskal «Paskalinu»ni — birinchi haqiqiy amalga oshirilgan va mexanik raqamli hisoblash qurilmasi kabi mashhur bo‘lgan qurilmasini taqdim etadi. Qurilmaning namunasi besh darajali o‘nlik raqamlarni qo‘shadi va ayiradi. Paskal mana shunday hisoblagichlarning o‘ndan ortig‘ini yaratadi, shu bilan birga, oxirgi modellari sakkiz o‘nlik darajali sonlarni hisoblaydi.
1673-yil — mashhur nemis faylasufi va matematigi Gotfrid Vilgelm Leybnits qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bajaruvchi mexanik kalkulyatorini yaratdi. Keyinchalik Leybnits ikkilik hisoblash tizimini ta’rifladi va agar ikkilik sonlar ma’lum guruhini bir-biri ostiga yozilsa, vertikal ustunlarda nollar va birlar doimiy takrorlanishini aniqladi. Bu kashfiyot matematikaning umuman yangi qonunlari mavjudligi fikriga olib keldi. Leybnits ikkilik kod mexanika tizimi uchun qulay mos degan fikrga keldi, u aralash faol va passiv oddiy sikllar asosida ishlashi mumkin. U ikkilik kodini mexanikada qo‘llashga urinadi va hatto uning yangi matematikasi asosida ishlovchi hisoblash mashinasi chizmasini yaratadi, lekin ko‘p o‘tmay, uning davri texnologik imkoniyatlari shunday mashinani yaratishga imkon bermasligini tushundi.
Taxminan shu paytning o‘zida Isaak Nyuton matematik tahlil asoslarini yarata boshlaydi.
1723-yil — nemis matematigi va astronomi Xri4estian Lyudvig Gersten Leybnits ishi asosida arifmetik mashinani yaratdi. Mashina bo‘linmani va sonlarni ko‘paytirishda qo‘shish ketma-ket operatsiyalari sonini hisoblaydi. Bundan tashqari, unda ma’lumotlarni kiritish to‘g‘riligini nazorat qilish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
1786-yil — nemis harbiy muhandisi Iogann Myuller vatandoshi Filipp Xaxn tomonidan o‘ylab topilgan pog‘onali valiklar asosidagi Leybnits mexanik kalkulyatorini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borish davomida ayirma metodi bilan hisoblanadigan logarifmlarni tabulyatsiya qilish uchun ixtisoslashtirilgan kalkulyator g‘oyasini ilgari suradi.
1801-yil — Jozef Mari Jakkar dasturli boshqarish bilan to‘quv stanogini quradi, uning ishlash dasturi perfokartalar komplekti yordamida beriladi.
1820-yil — arifmometrlarning birinchi sanoat ishlab chiqarilishi boshlandi. Birinchilik fransuz Tom de Kalmarga tegishli.
1822-yil — ingliz matematigi Charlz Bebbidj birinchi ayirma mashinasini (matematik jadvallarni avtomatik qurish uchun ixtisoslashtirilgan arifmometr) kashf etdi, lekin qura olmadi.
1840-yil — Tomas Fauler (ingl. Great Torrington) hisoblash uchlik simmetrik tizimi bilan yog‘och uchlik hisoblash mashinasini qurdi.
1855-yil — Stokgolmlik aka-uka Georg va Edvard Shutts (ingl. George & Edvard Scheutz) Charlz Bebbidj ishlari asosida birinchi ayirma mashinasini qurdilar.
1876-yil — rus matematigi P. L. Cheboshev tomonidan o‘nliklarni uzluksiz berish bilan yig‘indi chiqaruvchi apparat yaratildi. 1881-yilda uning o‘zi apparatga ko‘paytirish va bo‘lish uchun qo‘shimcha (Cheboshev arifmometri)ni yaratdi.
1884–1887 yillar — Xollerit elektr quvvatida ishlovchi tabulyatsiya tizimni yaratadi, undan 1890 va 1900-yillarda AQSH’da va 1897-yilda Rossiya imperiyasi aholisini hisoblashda foydalanildi.
1927-yil — Massachuset texnologik institutida (MIT) Venivar Bush tomonidan mexanik analog kompyuteri yaratiladi. 1938-yil — muhandis Konrad Suze 1935-yilda Berlin politexnika institutini tamomlagandan so‘ng ko‘p o‘tmay, Z1 deb atalgan o‘zining birinchi mashinasini quradi (uning hammuallifi sifatida Gelmut Shreyer (Helmut Schreyer) ham tilga olinadi). Bu to‘la mexanik dasturlashtiriladigan raqamli mashina. Model sinov namunasi bo‘lgan va amaliy ishda foydalanilmagan. Uning qayta tiklangan versiyasi Berlindagi Germaniya texnika muzeyida saqlanadi.
1941-yil — Konrad Suze zamonaviy kompyuter barcha xususiyatlariga ega birinchi Z3 hisoblash mashinasini yaratadi. 1942-yil — Ayova shtati Universitetida Jon Atanasov va uning aspiranti Klifford Berri (ingl. Clifford Berry) AQSH’da birinchi AVS elektron raqamli kompyuterini yaratadilar (aniqrog‘i — ishlab chiqadilar va yig‘a boshladilar). Ushbu mashina oxirigacha yetkazilmagan bo‘lsa ham (Atanasov harakatdagi harbiy xizmatga ketdi), tarixchilar yozishlaricha u ikki yil keyin ENIAK EHM’ni yaratgan Jon Mokliga katta ta’sir ko‘rsatdi.
1943-yil boshi — Amerika XDF murakkab ballistik hisoblashlarini bajarishga mo‘ljallangan Mark I dastlabki amerika hisoblash mashinasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
1943-yil oxiri — Colossus maxsus mo‘ljallangan britaniya hisoblash mashinasi ishlay boshladi. Mashina maxfiy kodlarni tahlil qilish ustida ishladi.
1944-yil — Konrad Suze yanada tezroq ishlovchi Z4 kompyuterni hamda birinchi yuqori darajadagi Plankalkyul dasturlash tilini yaratadi.
1946-yil — birinchi ENIAK universal elektron hisoblash mashinasi yaratildi.
1957-yil — amerikaning NCR firmasi birinchi tranzistorlarda ishlaydigan kompyuterni yaratdi.
1958-yil — N. P. Brusentsov hamfikrlari guruhi bilan hisoblash pozitsion simmetrik uchlik tizimi bilan «Setun» birinchi uchlik EHM’ni yaratdi.
Мura qonuni va zamonaviy kompyuterlar
Integral sxema kashf qilinganidan so‘ng kompyuter texnikasi rivojlanishi keskin tezlashdi. 1965-yilda Intel kompaniyasi tashkilotchilaridan biri Gordon E. Mur bilib qolingan ushbu empirik holatni uning nomi bilan Mur qonuni deb atadilar. Kompyuterni kichiklashtirish jarayoni ham shunday jadal tezlikda rivojlanadi. Birinchi elektron-hisoblash mashinalari (misol uchun, 1946-yilda yaratilgan ENIAK kabilar) butun bir katta xonani talab qiluvchi, tonnalab og‘irlikdagi juda katta va muvaffaqiyatli ishlashi uchun ko‘p sonli xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni talab etuvchi qurilmalar bo‘lgan. Ular juda ham qimmat bo‘lib, faqat hukumat va katta tadqiqotchilik tashkilotlari ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan. Ular shunday kamyob, nodir bo‘lganki, go‘yo mana shunday tizimlar kichik qismi istalgan bo‘lajak ehtiyojlarni qondirishi mumkin deb o‘ylaganlar. Mana shu mazmunda zamonaviy kompyuterlar — ancha katta quvvatli va ixcham hamda arzon kompyuterlar — haqiqatda har yerda hozir bo‘lib qoldi.
PDP-11/40 Kompyuteri
Zamonaviy kompyuterlarni vazifasiga qarab turlarga ajratish
• Каlkulyator• Konsolli kompyuter• Minikompyuter
• Meynfreym
• Shaxsiy kompyuter
• Ish joyi kompyuteri
• Noutbuk (Leptop)
• Subnoutbuk
• Netbuk
• Smartbuk
Planshetli kompyuter
• Planshetli shaxsiy kompyuter
• Ingichka shaxsiy kompyuter (Slate PC)
• Ultramobil ShK
• Internet-planshet
• Elektron kitob (qurilma)
• O‘yin pristavkasi (O‘yin konsoli)
• Cho‘ntak kompyuteri (KPK)
• Kommunikator
• Smartfon
• Qo‘l kompyuteri
Ishchi stansiya
• Server
• Superkompyuter
Коmpyuterlar evolyutsiyasi. Bundan keyin nima bo‘ladi
Birinchidan, kompyuterlar faqat hisoblashlar uchun yaratilgan (bu holat «kompyuter» va «EHM»larda aks ettirilgan). Eng oddiy kompyuterlar ham ushbu sohada insonlardan (ba’zi noyob odam-hisoblagichlarni hisobga olmasak) ko‘plab marta ustun. Maxsus matematik hisoblashlarni bajarish uchun yuqori darajali dasturlash tili bejiz Fortran bo‘lmagan.
Ikkinchidan, ulkan qo‘llanilishi ma’lumotlar bazasi bo‘lgan. Birinchi navbatda, ular hukumatlar va banklar uchun kerak bo‘lgan. Ma’lumotlar bazasi axborotni kiritish-olish va saqlash rivojlangan tizimlari bilan yanada murakkab kompyuterlarni talab qiladi. Mana shu maqsadda, Kobol tili ishlab chiqiladi. Keyinchalik dasturlashtirish o‘z shaxsiy tillari bilan SUBD’lar paydo bo‘ldi.
Uchinchidan, qo‘llanilishi turli qurilmalarni boshqarishdan iborat bo‘ldi. Bu yerda rivojlanish tor ixtisoslashtirilgan qurilmalardan (ko‘pincha analogli) asta-sekin boshqaruvchi dasturlar ishga tushiriladigan standart kompyuter tizimlarini tatbiq etish bilan boradi. Bundan tashqari, borgan sari texnikaning katta qismi boshqaruvchi kompyuterni o‘z ichiga ola boradi.
To‘rtinchisidan. Kompyuterlar juda tez rivojlanib ofisda ham va uyda ham asosiy axborot vositasi bo‘lib qoldi. Endi axborot bilan deyarli har qanday ishlar — matn terish bo‘lsin yoki filmlarni tomosha qilish bo‘lsin ko‘pincha kompyuter orqali amalga oshiriladi. Bu axborotni saqlashga ham va uni aloqa kanallari bo‘ylab jo‘natishga ham taalluqli. Zamonaviy uy kompyuterlari asosiy qo‘llanilishi — Internetdan foydalanish va o‘yinlardan iborat.
Beshinchidan. Zamonaviy superkompyuterlar murakkab fizik, biologik, meteorologik va boshqa jarayonlarni kompyuterli modellashtirish va amaliy masalalarni yechish uchun foydalaniladi. Misol uchun, yadro reaksiyalarini yoki iqlim o‘zgarishlarini modellashtirish. Ba’zi loyihalar ko‘p sonli nisbatan bo‘sh kompyuterlar bir vaqtda umumiy masalaning kichik qismlari ustida ishlab, shu tariqa juda qudratli kompyuter hosil qilganda, taqsimlangan hisoblashlar yordamida amalga oshiriladi.
Eng murakkab va kompyuterlarni qo‘llash bo‘sh rivojlangan tomoni sun’iy intellekt — kompyuter aniq belgilangan ortiqmi yoki kammi oddiy algoritm bo‘lmagan masalalarni yechish uchun qo‘llash qurilmasi hisoblanadi. Mana shunday vazifalarga misollar — o‘yinlar, matnni mashina yordamida tarjima qilish, ekspert tizimlari.

Kompyuter haqida umumiy ma’lumot



Download 45.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling