Kompyuter ilmlari va dasturlash texnalogiyalari (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxasisligi 2-bosqich magistranti Abdiyeva Yulduzxon Ulug’bek qizining “Bo’lajak mutaxassilarning


Download 16.34 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi16.34 Kb.
#1373193
Bog'liq
Rahbar xulosasi123456789


70610101-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnalogiyalari (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxasisligi 2-bosqich magistranti Abdiyeva Yulduzxon Ulug’bek qizining “Bo’lajak mutaxassilarning kasbiy komponentligini shakllantirishga yo’naltirilgan zamonaviy elektron o’rgatuvchi darslik yaratish” mavzusidagi magistirlik dissertatsiya ishiga ilmiy rahbarning


RAHBAR XULOSASI

Hozirgi paytda nafaqat oliy ta’lim o‘quvchilari uchun darslik, o‘quv qo‘llanma, o‘quv materiallari yaratish, balki, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun uslubiy qo‘llanma hamda o‘qitish metodikalarini yaratish ham dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Fanlar bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv-uslubiy adabiyotlarning ma’lum qismining tuzilishi va mazmuni ta’lmi talablariga mos kelmasligi ham muammo bo‘lib kelmoqda.O‘qituvchilarining uslubiy ishlarini tashkil etish va boshqarish metodikasini ishlab chiqish, yangi pedagogik va kompyuter texnologiyalari asosida o‘quv adabiyotlarini yaratish ham asosiy muammolardan hisoblanadi.Hozirgi davrda ixtisoslik va maxsus fanlardan o‘quv-uslubiy adabiyotlarning zamonaviy avlodini yaratish va joriy etish hamda elektron darsliklarni ishlab chiqish jarayonini tashkil etish metodikalarini ishlab chiqish asosiy dolzarb vazifalardan hisoblanadi.Yuqoridagi tahlillar hozirgi davrda ixtisoslik va maxsus fanlardan zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan, elektron darsliklar yaratish va amalga joriy etish metodikalarini ishlab chiqish asosiy vazifalardan ekanligini ko‘rsatdi hamda tanlangan mavzuning dolzarbligini aniqladi.


Magistrlik dissertatsiya ishining maqsadi: Ixtisoslik fanlaridan zamonaviy elektron ta’lim resurslarni yaratish va amalga joriy etish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Magistrlik dissertatsiya ishining ob’ekti: Ixtisoslik fanlaridan elektron ta’lim resurslarni yaratish va o‘quv jarayoniga qo‘llash.
Magistrlik dissertatsiya ishining tuzilishi va hajmi. Magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat holda yoritib berilgan. Bitiruv ishida 8 ta rasm hamda 40 ga yaqin adabiyotlardan foydalanilgan. Ishning hajmi 125 betni tashkil etadi.
Magistrlik dissertatsiya ishining predmeti: Ixtisoslik fanlaridan elektron ta’lim resurslarni yaratish jarayonining ilmiy–tashkiliy hamda amaliy jihatlarini tadqiq etish.
Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iboratdir.
Ishning kirish qismi magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqot maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi kabilardan tashkil topgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ixtisoslik fanlaridan elektron ta’lim resurslarini yaratishning nazariy asoslari mavzuning boshlangʻich va asosiy tushunchalari keltirilgan.
Ikkinchi bobda web dasturlash fanidan elektron ta’lim resurslarini yaratish jarayonini tashkil qilish va amalga joriy etish haqida maʼlumotlar berilgan.
Ishning uchinchi bobida web dasturlash fanidan elektron ta’lim resurslarining ta’lim jarayonidagi ta’sirini o‘rganish, pedagogik samaradorligini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o‘tkazish va tahlil qilish.
Abdiyeva Yulduzxon Ulug’bek qizining magistrlik dissertatsiya ishi belgilangan talablar asosida yakunlangan, unga qo`yilgan talablarga javob beradi va magistrlik dissertatsiya ishini himoya qilishga tavsiya etaman.

Ilmiy rahbar: PFD dotsent.Murodova F.R.
Download 16.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling