“kompyuter injiniring” fakulteti “Elektronika va sxemalar” fanidan
Download 123.26 Kb. Pdf ko'rish
|
“Elektronika va sxemalar” Ma\'rufjonov Maqsudjon 691 21 2
Elektronika yangiliklar: Joriy yilning 27-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi fizika fani boʻyicha yangi elektron darsligini taqdim etdi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021-yilda fizika va chet tillarini oʻrganishni ilm-fan yoʻnalishida ustuvor yoʻnalish etib belgilab berdilar. “Agar tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos boʻlganini koʻramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi”, - deb taʼkidlagan edi davlatimiz rahbari. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh oʻqituvchilari hamda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati bilan hamkorlikda fizika fani boʻyicha yangi elektron darsligini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Darslikni yaratishda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati raisi oʻrinbosari, texnika fanlari doktori, professor Muhitdinov Muhsin Moʻminovich, hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchilari Norqobilov Farhod, Qutlimurodov Bekmurod, Mirgʻiyozov Mirjambil va Fayziyev Ibrohimlar ish olib borishmoqda. Elektron darslikning asosiy maqsadi oʻquvchilarning fizika faniga boʻlgan qiziqishini oshirish va oʻqitish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuni taʼkidlash kerakki, yangi elektron darslik oʻquvchilarning bilim olishlari uchun qoʻshimcha manba sifatida xizmat qiladi. Ma’rufjonov.M Yangi loyiha odatiy oʻquv darslariga qatnasha olmaydigan nogironligi bor oʻquvchilar uchun uy sharoitida fizika fanini mustaqil oʻrganish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, mamlakatimizning chekka hududlarida ham fizika fanini samarali oʻqitish imkoniyati yaratiladi. Elektron darslik oʻquvchilarga maktab darsligida berilishi imkoni boʻlmagan maʼlumotlarni yetkazish mumkin. Abituriyentlar darslikdan oliy taʼlim muassasalarining kirish imtihoniga tayyorgarlik koʻrishlari uchun yordam beradi. Darslik elektron boʻlgani uchun uni muntazam yangilab va toʻldirib borish imkoniyati mavjud. Fizika boʻyicha elektron darslik maʼruza matni, video darslar, taqdimotlar, topshiriqlar, laboratoriya ishlari va testlardan iborat. Maʼruza matnlari qoʻshimcha maʼlumotlar, mavzuga oid rasmlar va animatsiyalar bilan boyitilgan. Oʻquvchilar topshiriqlar, test va laboratoriya ishlari yordamida nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Elektron darslikdagi har bir mavzuni tushuntiruvchi video darslar, koʻp yillik bilim va tajribaga ega boʻlgan oʻqituvchilar tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oʻtilgan. Video darslarda alohida zamonaviy texnologiya va laboratoriya jihozlaridan foydalanilgan. Darslikda berilayotgan topshiriqlar oʻquvchilarni PISA xalqaro tadqiqotlar monitoringiga tayyorlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, ushbu topshiriqlarni tuzishda PISA xalqaro baholash dasturi tomonida ochiq holatda berilgan test va masalalardan foydalanilgan. Fizika laboratoriya ishlari virtual shaklda berilgan. Laboratoriya ishlarini virtual shaklda berilishi oʻquvchilarni fizika fanidagi har bir mavzuni chuqur oʻrganish, mavzuda bayon qilingan jarayonlarni bevosita kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, virtual laboratoriya ishlarini maktablarda qoʻllanilishi oʻquvchilarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish koʻnikmasini shakllantiradi. Virtual laboratoriya ishlari oʻquvchi uchun mutlaqo xavfsiz boʻlib, hech qanday zarar keltirmaydi, shuning uchun oʻqituvchi nazoratisiz oʻquvchilar mustaqil tajribalar oʻtkazishlari mumkin. Darslikdagi mavzular nafaqat fizika fani boʻyicha, balki fanlarning oʻzaro integrallashgan holda yoritilgan. Jumladan, 5-6 sinflarda fizika fanini tabiiy fanlar bilan oʻzaro bogʻlangan holda tushuntirilgan. Dastur interfeysi qulay koʻrinishga va zamonaviy dizaynga ega. Elektron darslikdan istalgan operatsion tizimda va qurilmada foydalanish mumkin. Yangi elektron darslik oʻquvchilar tomonidan fizika fanini chuqur oʻzlashtirishi uchun zamin yaratadi va fizika jarayonlarini toʻliq tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda fizika boʻyicha elektron darslikning 5-6-sinflar uchun maʼruza matni kitob koʻrinishida nashrdan chiqarilib Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabida sinovdan oʻtmoqda. Sinov jarayonida darslik takomillashtiriladi. Sinov yakunlanganidan keyin elektron darslikni umumtaʼlim maktablarida ham joriy qilish mumkin boʻladi . Download 123.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling