Stabilitronning quyidagi guruhlari mavjud:
Umumiy maqsad uchun qo’llaniladigan maxsus termokompensatsiyalangan pretsizionli (aniq kuchlanish qiymati talab qilinadigan sxemalar uchun);
* IMPULSLI
* IKKI ANODLI
* STABISTORLAR
Tadqiq etish uchun berilgan stabilitron pasportidan uning turi va asosiy parametrlarini (minimal va maksimal barqarorlash toklari (Ist,min va Ist,max); o’rtacha barqarorlash kuchlanishi (UST); differentsial qarshilik (Rd,st) qiymatlari va h.k.) kuzatish daftaringizga yozib oling. Stabilitron parametrlarining ruxsat etilgan eng yuqori qiymatlaridan foydalanib, o’lchash sxemasini ta'minlovchi kuchlanish manbai chiqish qiymatini o’zgarishi kerak bo’lgan oralig’ini va o’lchov asboblari (ampermetr va voltmetrlar)ning chegaraviy qiymatlarini aniqlang. Sxemada stabilitron tokining yuqori qiymatini cheklash uchun unga RB rezistor ketma-ket ulanadi.
XULOSA
Mening ushbu mavzu bo’yicha xulosam shundan iboratki Stabilitronlar elektr zanjirining maʼlum qismidagi kuchlanishni birday tutib turish (barqarorlash) uchun ishlatiladigan ikki elektrodli gaz razryadli yoki yarim oʻtkazgichli asbob (diod) hisoblanadi. Masalan o’zgaruvchi elektr tokini o’zgarmas qilib yetkazib beradi va yana uning imkoniyatlaridan biri shundaki kuchlanishni balandroq qilib beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Aripov X.K., Abdullayev A.M., Alimova N.B., Bustanov X.X., Toshmatov Sh.T. Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtitish (darslik). Toshkent .: «Aloqachi», 2017y.
2.Aripov X.K., Abdullayev A.M., Alimova N.B., Maxsudov J.T., Toshmatov Sh.T. Elektronika va sxemotexnika (darslik) Toshkent .: «Aloqachi», 2017y, 376 b. 3.Aripov X.K., Аbdullaev А.М., Alimova N.B., Bustanov X.X., Toshmatov Sh.T. “Sxemotexnika” (darslik), Toshkent. «Tafakkur bo`stoni», 2013, 447 b.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |