Kompyuter injiniringi ” fakultеti 1 bosqich mki-11-21 guruh magistranti xujakulov Anvarning


Ilmiy rahbar vazifalariga quyidagilar kiradi: – talabaning ish rejasini tuzishda unga yordam berish


Download 26.07 Kb.
bet2/2
Sana27.01.2023
Hajmi26.07 Kb.
#1130192
1   2
Bog'liq
3-mustaqil ish Z.Uzoqov

Ilmiy rahbar vazifalariga quyidagilar kiradi: – talabaning ish rejasini tuzishda unga yordam berish;
– talabaga tizimli ravishda maslahatlar berib borish uchun tegishli jadvalni tuzish. Bunda ilmiy rahbar talabaga haftasiga kamida 1 marta maslahat berishi ko‘zda tutilishi lozim; – tadqiqot uslublarini tanlash va ularni qo‘llashda talabaga ko‘maklashish; – talaba tomonidan ish rejani bajarilishini nazorat qilish va talabani baholab borish; – dastlabki himoya sanasidan kamida 3 kun oldin dissertatsiyaga yozma taqriz berish. Dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbarning o‘zgartirilishi talabaning ularni o‘zgartirish sabablari asoslantirilgan yozma arizasi asosida oliy ta’lim muassasasining o‘quv-uslubiy kengashi qarori bilan amalga oshiriladi va oliy ta’lim muassasasining rektori buyrug‘i bilan yangi dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar tayinlanadi. Dissertatsiya mavzusini o‘zgartirishda ilmiy rahbarning roziligi hisobga olinadi. O‘zgartirilgan dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar to‘g‘risidagi ma’lumot 1 hafta muddatda talabalar familiyasi, ismi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi. Ilmiy rahbar magistrantga ma`lum darajada ilmiy va uslubiy yordam beradi, ishning bajarilishini muntazam nazorat qiladi va o`zgartirishlar kiritadi, ishning tayyorlanganlik darajasi to`g`risida xulosa beradi. Dissertatsiyaning bajarilish darajasini umumiy nazorat qilib borish va ilmiy-uslubiy yordam berish kafedra mudiri tomonidan amalga oshiriladi. Magistrlik dissertatsiyasi mazmuniga ko`ra quyidagi masalalarni qamrab olishi kerak: – tanlangan mavzuning ilmiy-nazariy ahamiyati, dolzarbligi; – muammoning maxsus adabiyotlarda o`rganilganlik darajasi; – tadqiqot obyektlaridagi mavjud holatni baholash va muammolarni hal qilishning asosiy yo`nalishlari bo`yicha xulosa chiqarish; – tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo`yicha aniq takliflar berish.
. Dissertatsiyaning tarkibi va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar Magistrlik dissertatsiyasi tuzilishi va mazmuni Magistrlik dissertatsiyasi magistrlik dissertatsiyasi ish bo`lib, nazariy ahamiyati, mavzuning dolzarbligi va olingan natijalarning amaliy ahamiyatga molikligi bilangina emas, balki umumiy uslubiy tayyorgarlik darajasi va rasmiylashtirilishiga ko`ra ham baholanadi. Dissertatsiyaning tuzilishi, mazmuni, ilmiy ahamiyati kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan muhokama qilinadi, uning mazmuni bo`yicha ayrim tuzatishlar kiritilishi va kamchiliklari ko`rsatilishi mumkin. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishida quyidagilar alohida-alohida qismlar sifatida rasmiylashtiriladi: – dissertatsiyaning titul varag`i (3- ilovaga qarang); – ikki tildagi (o‘qitish tili va ingliz tilida) dissertatsiyaning qisqacha annotatsiyasi; – dissertatsiya mazmunining mundarijasi (4 -ilovaga qarang); – kirish; – dissertatsiyaning asosiy qismi (2-3 bobdan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi); – xulosa; – foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati; – ilovalar (agar zarurat bo`lsa). Umuman magistrlik dissertatsiyasi yakuniy ichki yaxlitlikka ega bo`lgan va tanlangan mavzuni to`la yoritish hamda natijalarini ifoda etuvchi magistrlik dissertatsiyasi ishi ko`rinishida bo`ladi. Dissertant magistrlik dissertatsiyasida olingan axborotni matn shaklida berish orqali uning ilmiy va amaliy ahamiyatini asoslaydi. Magistrant mavzuga doir tarixiy manbalar, adabiyotlar va nazariy muammolarni yorituvchi adabiyotlarni o`rganib, ularni tahlil qilib dissertatsiyaning tegishli boblariga asos sifatida kiritadi. Titul varag`i dissertatsiyaning birinchi beti hisoblanadi va qat`iy qoidalar asosida to`ldiriladi. Titul varag`idan keyin dissertatsiyaning mundarijasi joylashtiriladi. Mundarijada boblar, paragraflar va magistrlik dissertatsiyasining barcha boshqa qismlari, asosiy matndagi sarlavhalar va bet raqamlaridan boshqacha shaklda yoki izchillikda va shuningdek, qisqartirib berilishi mumkin emas. Mundarijadagi sarlavhalar asosiy matndagi sarlavhalar bilan bir xilda bo`lishi shart. Boblar va paragraflar 14 nomi, shuningdek ularning izchilligi dissertatsiya matni bilan to`liq mos kelishi shart. Magistrlik dissertatsiyasi zarur hollarda arxiv manbalari, respublikamiz va xorijda chop etilgan adabiyotlar tahlili asosida yozilishi kerak. Yig`ilgan hamda tahlil qilingan materiallar magistrantga hal qilinadigan masalalar, muammolarni aniqlash va shunga muvofik xulosa chiqarish imkonini beradi. Shunday qilib, rejaga muvofiq tuzilgan boblar magistrlik dissertatsiyasi mazmunining asosiy g`oyasini ifodalaydi. Xulosa qismi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining 10-15 foizni tashkil qiladi. Tadqiqot natijasida olingan xulosalar va takliflarning eng muhimlari ishning oxirida, ya`ni xulosa qismida aks etadi. Dissertatsiyaning titul varag‘i, annotatsiyasi, mundarijasi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatining namunaviy shakli mazkur Nizomning 2-, 5-ilovalarida keltirilgan. Dissertatsiyaning kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: – tadqiqot mavzusining dolzarbligi; – mavzuning o`rganilish darajasi; – magistrlik dissertatsiyasining maqsad va vazifalari; – tadqiqotning obyekti; – tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari; – tadqiqotning manbalari; – tadqiqotning ilmiy yangiligi; – tadqiqot joriylanishi; – tadqiqot natijalarining e`lon qilinganligi; – tadqiqotning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati; – tadqiqotning tarkibiy tuzilishi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni tegishli tarzda boblarda umumiy-nazariy masalalar o`zaro mantiqiy bog`liqligida beriladi. Asosiy qism kamida 3 bobdan iborat bo‘lib, bunda tadqiqot masalalari to‘liq yoritilishi lozim. Asosiy qismning boblari hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: – tadqiqot mavzusi bo‘yicha boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlilini; – talaba tomonidan olib borilgan tahliliy ishlarning tavsifi, tadqiqot olib borishda qo‘llanilgan uslublar hamda tadqiqot vositalarining bayonini; 15 – dissertatsiyada talabaning ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning dolzarb muammolarini hal etishga qo‘shgan shaxsiy hissasini; – tadqiqot natijalari va ularning muhokamasini. Dissertatsiyaning xulosa qismida barcha qismlarda bayon etilgan tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot muammosining yechimi ko‘rsatilishi lozim. Ushbu qism 4 betdan oshmasligi kerak. Dissertatsiyaning ilova qismiga uning mazmun mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lmagan, qo‘shimcha sifatida qaraluvchi ma’lumotlar kiritiladi. Bunda ilovaning hajmi dissertatsiya umumiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi lozim. Dissertatsiyada talabalar professional etika qoidalarini buzilishiga (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata keltirish) yo‘l qo‘ymasliklari lozim. Foydalanilgan manba va adabiyotlarning bibliografik ro`yxati magistrlik dissertatsiyasining asosiy elementi bo`lib, unda foydalanilgan manbalar ro`yxati beriladi va u xulosa qismidan keyin joylashtiriladi. Har bir manba bo`yicha: – foydalanilgan adabiyotning ro`yxat bo`yicha tartib raqami; – muallifning familiyasi, ismi va otaismi; – monografiyaning nomi, me`yoriy ma`lumotnomalar; – nashr qilingan joy va nashriyot nomi; – chop etilgan yili; – qancha betdan iboratligi ko`rsatilishi shart (7-ilovaga qarang). Dissertatsiya qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oralig‘ida yozilishi lozim, har bir bet hoshiyasi: yuqoridan, pastdan va o‘ngdan 2 sm, chapdan 3 sm bo‘lishi, xatboshi besh yoki olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi lozim. Magistratura mutaxassisligi xususiyatidan kelib chiqqan holda dissertatsiya tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi o‘zgartirilishi va kengaytirilishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi ishni rasmiylashtirish qoidalari va uni bajarish bo‘yicha ko`rsatmalar 1. Magistrlik dissertatsiyasi kompyuterda Times New Roman garniturasida 1,5 intеrvаlda, 14 shriftda, chаp tоmоndаn 3 sm, o‘ng tоmоndаn 1 sm, yuqоridаn 2,5 sm, quyidаn 2,5 sm qoldirish asosida rasmiylashtiriladi. 2. Magistrlik dissertatsiyasi ishning umumiy hajmi 80-90 bet bo‘ladi. 3. Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablar asosida rasmiylashtiriladi. 4. Undа mavzuga doir so‘nggi yangiliklar, ilmiy qarashlar, innovatsiyalar, shахsiy tаjribаlаr, fikr-mulоhаzаlаr o‘z ifоdаsini tоpgаn bo‘lishi kеrаk. 5. Titul vаrоg‘idа quyidаgilаr o‘z ifоdаsini tоpishi shаrt: − universitet vа kаfеdrаning to‘liq nоmi; − muallifning to‘liq, ismi va ota ismi; − magistrlik dissertatsiyasi mаvzusi; − ilmiy rаhbаrning fаmiliya vа ismi, ilmiy darajasi va unvoni; − ish yozilgаn yil. (Qarang. 1-ilova) 6. Ish rejasi kirish, asosiy va xulosa kabi qismlardan iborat bo`ladi. Bu 2-ilovaga muvofiq rasmiylashtiriladi. (Qarang. 2-ilova) 7. Talabaning ilmiy, mеtоdik аdаbiyotlаrdаn fоydаlаnishi, ulаrni mutоlаа qilgаnligi hаmdа аmаliyotgа tаtbiq etish mаlаkаsi tаlаbgа jаvоb bеrishi lоzim. 8. Talabadаn mаvzugа mоs rеjа tuzish vа fikrlarini ungа muvоfiq izchil bayon qilish tаlаb qilinаdi. 9. Ish ilmiy, mаntiqiy-uslubiy, ilmiy-metodik hаmda imloviy jihаtdаn tаlаbgа jаvоb bеrishi shаrt. 10. Аdаbiyotlаrdаn olingan havolalarning manbasi: muаllifi, kitob, asar yoki maqola nomi, chоp etilgаn sаnаsi, nаshriyoti vа sаhifаsi talablarga muvofiq ko‘rsаtilishi kеrаk. 11. Ish sаhifаlаri аrаb rаqаmlаri bilаn tartiblanadi. 12. Magistrlik dissertatsiyasining titul vаrоg‘idаn so‘ng аlоhidа sahifalаrdа mundаrijа beriladi. 13. Kirish qismidа mаvzuning dоlzаrbligi, mаqsаd vа vаzifаlаri; аsоsiy qismdа mаvzuning o‘rgаnish dоirаsi, tаhlillаr, ilmiy mulohazalar beriladi, хulоsа qismidа esа mavzuga doir ilmiy, ilmiy-metodik qarashlar, natijalar umumlаshtirilаdi. 17 14. Magistrlik dissertatsiyasi yakunidа fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti keltiriladi. Muаlliflаr fаmiliysi va ismi, аdаbiyotlаr nomi аlifbо аsоsidа bеrilаdi (аrаb rаqаmlаri bilan tartiblanadi). 15. Keltirilgan havola muаllifi, аdаbiyot nоmi, nashr joyi, nаshriyot nоmi, yili, sahifasi satr ostida (snoskada) ko‘rsаtilаdi. Ilmiy rahbar xulosasi va unga qo‘yiladigan talablar 1. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. 2. Magistrlik dissertatsiyasi maqsad va vazifalarining muallif tomonidan qay darajada yoritilganligi. 3. O`tkazilgan tadqiqot natijalarining asoslanganligi. 4. Mavzu bo`yicha ilmiy manba va adabiyotlardan foydalanilganlik holati. 5. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 6. Tadqiqotchining ilmiy tahlil qila olish qobiliyatining qisqacha tavsifi. 7. Magistrant xulosalari va takliflarining asoslanganligi, ishning mazmuniga mutanosibligi. 8. Tadqiqotning magistrlik dissertatsiyasiga qo`yiladigan talablarga mosligi. 9. Muallifning magistr akademik darajasini olishga loyiq yoki noloyiqligi. Tashqi va ichki taqrizlar Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi uchun ichki va tashqi taqrizlar talab etiladi. Taqrizlarda quyidagilar yoritilishi lozim: 1. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. 2. Tadqiqotning yangiligi. 3. Dissertatsiyaning amaliy ahamiyati va natijalarining asoslanganligi. 4. Dissertatsiyaning mazmuni va uning tugallanganlik darajasi. 5. Amalga oshirilgan tadqiqotning ilmiy va amaliy qiymati. 6. Dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyalari talablariga mosligi. 7. Tadqiqot yuzasidan taklif va mulohazalar. 8. Tadqiqotchining kamchiliklari. 18 9. Muallifning magistr akademik darajasini olishga loyiq yoki noloyiqligi o`z aksini topishi lozim.
Taqrizchilarning vazifalari
Taqrizchilarning vazifalari quyidagilardan iborat: – taqriz yozish uchun unga taqdim etilgan dissertatsiyada professional etika qoidalarining buzilish holatlarini(plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata keltirish) aniqlash va dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiyligi va yakunlanganligi haqida xulosalar berish; – belgilangan dastlabki himoya sanasidan kamida 3 kun oldin dissertatsiyaga yozma taqriz berish. Taqrizchi dissertatsiyada talaba tomonidan professional etika qoidalari buzilganligini (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish hamda yolg‘on sitata keltirish) aniqlagan taqdirda, mazkur qoida buzilishlarini qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, mazkur dissertatsiyani dastlabki himoyaga tavsiya etmaslik haqida taqriz beradi. Dastlabki himoyadan o‘tmagan, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra rasmiy himoyaga taqdim etish muddati va tartibi buzilgan dissertatsiyalar rasmiy himoya qilishga ruxsat etilmaydi. Bunda uzrli sabablar deb talabaning kasalligi (kasallik varaqasi mavjud bo‘lgan holda) yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga muvofiq oliy ta’lim muassasasiga kelish imkoniyati cheklangan holatlar tushiniladi. Dastlabki himoyadan keyin 1 hafta muddatda himoyadan o‘tgan dissertatsiyaning talaba familiyasi, ismi, otasining ismi hamda ilmiy rahbari, mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda annotatsiyasi oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi. Dissertatsiyaning annotatsiyasi tanlangan mavzuning dolzarbligini, tadqiqotning maqsadi va vazifasini, ob’ekti va predmetini hamda tadqiqot bosqichlarining qisqacha tavsifi va metodologik asoslarini o‘z ichiga olishi kerak. Annotatsiya hajmi 200 so‘zdan oshmasligi lozim. Dissertatsiyalarning rasmiy himoya sanasi oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi. Dissertatsiya rasmiy himoyaga taqdim etilganidan keyin unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga ruxsat etilmaydi. Tarkibi tasarrufida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishilgan holda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiriladigan va Vazirlik tomonidan 19 tasdiqlanadigan Magistrlik dissertatsiyalarni himoya qilish komissiyalar tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) dissertatsiyaning rasmiy himoyasi o‘tkaziladi. Rasmiy himoya natijalari yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig‘ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ilmiy tadqiqotga oid terminlar izohi Annotatsiya (lot. annotation – mulohaza, qayd; eslatma) Kitob, maqola, jumladan, dissertatsiyaning mazmuni, ahamiyati haqida qisqacha ma’lumot, qisqacha izoh. Annotatsiyada kitob, maqola, qo‘lyozmaning mundarijasi, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi va boshqa jihatlari ochib beriladi. Annotatsiyani kitobning o‘zida, bibliografik ko‘rsatkich-larda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Avtoreferat (avto + referat) ilmiy asar yoki tadqiqotning muallif tomonidan yozilgan qisqacha mazmuniy bayoni. Mas., dissertatsiya avtoreferati. Bibliografiya (yun. biblion – kitob + grapho – yozaman) 1. Bosma asarlarning ilmiy tavsifi va batartib ko‘rsatkichlarini tuzish, ular haqida axborotlar tayyorlash, ularni targ‘ib qilish bilan shug‘ul-lanuvchi soha. 2. Biror mavzu, jumladan, magistrlik dissertatsiyasiga yoki sohaga oid ilmiy asarlar, manbalar, kitoblar ro‘yxati. Bob (a. eshik, darvoza) Kitob, asar, jumladan, dissertatsiya va shu kabilarning ma’lum tugallikka ega bo‘lgan har bir qismi, fasli. Dissertatsiyaning boblari. Dissertatsiya (lot. dissertatio – fikr yuritish, tadqiq qilish) Ilmiy daraja va magistr akademik darajasini olish maqsadida yoziladigan hamda maxsus ilmiy kengash yoki yakuniy davlat komissiyasi majlisida himoya qilish uchun taqdim etiladigan ilmiy tadqiqot ishi. Ilmiy ma’ruza – ilmiy anjumanlarda magistrlik, doktorlik dissertatsiyasi mavzusi yoki boshqa ilmiy tadqiqotlar yuzasidan ma’lum yo‘nalishda qilinadigan nutq va uning yozma bayoni. Ma’ruza – o‘quv materiali yoki biror masala, ilmiy, siyosiy mavzularning izchil, tartibli og‘zaki bayoni. O‘quv ma’ruzasi o‘quv jarayonining asosiy shakli; oily o‘quv yurtlarida dars berish usullaridan biri. Ma’ruza, shuningdek, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida ham qo‘llaniladi. Ommaviy ma’ruza madaniy-ma’rifiy ishlar tizimida siyosiy va ilmiy bilimlarni tarqatish hamda tashviqot qilish shakllaridan biri. Ilmiy maqola (a. – nutq; kichik asar) To‘plam, jurnal uchun yozilgan yoki ularda bosilgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan ilmiy asar. Maqolada mavzuning ma’lum qirrasi tahlil qilinib, nazariy jihatdan umumlashtiriladi, xulosalar beriladi yoki davlat siyosati, iqtisodiyot, 41 texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg‘or ish tajribalari ommalashtiriladi. Monografiya (mono va grafiya) – muayyan mavzu yoki muammoni atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi ilmiy asar. Monografiyada yoritilayotgan masala bo‘yicha mavjud adabiyotlar umumlashtiriladi va tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va xulosalar ilgari suriladi. Rasmiy opponent – (opponent so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, “e’tiroz bildiruvchi” degan ma’noni anglatadi) dissertatsiyani chuqur va har tomonlama tahlil etuvchi, shu asosda dissertatsiyaning belgilangan talabga qay darajada javob berishligini, uning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini baholagan holda taqriz tayyorlaydigan opponent. O‘z qarashlari bilan dissertatsiya himoyasida va uning ilmiy kengashdagi muhokamasida qatnashadi. Risola (arab. – xat, xabar) –
1) muayyan kasb-hunar va uning tartib-qoidalariga oid kitobcha, ustav (mas., kulollik risolasi, novvoylik risolasi);
2) kichik hajmli kitob, broshyura;
3) biror ilmiy masalaga bag‘ishlangan asar, traktat. Taqriz (a. – ijobiy baho) adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot beriladi, uning asosiy fazilatlati va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqdimot (a. – taqdim, s. ko‘pligi.) Biror narsani tantanali suratda ko‘pchilikka tanishtirish. Tezis (yun. thesis – qoida, isbot) –
1) keng ma’noda – bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor ma’noda – asosiy fikr, prinsip;
2) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza.
Download 26.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling