Kompyuter lingvistikasi fanining maqsadi, predmeti, obyekti va vazifalari


Download 102.21 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi102.21 Kb.
#1624142
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kompyuter lingvistikas1

Formal til nazariyasi
Tilshunoslikda modellashtirish metodidan foydalanish. So’z turkumlarini formallashtirish. O’zbek, rus va ingliz tillarini formal jihatdan qiyosiy nahlil qilish.O’zbek tilida so`zlar va ularning ko’rinishlari. O’zbek tilida tub va yasama so`zlar hamda qo`shimchalarning turlari, ularni formallashtirish usullari. O’zbek tilida mustaqil va yordamchi so`z turkumlarini formallashtirish mezonlari. Ot so`z turkumini formallashtirish. Sifat, son so`z turkumlarini formallashtirish. Fe’l so`z turkumini formallashtirish. Olmosh so`z turkumini formallashtirish. Ravish so`z turkumini formallashtirish. O’zbek tilida yordamchi so`z turkumlarini formallashtirish.Gap bo`laklarini formallashtirish. Gap qurilmalari (yoyiq, yig’iq sodda gap, bir va ikki bosh bo’lakli sodda gap, murakkablashgan sodda gap ko’rinishlari)ni formallashtirish usullari. Kompyuter lingvistikasi fani, tarixi va zamonaviy holati. Tilshunoslik tarixida kompyuter lingvistikasining tutgan o’rni. An’anaviy tilshunoslikdan kompyuter lingvistikasining farqlari. Evropadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. Rossiyadagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar. Turkologiya va o’zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar.

Kompyuter lingvistikasining asosiy yo’nalishlari. Avtomatik tarjima. Avtomatik tarjima yo’nalishining tarixi. Tarjimon dasturlar. Avtomatik tarjima yo’nalishining zamonaviy holati va istiqboli. Avtomatik tarjimaning ma’lumotlar bazasini yaratish.

Kompyuter leksikografiyasi. Matematik statistika haqida tushuncha. Kompyuter leksikografiyasiga oid asosiy tushuncha va terminlar. Tabiiy tillarning kompyuter lug`atlari. O`zbek tilining tub so`zlar lug`atlarini kompyuterda yaratish muammolari. Bunday lug’atlarda yasama so`zlarni berish. Atoqli otlar va geografik nomlar lug`atlarini kompyuterda yaratish muammolari.

Matematik statistika va uning tilshunoslikdagi ahamiyati. Matematik statistika. Matematik statistikaning ma’lumotlar bazasini yaratish.

Til o’rgatish jarayonini avtomatlashtirish. Til o’rgatuvchi avtomatlar uchun nutqiy materiallarni tayorlash, o’quv dasturlarini yaratish. Bilimlarni baholash dasturlarini tuzish. Til o’rgatish jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini yaratish.


Download 102.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling