Kompyuter lingvistikasi


Download 8.42 Kb.
Sana21.11.2021
Hajmi8.42 Kb.
#176095
Bog'liq
Kompyuter ling. 1-topshiriq


KOMPYUTER LINGVISTIKASI” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Kompyuter lingvistikasi bu shunday fanki, unda tilshunoslik masalalari kompyuter dasturi orqali hal qilinadi. Kurs ikki qismdan iborat: matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi.

1. Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir. Matematik lingvistika hal qilishi lozim bo‘lgan vazifalar umumiy lingvistikaning formal va aksiomatik nazariyalari hamda aniq tillarning matematik modelini ishlab chiqishdan iborat.

2. Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqishdir. Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari esa tillarga o‘qitish, bilimlarni tekshirish, matnlarni tahrirlash va mashina tarjimasi dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.

Kompyuter lingvistikasini tilning «sof munosabatlar sistemasi», ya'ni insondan tashqaridagi abstrakt sistema sifatidagi tavsifi deb sharhlash mumkin bo‘ladi. Klassik lingvistikada til inson bilan mutanosiblikda, juftlikda talqin qilinadi, ya'ni klassik lingvistika uchun shaxs zaruriy. Kompyuter lingvistikasi esa tavsiflash jarayonida shaxsning ishtirokiga o‘rin qoldirmaydi, u ko‘proq kompyuterga moslashtirilgandir.



Til grammatikasining matematik modeli matematik mantiqning aksiomatik nazariyasiga asoslanadi. Shuning uchun matematik lingvistika matematik mantiq asoslarini bayon qilishdan boshlanadi.
Download 8.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling