Kompyuter lingvistikasi
Download 1.38 Mb.
|
Kompyuter lingvistikasi. Tillarni intensiv o‘rganish dasturlari
Kompyuter lingvistikasi fani, an’anaviy lingvistikadan farq¬li o‘laroq, bugungi kundan tashqari, ertangi kunga ham qaratilgan. Albatta, fanning ikkinchi katta tomoni lingvistik muammolarni yechishda kompyuterdan unumli foydalanishdir. XXI asrda insoniyat faoliyatining juda katta qismi axborot (oldingi zamonlardagidek faqat moddiy boyliklar: yer, qazilma boyliklar emas) bilan bog‘liq, axborotni uzatish, yig‘ish, qayta ishlash katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Dunyodagi eng badavlat inson Bill Geyts (Misrosoft kompaniyasi bosh direktori): «Axborotga ega bo‘lish hamma narsaga ega bo‘lishdir», – deb bejiz aytmagan. Biz axborot ummonida yashayapmiz. «O’zini hurmat qilgan XXI asr insoni» axborotni bilishi, undan foydalana olishi kerak.Axborot (geografiya, tarix, siyosat, iqtisodiyot, huquqshunoslik, madaniyat, biznes) tarmoqlar shunchalik kengayib ketganki, ular bilan faqat kompyuter vositasida ishlashingiz mumkin.Axborot asosan tasvir, ovoz yoki matn ko‘rinishida bo‘ladi. Demak, xilma-xil. Shunga qaramay, uni yagona tilda – matematika tilida (kompyuter tilida) bayon qilish, saqlash, uzatish va kompyuterda ishlash mumkin. Inson fikrlash va fikrini og‘zaki yoki yozma ravishda chiroyli bayon qila bilishi juda katta ahamiyatga ega ekani hammaga ma’lum. Fikrni bayon qilish u yoki bu til orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, tilning roli qay darajada kattaligini tushunamiz.Axborot asosan tasvir, ovoz yoki matn ko‘rinishida bo‘ladi. Demak, xilma-xil. Shunga qaramay, uni yagona tilda – matematika tilida (kompyuter tilida) bayon qilish, saqlash, uzatish va kompyuterda ishlash mumkin. Inson fikrlash va fikrini og‘zaki yoki yozma ravishda chiroyli bayon qila bilishi juda katta ahamiyatga ega ekani hammaga ma’lum. Fikrni bayon qilish u yoki bu til orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, tilning roli qay darajada kattaligini tushunamiz.Tilni o‘rganish, tilga o‘rgatish, boshqa tillar bilan qiyoslash masalalarining samaradorligini oshirish tilshunoslik (lingvistika) fanining asosiy vazifalaridandir. Jadal rivojlanayotgan fan-texnika davrida juda katta hajmdagi axborot ustida tezlik bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonni boshqarishda inson imkoniyatlari (xotira, tezlik) chegaralangan. Samaradorlikni oshirishning yagona yo‘li kompyuterdan foydalanishdir. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling