Kompyuter o'yinlari va ularning ijobiy hamda salbiy jihatlari
Download 14.95 Kb.
|
Kompyuter o
Kompyuter o'yinlari va ularning ijobiy hamda salbiy jihatlari Ta’lim sohasining mutaxassisi sifatida davrimiz kichkintoylarining kompyuter dasturlari va mobil telefonlari funksiyalarini juda tez o‘zlashtirib olishlarini ko‘rib, hayratlanganlarni ko‘p uchrataman. Kompyuter o‘yinlarini bir ko‘rishdayoq tushunib olgan va berilib o‘ynayotgan bolakaylar kattalarni ham hayron qiladi, ham tashvishga soladi. Shunday bo‘lsada, ko‘pchilik bolalarga go‘daklik chog‘idayoq elektron o‘yinchoq olib beradi. O‘yinchoq do‘konlarda turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan bunday o‘yinchoqlar talaygina. Biroq ota-onalar ularni to‘g‘ri tanlashni bilishlari zarur. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun eng oddiy kompyuter o‘yinlari orasida rivojlantiruvchi, ta’limiy, hisob va til o‘rganish, rasm chizish hamda turli foydali mashqlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan dasturlar, ko‘ngilochar mashg‘ulotlar o‘yin shaklida taqdim etiladi. Rivojlantiruvchi kompyuter o‘yinlari bolajonlarga juda yoqadi. Ular ko‘pincha bolalarga yaqin bo‘lgan yorqin ranglardagi multfilm qahramonlaridan foydalanilib yaratilgan bo‘ladi. Maktab yoshidagilarga mo‘ljallanganlari esa o‘quvchilarga fanlarga oid bilim berishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Eng keng ommaviylashgan kompyuter o‘yinlari qatoriga: mashina, kemalar, samolyotlar va boshqa poyga o‘yinlari, shuningdek, kompyuter sport o‘yinlari kiradi. Shunday ta’limiy o‘yinlarni Ziyonet ta’lim tarmog‘idan olish mumkin. Juda ko'p kompyuter o'yinlari mantiqiy va mekansal fikrlashni rivojlantiradi. Shunday qilib, siz bolaga yaxshi ta'mni singdirishingiz kerak. Unga jumboq va mantiqiy o'yinlarni o'ynashga, ularga ko'rsatishga, uy kollektsiyasini yig'ishga ruxsat bering. Kompyuter o‘yinlari xilma-xildir, lekin ularning hammasini o‘ynash tavsiya etilmaydi. Kompyuter o‘yinlari klassifi katsiyasi 1. Strategik o‘yinlar. 2. Mahalliy o‘yinlar. 3. Sport o‘yinlari. 4. Mantiqiy o‘yinlar. 5. Imitator o‘yinlar. 6. On-Line o‘yinlar. Foydalanuvchilar orasida qiziqish uyg‘otayotgan o‘yinlardan biri harbiy strategiya yoki urush mavzusidagi o‘yinlardir. Bu o‘yinlarda butun qo‘shinni boshqarish, himoyalanish uchun qurilish ishlarini olib borish, mustahkamlash ishlarini rejalashtirish kabi masalalar mavjud. Arkada va Kvest deb ataluvchi o‘yinlar esa qiziqarli jarayonlarni boshqarish, maxfiy vazifalarni bajarish va o‘yin davomida boshqotirmalarni yechish orqali qurol ishlatmasdan g‘alabaga erishishga yo‘naltirilgandir. On-Line o‘yinlar. Bu o‘yinda bir emas, balki bir necha o‘yinchilar tarmoq orqali o‘yinni boshqaradilar. Bunday o‘yinlar bolalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida, albatta, avtomobil poygalari, keyingi o‘rinda esa sport o‘yinlari – futbol, xokkey, boks, basketbol, shaxmat, golf kabi o‘yinlar mashhurdir. Chunki bu o‘yinlarda bir o‘yinchi yoki bir guruh o‘yinchilarni boshqarish imkoni mavjud. Pazl yoki boshqotirmalar. Sodda o‘yinlar turkumiga kirib, kichik yoshdagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Ular orasida foydali va rivojlantiruvchi o‘yinlar ham kam emas. Bunday o‘yinlar yorqin ranglarda ishlangan multfilm qahramonlari ishtirokida alifbo saboqlarini, hisob-kitob, rasm chizish, chet tillarini o‘rganishga yo‘naltirilgan va tavsiya etiladigan o‘yinlardir. Sport o‘yinlari singari poygalar ham ma’lum darajada insonlarga foyda keltirishi mumkin. Ular yordamida yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish mumkin bo‘lsa-da, sport o‘yinlari kabi badanni chiniqtirish, sog‘lom va baquvvat o‘sishga yordam bermaydi. Unga faqat g‘alaba qozonish maqsadida qaraladi Komp`yuter o`yinlari – bizga qay darajada foydali? Ko`pchilik Ota – Onalar bolalarining kompyuter o`yinlarini o`ynab boshlaganidan buyon “Men o`ldirdim” yoki “Meni o`ldirishdi” degan iboralarni ko`p ishlata boshlashganini sezishgan bo`lsa kerak. Hozirgi vaqtda ko`plab yosh bolalar o`zlarining ko`plab vaqtlarini aynan o`sha kompyuter klublarida o`tkazishmoqda. Kechagi qiziqarli bo`lib qolgan joyini davom ettirish uchun, hatto ba'zilari maktabdagi darslariga qatnashmay ham qo`yishadi. Komp`yuter texnologiyalari bilan bir qatorda komp`yuter o`yinlari ham jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. U yerdagi virtual olamning qay darajada real qilib yaratilayotganligini barchamiz ayon. Qanchalik real haqiqatga yaqin bo`lgani sari, bizni shu kabi ko`proq o`ziga tortadi. Kompyuter o`yinlarini yaratuvchilar shunga juda katta ahamiyat qaratishmoqda, uning grafikasi, ovoz va h. k. O`yin qanchalik reallikka yaqin bo`lsa, shunchallik uning ham reytingi yuqori bo`ladi. Hech kimga sir emas – ki, kompyuter o`yinlarining deyarli ko`pchiligida asosiy vazifa (harakat) buzg`unchilik yoki bo`lmasa o`ldirishga qaratilgan. 2 – 3 soatlab kompyuter klublarida, o`yindagi voqealar shiddatiga sho`ng`igan bola, ko`chaga chiqqanda qay axvolda bo`ladi deb o`ylaysiz? Uning shu o`yin jarayonidan keyin real hayotga qaytishiga qancha vaqt kerak bo`ladi? O`ylaymanki har birimiz bunday vaziyatga ko`p tushganmiz. Hozirgi maktab o`quvchilari uchun bir soat kitob o`qishdan ko`ra, bir soat klaviatura va sichqoncha tugmalarini bosish osonroq tuyuladi. Chunki u yerda imkoniyatlar ko`p. Bir xato qildingmi, uni yana tuzatishga imkoniyat bor. Bordiyu o`yinda halok bo`lsang, o`yinni davom ettirish uchun yana imkoniyat berishadi. Real hayotda esa umuman boshqacha. Shubhasiz, shu kabi o`yinlar bolaning real hayotga bo`lgan ko`z qarashiga ham o`z salbiy ta`sirini o`tkazishi muqarar. Real hayotdagi imkoniyatlariga to`g`ri baho berolmay qolishi ham mumkin. Bu bilan Men kompyuter o`yinlarining barchasini tanqidlamoqchi emasman. Albatta biz uchun foydali o`yinlar ham ko`p. Aytmoqchiligim, har bir narsadan biz uchun kerakli va albatta foydali taraflarini qidirsak, biz uchun juda yaxshi xizmat qilgan bo`lardi. Chunki bizga eng qimmatli va umuman qaytarib bo`lmaydigan narsa borki, bu ham bo`lsa bizning vaqtimiz. Har birimiz qimmatli vaqtlarimizni kerakli bo`lgan ishlarga taqsimlasak va shu ishlar uchun sarflasak, bu biz uchun juda katta yutuq deb o`ylayman Download 14.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling