Kompyuter o’yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari
Download 16.88 Kb. Pdf ko'rish
|
KOMPYUTER O’YINLARINING RUHIY VA JISMONIY XATARLARI
KOMPYUTER O’YINLARINING RUHIY VA JISMONIY XATARLARI Kompyutеr o‘yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari. Kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlari oqibatida yoshlarning miya faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilgan. Ya’ni, katta yoshli kishining miya faoliyati yosh bolaniki kabi o‘zgarib qolishi, bolaning miya faoliyati esa aksincha ancha katta yoshdagilarnikiga o‘xshab o‘zgarishi kuzatilgan. Virtual olamda bolalar ruhiy holati hamda kompyuter qarshisida kattalar kabi o‘zini tutishi namoyon bo‘lgan. Ming afsuski, bolalar o‘zlarining beg‘ubor va takrorlanmas bolalik degan bebaho dunyosini virtual olamga al mashtirib qo‘ymoqdalar. Ko‘plab olimlar kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlari zararli ekani va hatto halokatga olib kelishini ta’kidlashgan. Xuddi ichkilikbozlik, giyohvandlik illatlari kabi kompyuter va virtual o‘yinlar ham o‘z nog’orasiga o‘ynatish xususiyatiga ega. Katta yoshdagi kishilar real hayotda ham o‘zlarini bolalardek tutib, mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi. Bir bolaning aytishicha, otasi shu qadar internetdagi o‘yinlar ummoniga sho‘ng‘ib ketganki, natijada oilaviy ziddiyatlar kelib chiqqan. Germaniyaning Charite universiteti ilmiy xodimlarining 20 kishidan iborat guruh ichida o‘tkazgan tajribasida shu narsa namoyon bo‘ldiki, ishtirokchilarga mashhur o‘yinlardan olingan suratlar namoyish qilinganda, ularda xuddi ichkilik, giyohvandlikka ruju qo‘yganlar kabi patologik o‘zgarishlar ro‘y bergan. "Notingem trend" universiteti ilmiy xodimlarining 7000 kishilik kuzatuv tajriba guruhida olib borgan tadqiqotlari natijasida guruhdagilarning 12 foizida kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlariga tobelik aniqlangan. O‘yinga tobe bo‘lganlar har doim ruhshunos maslahatiga muhtoj bo‘lib qoladi. O‘zlarini shaxsiy hayotlari o‘zgarib borayotganini, qilayotgan ishlaridan qoniqish sezmayotganini, oddiy insoniylikni yo‘qotib qo‘yayotganini, kayfiyati tushkun bo‘lishi, faollik yo‘qolishi, jizzakiligidan shikoyat qiladi. Yoshlar qiziqib o‘ynaydigan “GTA” o‘yiniga nazar solsak, birinchi qiladigan ishi shuki, zo‘ravonlik bilan shahar ichidagi avtoulov haydovchisining yo‘lini to‘sib, avtoulovni olib qo‘yadi. Keyingi ish politsiyadan qochish bilan bir qatorda yo‘lida uchragan kishilarni vahshiylarcha urish, tepish, hattoki o‘ldirishgacha boradi. Shu yo‘sinda oxiri yo‘q bosqichlardan o‘tib, olg‘a yuraveradi. G‘arb davlatlarida yoshlar o‘rtasida kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlarining zararini kamaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirila boshlandi. Fransiyada kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlarida to‘kiladigan qonning qizil rangda emas, yashil rangda bo‘lishi joriy etilgani, Belgiyada kompyuter klublarida pornografik o‘yinlarni targ‘ib qilish qamoq jazosi bilan jazolanishi ana shu islohotlarning bir ko‘rinishidir. Amerika tibbiyot uyushmasi video o‘yinlarga berilib ketishni ham rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish niyatida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli. Kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Hozir dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, «Yevropa mamlakatlarida internetga asirlik xastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar bor. Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli virtual mukofotchalarni, yutuqlarni "qo‘lga kiritgan" kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Bunday ball va yutuqlar "sodiq" o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid qilinadi. Bunday ishga esa ayamay pul sarflanadi. Masalan, "Project Entropia" o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSH dollari evaziga virtual orol sotib oldi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar bor. Lekin bu joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina, xolos. Bugungi kunda virtual ta’qib nihoyatda ommalashib bormoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora erta foydalanishga kirishmoqda. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bemalol maktab yon-atrofidagi kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanishi mumkin. Shu bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bo‘lishi ni xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning fikricha, yoshi o‘nga yetmagan bola odatdmustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tanqidiy fikrash va shu asosda ma’lumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha aytganda , «filtrlash» qobiliyatiga ega emas. Shu sababli internetdan yolg‘iz qolganda ham foydalanish ehtimoli bo‘lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o‘zi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‘rgatish zarur. Download 16.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling