Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?


Download 395.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2023
Hajmi395.65 Kb.
#1643207
Bog'liq
Doc1lad









Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? 
Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor 
bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda 
kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay
tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin. 
Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak? 
• Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va 
ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin; 
• ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, 
lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor; 
• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT 
+ CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri 
qayta yuklanadi
• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi 
mumkin; 
• CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida 
to‘xtatish mumkin; 
Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер 
задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana 
ishlab ketishiga sabab bo‘ladi; 
• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, 
kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor; 
• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 
daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin; 
• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini 
bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin. 



Download 395.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling