Kompyuter tarmog‘ining turlari, uning modeli. Kompyuter tаrmоg‘i topologiyasi
Download 41 Kb.
|
5 Lokal tarmoqlarning tarmoq topologiyasi
Mavzu: Lokal tarmoqlarning tarmoq topologiyasi. Reja 1)LOKAL TARMOQ TOPOLOGIYASI. 2)Kompyuter tarmog‘ining turlari Kompyuter tarmog‘ining turlari, uning modeli.Kompyuter tаrmоg‘i topologiyasiKompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri uning resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o'zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuyining birgalikda ishlatilishi esa mablag'ni tejaydi. Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki qimmatli axborotlarni juda oddiy usulda qayta nusxalash mumkin. Shuningdek, alohida foydalanuvchilar o'rtasida axborot almashish yengillashadi. Apparat qurilmalari va tarmoq dasturiy ta’minoti orqali o'zaro hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuyiga tarmoqdeyiladi. Tarmoqlarni turli me'yorlarga ko'ra sinflarga ajratish mumkin.1) o'tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:— past 100 Kbit/ s gacha;— o'rta 0,5-10 Mbit/s gacha;— yuqori 10 Mbit/s dan ortiq;2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o'lchoviga muvofiq:—LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);— CAN(Campus-Area Network) — kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar orqali ulanish, ammo bir-biridan birmuncha uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;— MAN(Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloq uzatish (100 Mbit/s), katta radiusga (bir necha o‘n km) axborotni uzatish imkoniyatiga ega kengaytirilgan tarmoq;— WAN(Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq; — GAN(Global-Area Network) global (xalqaro, qit'alararo) tarmoq;4) tugunlar munosabatiga ko'ra:— bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo'lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu yerda hamma kompyuterlar ham «mijoz », ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko'rsatishni ta’minlovchi bo'lishi mumkin). — Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling