Kompyuter tarmoqlari fanidan amaliy mashg’ulotlar kompyuterni tashqi qurilmalar bilan bog’lash


Download 127.42 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2020
Hajmi127.42 Kb.
  1   2

KOMPYUTER TARMOQLARI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLAR

  1. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan bog’lash.

  2. Ikki kompyuterni o’zaro aloqasini tashkil qilish.

Ikki kompyuterni tarmoq qilib ulash jarayoni oxirgi vaqtlarda juda zarur bulib qoldi. Ba’zi bir uylarda hattoki ikkitalab kompyuterlar mavjud bo‘lib: ulardan birini ish uchun foydalanishsa ikkinchisini bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish maqsadidafoydalaniladi. Misol uchun ikkita kompyuterga ega bo‘lgan shaxs biri stasionar, ikkinchisi esa o‘zi bilan birga olib yurish maqsadida Notebook yoki Netbook bo‘lishi mumkin. Istalgan vaqtda ma’lumot almashishda yoki ma’lumotlarni chop qilish to‘g‘ri kelib qolsa ulardan birini printerga ulash mumkin. Ikki kompyuterni bir-biri bilan ulash holatlari katta bo‘lmagan ofislrda yagona ma’lumotlar bazsini tashkil qilishda ish latiladi.

Bu bobda kompyutelarni ulashni bir nechta muhim turlarini ko‘rib o‘tamiz.



2.1. Bluetooth orqali ulash

Bugungi kunda istalgan amaliy qurilmalarda kompyuterlar, telefonlar va hatto maishiy texnikalarda ham Bluetooth texnologiyasi qo‘llaniladi. Aynan ikkita qurilmani bir-biriga ulashda Bluetooth texnologiyasidan foydalanish o‘ziga jalb qiladi.



Bluetoothning kamchiliklari — kichik radiusda ta’sir qiladi, undan tashqari kompyuterdan uzoqroqda bo‘lgan qurilmaga ma’lumotlarni uzatish tezligi pastroq (24 Mbit/s). Uncha katta bo‘lmagan tezlikda ma’lumotlarni uzatish talab qilinganda Bluetooth qurilmasining aloqa usulidan foydalanish mumkin.

2.1- rasm. USB portiga ulash uchun Bluetooth qurilmasi.

Shaxsiy kompyuter bilan bog‘lanish uchun ikkita Bluetooth qurilmasi kerak bo‘ladi. Agar talab qilingan shunday qurilma bo‘lsa, A sinfiga mansub modelini tanlash kerak, bir necha shunday qurilmalar mavjud bo‘lsa, 100 m masofada ma’lumot almashishini tashkil qilish mumkin.

Odatda Bluetooth adapterlari USB orqali ulash usulidan foydalanish taklif etiladi, ya’ni uning ulashi uchun bo‘sh USB port lozim. Note booklar uchun ham PCMCIA-slotiga ulanish varianti taklif etiladi.

Bluetooth texnologiyasidan foydalanishning qo‘shimcha yaxshi tomoni shundan iboratki, mobil telefon bilan yoki har qanday kichik tashqi qurilmalar bilan axborot almashish, shuningdek, ularni sozlash mumkin. Etarli darajadagi tezlikka ega bo‘lgan tarmoq va Bluetooth ni «tushina oladigan» har qanday kichik qurilma yordamida axborot almashish imkoniga ega bo‘lamiz

2.2. Koaksial kabel yordamida ulanish

Ikki yoki ko‘p sonli kompyuterlarni bir-biriga kabel yordamida ulashda koaksial kabeldan foydalaniladi.

Kabel yordamida bog‘lanish uchun ikkita tarmoq kartasi, BNS- konnektori ulanishi uchun razyom, ikkita T-konnektori va ikkita terminator, ulardan biri yerga ulanish imkoni bor terminator zarur bo‘ladi.

Bir-biriga koaksial kabel yordamida ulangan kompyuterlarda axborotlarni 100 Mbit/s da uzatish imkoni hosil bo‘ladi. Ushbu tezlik kabel uzunligiga bog‘liq bo‘ladi, bunday tezlikda istalgan hajmdagi axborotlarni almashish mumkin.



2.3. O‘ralgan juft kabel yordamida ulash

O‘ralgan juft kabel yordamida istalgan sondagi kompyuterlarni bir-biriga ulash mumkin. Ikkiata qurilmani (ikkita kommutator yoki ikkita konsentrator) ulashda maxsus krossoven-korddan foydalaniladi, u standart patch-korddan ajralib turish uchun konnektorga o‘rnatiladi.

9.1-jadval

Krossover-kordni konnektorga qisish sxemasi





Birinchi konnektor

Ikkinchi konnektor

1

Oq- yashil

Oq- to‘q sariq

2

Yashil

To‘q sariq

3

Oq- to‘q sariq

Oq- yashil

4

Ko‘k

Oq- jigarrang

5

Oq-ko‘k

Jigarrang

6

To‘q sariq

Yashil

7

Oq- jigarrang

Ko‘k

8

Jigarrang

Oq-ko‘k

Ikki kompyuterni ulashda ulardagi integrallashgan tizimli platada Ethernet kontrolleri va ulash uchun foydalaniladigan kabel holatini hisobga olish kerak. Bundan tashqari tizimli platada yana 1000BAS-T tarmoq standarti va 6-7 toifadagi kabeldan foydalaniladi va axborotlarni 100 Mbit/s tezlikda uzatish mumkin.

2.4. USB- port orqali ulash

Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda kamida ikkita USBporti mavjud bo‘lib, ulardan USB-qurilmalarini ulanishni amalga oshirib, kompyuter vazifasini va ish unumdorligini oshirish mumkin. Shunga ko‘ra ikkita kompyuterni USB kabeli orqali ulash vositalarini paydo bo‘lishiga ajablanishning xojati yo‘q.



2.2-rasm. Ikki kompyuterni ulashda ishlatiladigan USB kabeli.

USB portini ishlash tezligi asosan standart 2.0 da bo‘lib, juda tez ishlaydi hamda ikki kompyuterni ulanishini tashkil qilishda yaxshi natija beradi. Bu holda axborotlarni uzatish tezligi 480 Mbit/s yetishi mumkin.

Ikki kompyuterni USB port orqali ulash uchun maxsus kabeldan (2.2-rasm) foydalaniladi, unda asosiy qism maxsus modul hisoblanadi va u signalni o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Odatda bunday kabelning taxminiy uzunligi 3-3.5 m yoki undan ko‘p bo‘lishi mumkin. Kompyuterlarni bu usulda ulashda bitta kamchilik mavjud: bu USB-kabelining 10 m dan oshmasligidadir. Kompyuterlar bir-biridan uncha uzoqda joylashtirilmagan bo‘lsa, bu usulda bog‘lanish ancha yaxshi natija beradi va unda axborot almashish tez amalga oshadi.




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling