Kompyuter tarmoqlari fanidan amaliy mashg’ulotlar kompyuterni tashqi qurilmalar bilan bog’lash


Download 127.42 Kb.
bet2/2
Sana07.01.2020
Hajmi127.42 Kb.
1   2

2.5. Fire Wire porti orqali ulash

Ikki yonma-yon joylashgan kompyuterlarni ulashning yana bir usuli Fire Wire portidan foydalanishdir. Unda ma’lumotlarni almashish tezligi 400 Mbit/s gacha yetishi mumkin. Hozirgi zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning tizimli platalarida, Notebook va Netbook lar tarkbiga Fire Wire kontrolleri kiritilgan. Shuning uchun bu usuldan foydalanib kompyuterlarni bir-biriga ulash mumkin. Bundan tashqari bu kabellar qimmat va u qancha uzun bo‘lsa shuncha narxi qimmat bo‘ladi. Kompyuterlarni ulashda Fire Wire portidan foydalanilganda kabelning turi (to‘rt yoki olti kontaktli) va tashqi ko‘rinishidan tashqari sifatiga ham e’tibor berish kerak.



2.3-rasm. Fire Wire olti kontaktli kabeli.



2.6. Simsiz adapter yordamida ulash

Simsiz tarmoq standartida shunday ulanish nazarda tutiladiki unda qaysi nuqtadan turib tarmoqdan foydalanish talab qilinmaydi. Buning uchun sizda ikkita simsiz tarmoq adapteri mavjud bo‘lib ikki kompyuterni ulash uncha ko‘p vaqt olmaydi. Bunda keraklicha tezlikka va mobil bog‘lanishga bog‘lanish mumkin. Yana shu narsani nazarda tutish kerakki uy sharoitida «kompyuter + Notebook» yoki «Notebook + Notebook» kabi ulanishlardan foydalanish mumkin.

Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek ulanishni bunga o‘xshash usulidan yuqori samaraga ega bo‘ladi hamda ular albatta bitta standartga tegishli bo‘lishi kerak va bir xil qurilmalardan foydalanish talab etiladi. Shunday qurilmalardan foydalanilganda ma’lumotlarni uzatishda yuqori tezlikka bog‘lanish mumkin. Bunda ikkita simsiz tarmoq adapterini bitta tarmoq idintifikatoridan foydalanayotgan qilib sozlashingiz va ma’lumot almashishda audintifikatsiya va shifrlash usullaridan birini tanlashingiz kerak.

Nazorat uchun savollar

1. Ikki kompyuterni bir-biriga ulashda nimalarga e’tibor berish kerak?

2. Ikki kompyuterni bir-biriga ulashda qanday vositalardan foydalaniladi?

3. Bluetooth texnologiyasidan foydalanib kompyuterlarni bir-biriga ulaganda qanday yutuq va kamchiliklarga mavjud bo‘ladi?

4. Ikki kompyuterni bir-biriga ulashda ishlatiladigan kabellar haqida aytib bering.

5. Ikki kompyuterni USB-port orqali ulashning o‘ziga xos afzal tomonlari nimada?



6. Simsiz tarmoq va kabel yordamida qurilgan tarmoqlarning farqi nimada?

  1. Kompyuter tarmoqlarida axborot almashinish jarayonini tashkil qilish.

  2. MAC va IP-adreslarining tuzilishlari.

  3. Fizik sathda ma’lumotlar almashinishni tshkil qilishning hususiyatlari.

  4. Analog modulyatsiya, raqamli kodlash va analog signallarni diskret modulyatsiyalash.

  5. Kanal sathda ma’lumotlar almashinishni tshkil qilishning hususiyatlari. Ma’lumotlarni asinxron va sinxron uzatish.

  6. IEEE 802.3 / LLC kadrining formati. Uzatish muhitiga ulanishning CSMA / CD usuli.

  7. Ethernet texnologiyasi oilasiga mansub local kompyuter tarmoqlarining standartlari va spesifikatsiyalari.

  8. Ethernet tarmog’i konfiguratsiyasining to’g’ri qurilganligini aniqlash usuli.

  9. Ko’prik va kommutatorlarning ishlash tamoillari. Ko’rinmas ko’prik algoritmi. Lokal tarmoq kommutatorlarining konstruktiv tuzilishlari.

  10. IP-adresning formati va uning xillari. IP-paketining formati.

  11. Kompyuter tarmoqlarida marshrutlash tamoillarini tashkil qilish. IP-marshrutlashning chizmasi.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling