Kompyuter tarmoqlari” fanidan Yakuniy nazorat ish
Ko’prik yordamida qurilgan tarmoqning mantiqiy strukturasini keltiring va uni qanday ishlashini tushuntirib bering
Download 146.82 Kb.
|
KT Yakuniy.Tolmosov Odiljon 211-18
2. Ko’prik yordamida qurilgan tarmoqning mantiqiy strukturasini keltiring va uni qanday ishlashini tushuntirib bering.
Ko‘p hollarda ko‘prik va marshrutizatorlar tarmoqda ishlatilib, komp’yuterlar asosida yaratilgan bo‘ladi, tarmoqda maxsus vazifani bajaradi, ya’ni tarmoqni ikki va undan ko‘p qismlarini birlashtiradi. Vaholanki boshqacha ko‘prik va marshrutizatorlar ham mavjud, ular faqat bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirilgan. Bir qator firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan modul ko‘rinishli marshrutizatorlar shassi asosida qurilgan konsentratorlarga o‘rnatish uchun moslangan. Modul shaklida ishlab chiqarilgan marshrutizatorlar narxi kompyuter asosidagisiga qaraganda ancha arzon bo‘ladi. Ko‘priklarning vazifasi. Yaqingacha ko‘priklar tarmoqlarni qismlarga ajratishda asosiy qurilma vazifasini bajarar edi. Ularning narxi marshrutizatorlarning narxiga qaraganda arzon, tezligi yuqori, shuningdek, OSI modelining ikkinchi bosqich protokollari uchun shaffofdir. Abonentlar tarmoqda ko‘prik borligini bilmasliklari ham mumkin va ularning hamma paketlari tarmoqdagi kerakli manzilga hech qanday muammosiz yetkaziladi.Ko‘prik odatda komp’yuterga ikkitadan to to‘rttagacha tarmoq adapteri o‘rnatilgan qurilma bo‘ladi. Bu adapterlarning har biri tarmoq qismining bittasiga ulangan bo‘ladi. Ko‘prik ishlatilgan tarmoq tuzilishi (konfiguratsiya) ancha murakkab bo‘lishi mumkin, lekin ularda tutashgan yo‘nalishlar (petlya) bo‘lishi kerak emas va paketlarning o‘tadigan yo‘li yagona bo‘lishi shart .Aks holda tutashgan yo‘nalishdan keng o‘tkazish (шероковешателных) paketlarining ko‘p marotaba o‘tishi natijasida tarmoqda yuklama oshishi hosil bo‘ladi va boshqa muammolar kelib chiqishi mumkin. Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun ko‘priklarda asosiy daraxt (Spanning tree,остовное дерево) algoritmidan foydalanish ko‘zda tutilgan. Bu algoritm mavjud ko‘priklar o‘rtasida muloqot olib boorish natijasida, tutashgan yo‘nalish hosil qiluvchi ko‘prik portlarini o‘chirib qo‘yadi . Bu xususiyat sharofati bilan ko‘priklar yordamida tarmoq qismlarini ulanishini takrorlash mumkin (ya’ni tugun hosil qilish), sababi, agarda biror aloqa yo‘li ishdan chiqqan taqdirda tarmoqning yaxlitligini takroran ulangan (alternativ yo‘lni ulab) aloqa yo‘lini avtomatik ravishda ulash orqali tiklash mumkin bo‘ladi. Bu algoritm ba’zi bir kommutatorlarda ham ishlatiladi, chunki ular ham tugunli tarmoqlarda ishlay olmaydi.Ko‘prik bir vaqtning o‘zida birgina paketga ishlov (signalni qayta tiklash) bera oladi, kommutator kabi bir nechta paketga ishlov bera olmaydi. Portlardan biriga kelgan har qanday paketni quyidagicha ishlov beriladi: 1. Ko‘prik paketni jo‘natgan abonent manzilini ajratadi va abonentlar manzillar jadvalidan uni qidiradi. Agarda bu manzil jadvalda bo‘lmasa, u holda jadvalga kiritib qo‘yadi. Shunday qilib har bir tarmoq qismining ko‘prik portlariga ulangan abonentlar manzil jadvali avtomatik ravishda hosil bo‘ladi. 2. Ko‘prik paketni qabul qiluvchining manzilini ajratadi va hamma portlarga tegishli bo‘lgan manzillar jadvalidan uni qidiradi. Agarda paket o‘z kelgan segmentidagi abonentga manzillangan bo‘lsa u qayta tiklanmaydi. Agarda paket tarmoq abonentlarining hammasiga manzillangan bo‘lsa yoki ko‘p punktli bo‘lsa, u holda qabul qilingan qurilmadan tashqari hamma portlarga qayta tiklab uzatiladi. Agarda paket bitta abonentga tegishli bo‘lsa, u holda shu abonent tarmoqning qaysi bo‘lagida joylashgan bo‘lsa, faqat o‘sha portga jo‘natiladi. Nihoyatda qabul qilinishi kerak bo‘lgan qurilma manzili hech bir manzillar jadvalidan topilmasa, u holda paket qabul qilingan portdan tashqari tarmoqdagi barcha portalarga uzatiladi.Abonentlar manzilining jadval o‘lchami chegaralangan bo‘ladi, shuning uchun ulardagi axborotni avtomatik ravishda yangilab turish imkoniyati bilan hosil qilinadi. Uzoq vaqt paket uzatilmagan abonentlar manzili ma’lum vaqtdan so‘ng(odatda 5 minut) jadvaldan o‘chirib yuboriladi. Bu esa tarmoqda o‘chirib qo‘yilgan abonent yoki tarmoqning boshqa qismiga o‘tkazilgan abonent manzilining jadvalda ortiqcha joy egallab turmasligini kafolatlaydi.Chunki ko‘prik, shuningdek, kommutator ham kadr ichidagi axborotni tahlil qiladi (jismoniy manzillarni, MAS-manzillarni), ko‘pincha u paketlarni emas kadrlarni qayta uzatadi deb aytishadi. Ichki ko‘priklar komp’yuter-server asosida amalga oshiri- ladi, buning uchun ularga odatda to‘rttagacha tarmoq adapter- lari o‘rnatiladi va tarmoqning turli qismlariga ulanadi. Aynan shu tarmoq adapterlari bilan ma’lum dasturiy vositalari bilan birgalikda ichki ko‘prik deb ataladi. Ko‘prikli tarmoqda tugun. Tashqi ko‘prik aslida ish stansiyasini tashkil etadi va unda ikkita tarmoq adapteri o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu holda, ichki ko‘priklardan farqli tomoni shundaki tarmoq qismlari faqat bir turli bo‘lishi kerak (masalan, Ethernet- Ethernet). Download 146.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling