Kompyuter tarmoqlari. Tarmoqlarning texnik


Download 102.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi102.09 Kb.
#1180576
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari. Tarmoqlarning texnik vositalari.̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣ – Telegraph



Kompyuter tarmoqlari. Tarmoqlarning texnik
vositalari.̣̣̣̣̣
̣̣̣̣̣̣
̣̣̣̣̣̣
www.dasturim.uz • May 19, 2018
Bizning kanalga qo'shiling @informatika
Kompyutyerdan turli masalalarni xal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish 
uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan 
umumiy ulanish kerak bo’ladi. 
Kompyuterlarning o’zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar 
majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa 
ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog’liq. 
Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa 
axborot tizimlaridagi hujjatlar yig’indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda 
saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar 
yordamida kirish mumkin. Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar lokal, mintaqaviy va 
global tarmoqlarga bo’linadi.
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda 
o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki 
radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan 
kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash 
va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birshalikda 
foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Shuning uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini 
lokal tarmoqqa birlashtiradi. 
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo’lganligi bois, telefon 
kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va seleksiyalash 
lozim bo’ladi. 
Marshrutlash bu –kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir.
Seleksiyalash –tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir. 
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo’yicha ikki sinfga 
ajratiladi. 
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga 
uzatishni ta’minlaydi. 
Ishchi tizimlar katta mikdordagi ma’lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, 
modellashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma’muriyat tizimlari—tarmoqni boshqaradi. Kommunikasion tizimlar abonent 
tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog’lanishlarni 
kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Mintaqaviy tarmoq—biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi 
kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq. 
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) 
juda quvvatli serverlar mavjud bo’ladi va bunday serverlar o’rtasidagi axborot aloqa 
kabeli, optik tolali yoki sun’iy yo’ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi. 
Global tarmoq—dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish 
imkoniga ega bo’lgan tarmoq. Bu tarmoq Internet (Internet) deb yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi. 
Intranet—bu Internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalar asosida tashkil 
etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo’lib ishlash imkonini 
beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi 
kompyuter tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir 
nechta servyerdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish 
uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, 
ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo’lib, uning foydalanuvchisiga 
bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, Internet tarmog’ida mavjud 
bo’lgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog’lanishlar yordamida 
o’zaro bog’lab yagona axborot muhiti ko’rish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini 
tashkil etish mumkin bo’ladi.
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter) , 
konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir 
qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o’tamiz.
Server—tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarning birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, 
ma’lumotlar omborlari va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini 
amalga oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy 
masalaning qo’yilishiga ko’ra cheklangan bo’lishi mumkin.
Konsentrator (HUB)—tarmoqdagi kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini 
ta’minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterlarni o’zaro bog’lashi mumkin.
Axborotni uzatish kabellari- tarmoqda axborotni bir kompyutyerdan boshqasiga 
uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksil kabel ishlatiladi).
Modem —axborotni kompyutyerdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron 
qurilma.
Modem «modulyator» va «demodulyator» so’zlari birikmasidan hosil bo’lgan. Bu 
qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyutyerda raqamli ko’rinishdan analog 
ko’rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyutyerda analog 
ko’rinishidan raqamli ko’rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning 
vazifasi kompyutyerda «0» va «1» ko’rinishida tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy 
chastotalik telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida 
kodlangan axborot ko’rinishiga o’tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy 
xaraktiristikasi bodlarda ulchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan iborat. 
Zamonaviy modemlarning tezligi 2400,9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan 
iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish 
mumkin.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o’rnatilishi 
kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo’linadi. Masalan, Windows for 
Workdows 95, Windows-1 Workstation operatsion tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil 
etish imkoniga ega bo’lgan operatsion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi 
kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni 
hosil qilish uchun maxsus kompyuter—server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT 
Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter 
ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi. 
Bizning kanalga qo'shiling @informatika
www.dasturim.uz

Download 102.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling