Kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar


Download 0.51 Mb.
bet2/10
Sana13.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1090450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KT 5ва6 Ma\'ruza OSI Model

Etalon modelga muvofiq hisoblash tarmog‘i taqsimlangan axborot hisoblash muhiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muhit vertikal bo‘yicha har biri axborot hisoblash muhiti asosiy vazifalardan birini bajaruvchi qator mantiqiy pog‘onalarga bo‘linadi. Gorizontal ravishda esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo‘linadi.

  • Etalon modelga muvofiq hisoblash tarmog‘i taqsimlangan axborot hisoblash muhiti sifatida taqdim etiladi. Ushbu muhit vertikal bo‘yicha har biri axborot hisoblash muhiti asosiy vazifalardan birini bajaruvchi qator mantiqiy pog‘onalarga bo‘linadi. Gorizontal ravishda esa u ISO ochiq tizimi qurilishi talablari va standartlariga javob bera oladigan, ochiq tizim deb ataluvchi lokal qismga bo‘linadi.
  • “Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanishi” (OSI- Open System Interconnection) atamasi tizimlar orasidagi ma'lumot uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya'ni hamkorlikda foydalaniladigan standartlarni ishlatishlari tufayli bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.

Bog’lnish
Оbyekt
Pog'ona
Jarayonlar ochiq tizimning o’zaro bog’lanish qismi
А
В
С
D
Fizikaviy muhit
Ochiq tizimlarining tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan konseptual asosi sifatida OSI etalon modeli ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta'minlovchi o‘zaro bog‘lanishini aniqlaydi va kuyidagilami muvofiqlashtiradi:
• qo‘llanish jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini;
• ma'lumotlarni taqdim etish shakllarini;
• ma'lumotlar saqlanilishi bir xilligini;
• tarmoq resurslarini boshqarish;
• ma'lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini;
• dasturlar va texnik vositalarning tashhisini.
Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi. OSI modelida o‘zaro bog‘lanish vositalari 7 ta: qo‘llanish/ilovalar, taqdim etish, seans, transport, tarmoq, kanal va fizikaviy pog‘onalarga bulinadi. Har bir pog‘ona tarmoq qurilmalari o‘zaro bog‘lanishining ma'lum bir aspekti bilan ish olib boradi.
OSI pog’onalari, ularning vazifasi
Fizikaviy pog‘ona (Physical Layer) fizikaviy kanallar (koaksial kabel, mis kabel, optik-tolali kabel yoki radiomuhit) orqali bitlar ketma-ketligi bilan ish olib boradi. Ushbu pog‘onaga ma'lumotlar uzatish fizikaviy muhitlarining, misol uchun, o‘tqazish polosasi, shovqindan himoya, so‘nish kabi tavsiflari aloqador. Fizikaviy pog‘onaning vazifalarini tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar amalga oshiradi va fizikaviy muhit orqali bog‘lanish tashkil etilishini ta'minlaydi
Kanal pog ‘onasi (Data Link Layer) vazifalariga uzatish muhitining layoqatligini tekshirish (fizik muhit bir necha foydalanuvchilar bilan band bo‘lishi mumkin), xatoliklarni aniqlash va korreksiyalash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishdir. Buning uchun kanal pog‘onasida bitlar ketma-ketligi kadrlar deb nomlanuvchi to‘plamlarga birlashtiriladi. Kanal pog‘onasi har bir kadrni uzatishning to‘g‘riligini ta'minlaydi, ajratish uchun uni bitlarning maxsus ketma-ketligi bilan o‘raydi, shuningdek nazorat ketma-ketligini kadrga qo‘shgan holda hisoblab chiqaradi. Kanal pog‘onasi turli topologiyadagi lokal tarmoqning ixtiyoriy ikki tuguni orasida kadrning uzatilishini ta'minlaydi. Kanal pog‘onasi protokollari tomonidan shakllanadigan topologiyalarga misol uchun umumiy shina, halqa va yulduz, shuningdek, ko‘priklar va kommutatorlar yordamida tashkil etilgan strukturalar tegishlidir. Kanal pog‘onasi protokollariga Ethernet, Token Ring, FDDI, 100VG-AnyLAN misol bo‘la oladi.
OSI pog’onalari, ularning vazifasi
Tarmoq pog‘onasi (Network Layer) bir necha tarmoqlami birlashtiruvchi yagona transport tizimini tashkil etish uchun xizmat qilib, ushbu tarmoqlarning oxirgi tugunlari o‘rtasida ma'lumot uzatishning turli xil tamoyillarini qo‘llashi va ixtiyoriy aloqa strukturasiga ega bo‘lishi mumkin.
Tarmoq miqyosida ma'lumotlarning uzatilishi muvofiq kanal pog‘onasi bilan amalga oshiriladi. Tarmoqlararo ma'lumotlarni yetkazib berish, ma'lumotlarni uzatish marshrutlarini tanlash kabi masalalarni yechadi. Tarmoqlar marshrutizator deb nomlanuvchi maxsus qurilmalar bilan o‘zaro bog‘lanadi.
Transport pog‘onasi (Transport Layer). Transport pog‘onasining asosiy vazifasi paketlarni xatosiz, dastlabki ketma-ketlikda, yo‘qotishlarsiz va ikkilanishlarsiz kafolat bilan yetkazib berishdir. Ushbu pog‘onada ma'lumotlar qayta taxlanadi: uzunlari bir necha paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi. Shu orqali tarmoqdan paketlarni yuborish samaradorligi oshiriladi. Transport pog‘onasida qabul qiluvchi tomonidan ma'lumotlari qabul qilinganlik haqida tasdiq signali yuboriladi.
Transport pog‘onasi oqimni boshqaradi, xatolarni tekshiradi va paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilishda ishtirok etadi. Tranport pog‘onasi xizmat sinfini tanlash, bir tomondan, transport pog‘onasidan yuqori pog‘onadagi qo‘llanish dasturlar va protokollari tomondan ishonchlilikni ta'minlash, ikkinchi tomondan esa, quyi joylashgan tarmoq, kanal va fizik pog‘onalarining ma'lumotlarini tarmoqqa uzatish tizimi qanchalik ishonchli ekanligiga bog‘liq.
OSI pog’onalari, ularning vazifasi
Seans pog‘onasi (Session Layer) xar xil komp'yuterlardagi ikki qo‘llanish dasturlari orasida seans deb ataluvchi bog‘lanishni o‘rnatish, foydalanish va yakunlash imkonini beradi. Ushbu pog‘onada tarmoqdagi ikki qo‘llanish dasturlar aloqasi uchun zarur bo‘lgan nomlarni tanib olish va himoya vazifalari bajariladi, o‘zaro bog‘lanish jarayonlar o‘rtasida dialogni boshqarishni ta'minlaydi, ya'ni tomonlardan qaysi biri qachon va qancha vaqt uzatish bajarishini boshqaradi.
Taqdimot pog‘onasi (Presentation Layer) tarmoq komp'yuterlari o‘rtasida ma'lumotlar almashuvi shaklini belgilaydi. Qo‘llanish pog‘onasidan kelib tushgan ma'lumotlar yuboruvchi-komp'yuterda umumlashtirilib oraliq shaklga o‘tkaziladi. Qabul qiluvchi-komp'yuterda oraliq shakldan ushbu komp'yuterning qo‘llanish pog‘onasida ishlatiladigan shaklga aylantirish bajariladi, ya'ni takdimot pog‘onasi tarmoqda uzatilayotgan axborotning tarkibini o‘zgartirmagan holda uni kasb etish shakli bilan ishlaydi
Qo ‘llanish pog‘onasi (Application Layer) - modelning eng yuqori pog‘onasi bo‘lib, qo‘llanish jarayonlarining tarmoq xizmatlariga kirish uchun imkon yaratadi. Bu pog‘ona amalda turli xil protokollar to‘plami bo‘lib, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilari printerlar yoki gipermatnlar kabi resurslarga ruxsat oladilar, shuningdek elektron pochta protokollari yordamida birgalikda ishlashini tashkil etadilar. Qo‘llanish pog‘onasi faoliyatidagi ma'lumotlar birligi odatda ma'lumot (message) deb ataladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling